partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati
taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”, deb
ko’rsatib o’tilgan.
Ekologik xavfsizlik ham milliy xavfsizlikni tashkil etuvchi eng
muhim Respublikaning Konstitutsiyasida fuqarolar atrof tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur ekanliklari
(50-modda), yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik bo’lib, ulardan oqilona
foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda)
belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston
Respublikasining
Milliy xavfsizligi konsepsiyasida
ekologik tanazzul hozirgi davrning o’ziga xos xususiyati sifatida
belgilangan. Orol dengizining muammolari ham qo’shilib chuqurlashib
borayotgan noxush ekologik vaziyat, shuningdek, suv resurslari hamda
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli bo’lgan yerlarning
cheklanganligi O’zbekistonning jug’rofiy siyosiy ahvoliga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar qatorida ko’rsatib o’tilgan.
Darhaqiqat,
2012-yil
11-sentabrda O’zbekiston Respublikasi
qonuni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining Tashqi
siyosiy faoliyati konsepsiyasi”data’kidlab o’tilganidek, “Tobora
murakkablashib borayotgan, atrof – muhitga, mintaqa mamlakatlari
aholisining sog’lig’i va genofondiga ziyon yetkazayotgan ekologik
muammolar, xususan, Orol dengizi falokati oqibatlari, korxonalarning
sanoat oqovalari hududlarni hamda suv resurslarini transchegaraviy
ko’lamda ifloslantirayotganligi Markaziy Osiyo farovonligi va barqaror
taraqqiyoti uchun tobora xavfli tus olmoqda”
300
.
Ekologiya shaxs, jamiyat va davlatning eng muhim hayotiy
manfaatlarini belgilash mezonidir, inson hayoti va faoliyati uchun oqilona
ekologik sharoitlarni ta’minlash, kishilar salomatligini saqlash hamda
barqaror ekologik vaziyatni, shu jumladan mintaqamizda barqaror
ekologik vaziyatni yaratish ushbu manfaatlarning mazmunini tashkil etadi.
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi ekologiya sohasida milliy xavfsizlikka
tahdidlar mavjudligini alohida ko’rsatib o’tadi. Avvalambor, bu:
300
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2012
йил
9/1
(1437) –
сон
, 233 –
модда
.
721
– Orol ekologik tanazzuli hamda uning atrof muhit va millat
genofondi, o’simliklar va hayvonot dunyosi uchun keltirib chiqaradigan
oqibatlari;
– ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotganda
ekologik omillarni yetarli darajada hisobga olmaslik;
– aholi salomatligi va atrof muhit uchun zararli bo’lgan ishlab
chiqarishlarning faoliyat ko’rsatishi va kengaytirilishini qo’llab-
quvvatlash;
– ishlab chiqarish chiqindilari, zaharli va radioaktiv materiallarni
zarur darajada saqlamaslik va utilizatsiya qilmaslik hamda ularning
mintaqamiz havo va suv havzalariga chiqarilishini nazorat qilmaslik;
–suv resurslarining kamayib ketishi va yer resurslarining zavol
topishi, tuproq erroziyasi;
– ekologik jihatdan zararli bo’lgan texnologiyalar, moddalar,
materiallarning hamda aholi salomatligi uchun xavfli bo’lgan oziq-ovqat
mahsulotlari va farmakologiya preparatlarining olib kirilishini nazorat
qilmaslik;
– tabiatdagi va texnogen tusdagi keskin o’zgarishlar (er
silkinishlari, suv toshqinlari, yong’inlar, sel va boshqalar)dir.
Konstitutsiya tashqi siyosatning asosiy mezonlarini belgilab beradi,
bu mezonlar orasida xavfsizlik manfaatlari alohida o’rin tutadi. Tashqi
siyosiy faoliyat, chunonchi, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish avvalo
xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borilmog’i zarur.
Mohiyatan olganda, Konstitutsiyaning har qanday prinsipial qoidasi,
milliy manfaatlarning oliy siyosiy-huquqiy ifodasi bo’lib, bundan
“davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligi” –
bu, avvalo, Konstitutsiyaning o’zi, uning qoidalarini himoya qilish,
uning ustuvorligi va mustahkamligi ekanligi kelib chiqadi.
Tashqi siyosat O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
davlat faoliyatining sohasi sifatida belgilangan bo’lib, unga xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqlik,
shuningdek,, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etish nuqtayi nazaridan
qaraladi hamda u oliy milliy manfaatlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi ko’p tomonlama hamkorligining asosiy
yo’nalishlari asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
17-moddasi ikkinchi qismida belgilab qo’yilgan bo’lib, unda: “Respublika
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa
722
davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”
deyiladi.
Xalqaro tashkilotlarga (ittifoqlar, hamdo’stliklar va boshqa
davlatlararo tuzilmalarga) a’zolikka nisbatan belgilangan bu norma-prinsip
mamlakatimizning integratsiya jarayonida yanada faolroq ishtirok
etishini ta’minlashga, boshqa davlatlarning huquqiy tizimlari bilan
tegishli shartnoma munosabatlarini yo’lga qo’yish va o’zaro uyg’un
hamkorlik qilish uchun keng istiqbollar yaratishga da’vat etilgandir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 17-moddasining ikkinchi
qismidagi tushunchadan shu narsa kelib chiqadiki, respublika, agar milliy
manfaatlarga zid bo’lsa, xalq farovonligi va xavfsizligiga zarar
etkazadigan bo’lsa, davlatlararo tuzilmalarda ishtirok etmaydi.
2012-yil 11-sentabrda O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan
tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati
konsepsiyasi”ga muvofiq, “O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va
harbiy – siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo
tuzilmalar harbiy – siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish
huquqini saqlab qoladi.O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi
qurolli mojarolarga va keskinlik o’choqlariga tortilishining oldini olish
yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora – tadbirlarni ko’radi,
shuningdek,o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari
joylashtirilishiga yo’l qo’ymaydi”
301
.
Shuningdek,
Konstitutsiya
ikki
tomonlama munosabatlarning ham
asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Garchi ikki tomonlama davlatlararo
munosabatlar masalalari xalqaro huquq doirasida va asosan tegishli
shartnomalar negizida hal etilsada, shunga qaramay, xalqaro shartnoma-
larni tuzish va ularning bajarilishini ta’minlashning
davlatimiz ichkarisidagi tartibini Konstitutsiya belgilab beradi. Aynan
Konstitutsiya xalqaro shartnomalarning milliy qonun hujjatlari
tizimidagi maqomi va o’rnini belgilaydi hamda vakolatlar bermagan
holda xalqaro shartnomalarni tuzish va ularni ratifikatsiya qilish huquqiga
ega bo’lgan subyektlar doirasini belgilaydi. Bundan tashqari, Konstitut-
siyada ikki tomonlama davlatlararo munosabatlarning mazmuni va
yo’nalishini belgilashga da’vat etilgan fundamental yo’l-yo’riqlar hamda
normativ qoidalar aks etadi.
301
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2012
йил
9/1
( 1437) –
сон
, 233 –
модда
.
723
Bundan tashqari, Konstitutsiya muhofaza qiluvchi vazifasini
bajaradi, masalan, davlatning tashqi siyosatini yo’lga qo’yishga
aralashuvga yo’l qo’ymagan holda fuqarolar va davlat manfaatlariga zid
bo’lmagan xususiy yoki guruh manfaatlarini ham himoya qiladi; tashqi
siyosiy faoliyatning “siyosat – siyosat uchun” degan birdan-bir maqsadga
aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bunda Konstitutsiya nisbatan
kuchli davlat bilan o’ta qulay iqtisodiy aloqalarni ham, agar bunday
davlat salmoqli moliyaviy iqtisodiy yordam (hatto beg’araz bo’lsada)
evaziga O’zbekistonning suverenitetiga xilof bo’lgan turli xil yon
berishlarga erishishga harakat qiladigan bo’lsa, rivojlantirishga yo’l
qo’ymaydi va hokazo.
Konstitutsiyaga binoan davlatning tashqi siyosiy harakatlari
Asosiy Qonunimizning muqaddimasida belgilab qo’yilgan O’zbekiston
erishishga intilayotgan insonparvar demokratik huquqiy davlat maqomi
talab etadigan darajada oqilona va huquqiy bo’lmog’i darkor. Xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga
konstitutsiyaviy maqom berib, Asosiy Qonun shu ma’noda xalqaro
munosabatlarda huquqni muhofaza qilish samarali mexanizmining
yo’qligi o’rnini to’ldiradi, chunki u o’z davlatining tashqi siyosiy
harakatlariga nisbatan oliy hokimiyat yo’l-yo’riqlarini berish xususiyatiga
egadir. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatning qaror topishi va
rivojlanishi sharoitlarida Konstitutsiyaning davlat tashqi siyosatining,
shu jumladan ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo’nalishlarini
belgilashdagi roli o’ta muhimdir.
O’zbekiston Respublikasining 2000-yil dekabr oyida qabul qilingan
“Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni milliy xavfsizlikni
ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Mazkur Qonunda tegishli
qilmishlarni kriminallashtirish to’g’risidagi normalar, terrorchilik
harakatlarining oldini olish hamda terrorchilar va ularning sheriklarini
jinoiy ta’qib etish bo’yicha protsessual choralar nazarda
tutilgan.Terrorchilik faoliyati uchun jinoiy javobgarlik O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ko’zda tutilgan:
155-modda. Terrorizm; 245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqun-
likka olish;264-modda. Temir yo’lning harakatlanadigan tarkibini, havo,
dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish;
152-modda Xalqaro himoyaga olingan shaxsga yoki muassasaga hujum qi-
lish.
2004-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
724
moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi
(u 2006-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritildi). Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli davlat
organi pul mablag’lari yoki o’zga mol-mulk bilan operatsiyalarning
amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi. Qonunda asosiy normalar
qatorida tegishli axborotdan erkin foydalanishni majburiy tarzda nazorat
qilish va cheklash choralari belgilab qo’yilgan. Shunga muvofiq
tashkilotlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq o’z
faoliyatlarida yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan olib
borilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emaslar.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotlarni berish
tartibi ushbu Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, Qonunda maxsus vakolatli organning vakolatlari
ochib beriladi, pul mablag’lari yoki o’zga mol-mulk bilan operatsiyalarni
amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari belgilanadi, shuningdek,
ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalariga doir bir qator blanket
normalar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar hamda
tegishli qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari konstitutsiyaviy
prinsiplar va normalarga, shu jumladan fuqarolarning qonuniy manfaatlari,
huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy
prinsiplar va normalarga qat’iy tarzda muvofiqdir.
Biroq O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida faqat davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy xavfsizlikni ta’minlash
borasidagi faoliyatigina emas, balki fuqarolarning o’z mamlakatini himoya
qilish majburiyatlari ham belgilangan. Chunonchi, 52-moddaga muvofiq
“O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har
bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy
yoki muqobil xizmatni o’tashlari shart”.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda
ishtirok etish prinsipini konstitutsiyaviy mustahkamlash quyidagi qat’iy
(nazariy) nuqtayi nazarlarga asoslanadi. Birinchidan, bu – xavfsizlik
yaxlitligi, uzluksiz holatligi va hadsiz-hududsiz ekanligini tushunishdan
725
iboratdir
302
. Ikkinchidan, har bir mustaqil mamlakatning o’z milliy
manfaatlariga muvofiq, o’z mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash
maqsadi bo’lishi lozim. U yoki bu xalqaro tuzilmalarda va kollektiv
xavfsizlik shartnomalarida qay darajada qatnashishini ularning
o’zi belgilash huquqi nazarda tutilishi zarur
303
. Uchinchidan, “Hozirgi
sharoitda xavfsizlik faqat kollektiv bo’lishi mumkin. U hamfikr
davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan, ularning imkoniyatlarini
birlashtirish bilan ta’minlanadi”
304
.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xalqaro tuzilmalarda
ishtirok etish konstitutsiyaviy prinsipi O’zbekiston Respublikasining
2001-yil 22-mayda qabul qilingan “Mudofaa to’g’risida”gi, 1996-yil
26-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy
faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi, 2012-yil 11-sentabrda
O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston
Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da, 2000-yil
15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi,
2018-yil 9-yanvarda O’zbekiston Respublikasi «Mudofaa doktrinasi
to’g’risida”
305
qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasining
Milliy xavfsizlik konsepsiyasida yanada rivojlantirildi. Chunonchi,
O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g’risida”gi Qonunida mudofaa
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri xalqaro huquq
normalariga muvofiq kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish,
shuningdek, mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy
xarakterdagi choralarni ko’rishdan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
Shuningdek,Qonunda
“O’zbekiston
Respublikasi xalqaro huquqning
yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo’lgan
huquqni mustahkamlovchi umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga
asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida
boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi” deb aytilgan
23-modda ham bor. Shu bilan birga, bu faollik mafkuraviy jihatdan
fikrini o’zgartirishlarga asoslanmasligi lozim. Bunday yo’l bugungi kunda
ham kuzatilmoqda.
302
Қаранг
:
И
.
А
.
Каримов
.
Ўзбекистон
XXI
аср
бўсағасида
:
хавфсизликка
таҳдид
,
барқарорлик
шартлари
ва
тараққиёт
кафолатлари
.–
Т
. 6.
Тошкент
. “
Ўзбекистон
”, 1998. –
Б
.37.
303
Ўша
жойда
38-39-
бетлар
.
304
Ўша
жойда
:
Б
.147.
305
Ўзбекистон
Республикаси
«
Мудофаа
доктринаси
тўғрисида
”
ги
қонуни
.
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 10.01.2018
й
., 03/18/458/0537-
сон
726
Shu bilan birga, “milliy xavfsizlik”ning qamrov doirasidagi
asosiy vazifasi uning ob’ekti va subyekti tushunchasini belgilashdan
iboratdir. Binobarin, har bir davlat o’zi duch kelayotgan xavf-xatarni
yengib o’tishga mintaqaviy va dunyo miqyosidagi omillar ta’siri
doirasida va o’z imkoniyati darajasidagi mavjud barcha resurslarni
yo’naltiradi. Darhaqiqat, “Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash
muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning
o’z xususiyatlari, o’z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari
bor”
2
. Bundan tashqari, “milliy xavfsizlik” tushunchasi o’z ichiga tashqi
siyosatda milliy manfaatlarni himoya qilish, texnogen va ekologik
xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-madaniy va
iqtisodiy hayotida shaxs kamoloti va jamiyatning barqaror rivoji singari bir
qator sohalarni ham qamrab oladi.
Mazkur masala O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, “Oldimizda turgan navbatdagi
muhim vazifa – yaratib berilagn imkoniyat va vakolatlardan to’liq
foydalanib, fuqarolarimiz, jamiyat va davlatimiz xavfsizligini hamda
konstitutsiyaviy tuzum himoyasini ta’minlashdan iborat”
3
.
3063
Do'stlaringiz bilan baham: |