Ш
.
М
.
Мирзиёев
Миллий
тараққиётимизни
қатъият
билан
давом
эттириб
янги
босқичга
кўтарамиз
.
“
Қуролли
Кучлар
–
Ватанимиз
ва
халқимизнинг
мустаҳкам
қўрғони
” –
Ватан
ҳимоячилари
куни
ва
Ўзбекистон
Республикаси
Қуролли
Кучлари
ташкил
этилганининг
25
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
табрик
нутқи
. 2017
йил
13
январь
. 221
б
.
748
y.
№
PF-52), «O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tashkil
etish to’g’risida” (06.09.1991 y.
№
PF-243) Prezident farmonlari e’lon
qilingan edi. Shuningdek, Prezidentimizning
«SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari va o’quv yurtlari
to’g’risida” (10.01.1992 y.
№
PF-318), «Harbiy va maxsus unvonlarni
berish tartibi to’g’risida» (19.02.1992 y.
№
PF-345), «O’zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy-o’quv yurtlari
to’g’risida” (20.02.1992 y.
№
PF-347), «O’zbekiston Respublikasining
hududida joylashgan chegara qo’shinlarining bo’linmalari to’g’risida»
(24.03.1992 y.
№
PF-365),«O’zbekiston Respublikasi hududida
joylashtirilgan havo desanti qo’shinlari, harbiy-transport aviatsiyasi,
razvedka qismlari va ta’minot qismlari to’g’risida” (18.05.1992 y.
№
PF-434), “O’zbekiston Respublikasi hududidagi kimyoviy qo’shinlar
harbiy qismlari to’g’risida” (13.11.1992 y.
№
PF-496), “O’zbekiston
Respublikasi davlat chegaralarini qo’riqlashni yanada mustahkamlash
to’g’risida”gi (26.04.1993 y.
№
PF-600) farmonlari va boshqa hujjatlar
ham shular jumlasidandir.
Bu davrda mamlakatimiz harbiy tizimi murakkab bir holatda edi.
Aslini olganda, milliy Qurolli Kuchlarni qayta tashkil etish, milliy
harbiy doktrinani shakllantirish va umuman harbiy qurilish zamirida nima
yotsa, ularning barchasini qaytadan qurishga to’g’ri
kelardi.Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab tezkor, yaxshi
tayyorgarlikdan o’tgan va zamonaviy qurollangan armiyani tashkil etish
harbiy qurilishning bosh yo’nalishiga aylandi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilarkan, o’zining tinchliksevar
davlat ekanligini baralla oshkor etdi hamda o’zining mudofaa siyosati
batamom tinch-totuv yashash, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik, ularning suvereniteti va mustaqilligini hurmatlash,
shuningdek, mavjud davlatlaro chegaralarning daxlsizligi va
o’zgarmasligi prinsiplariga asoslanishini ma’lum qildi. Davlatimizning
asosiy sa’y harakati barcha davlatlar bilan ikki va ko’p tomonlama aloqalar
o’rnatish va rivojlantirishga, yalpi tinchlikka, hamma yerda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik o’rnatilishiga erishishga va harbiylashtirishga barham
berishga qaratildi. Shu bilan birga, mamlakatimiz o’z fuqarolarining
hayotini va qadr-qimmatini himoya qilishga bo’lgan ajralmas huquq
BMTning Ustaviga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash vazifasini
o’z zimmasiga oldi.
Davlatning mudofaa qudrati asosida mamlakat iqtisodiy salohiyatini
mustahkamlab borish maqsadi yotadi.90-yillarning o’rtalarida
749
O’zbekistonda qo’shinlarning ustuvor turlari uchun yuqori malakali
ofitserlarni tayyorlash maqsadiga xizmat qiladigan bir qator harbiy
o’quv yurtlari tashkil etildi. To’rtta harbiy bilim yurti, shu jumladan,
uchuvchilar bilim yurtidan tashqari 1993-yilda Toshkent aloqa
elektrotexnika instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti) huzurida aloqa xizmati mutaxassislarini tayyorlaydigan
harbiy fakultet ochildi. 1994-yilda Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil
etilib, bu yerda oliy harbiy malakali ofitser kadrlar tayyorlashga
kirishildi. Shuningdek, armiyaning texnik jihozlanishini mustahkamlash
chora-tadbirlari ko’rildi.
Harbiy xavfsizlik huquqiy asoslarini rivojlantirishning ikkinchi
bosqichi harbiy infratuzilmaning rivojlantirilishi va harbiy qurilish
huquqiy bazasining yanada mustahkamlanishi, harbiy sohada xalqaro
hamkorlikning kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqich
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy xavfsizlik
kengashining tuzilganligidan boshlandi. (Bu Kengash O’zbekiston
Reaspublikasi Prezidentining 1995-yilda 1-mayda e’lon qilingan
PF-1149-sonli “O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi
to’g’risida”gi Farmoniga binoan tashkil topdi). Masalan, 1995-yilning
30-avgustida Harbiy doktrina qabul qilinib, unda davlatlararo harbiy
mojaro va ziddiyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda
faol qatnashish belgilangan bo’lib, bunda qarama-qarshiliklarning
keskinlashuvi sabablarini diplomatik yo’l bilan hal etishga urg’u
berildi.Davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda Harbiy doktrina
katta ahamiyatga ega.
U rasmiy qoidalar majmuasidan iborat bo’lib, harbiy xavfsizlikning
siyosiy, strategik va iqtisodiy asoslarini belgilaydi, umumiy qoidalarni,
siyosiy va harbiy-tashkiliy jihatlarni qamrab oladi.Uning siyosiy qismida
respublikaning urushga munosabati, O’zbekiston Respublikasining
urush chiqishini bartaraf etish sohasidagi xalqaro faoliyatining asosiy
vazifalari, yo’nalishlari va mezonlari tushuntirib beriladi.
Harbiy doktrinaning harbiy-siyosiy qismida Markaziy Osiyo
mintaqasining harbiy-strategik xususiyatlari bayon etiladi, harbiy
xavf-xatarning potensial manbalari aniqlab beriladi. Hozirgi zamon
urushlarining strategik xususiyati va oqibatlariga baho berilishi asosida
doktrinada bosh harbiy-strategik vazifalar, Qurolli Kuchlarning
qurilishi va ularni strategik qo’llash prinsiplari, shuningdek, ulardan
foydalanish shartlari tilga olinadi, respublika iqtisodiyotini, hududini va
aholisini mudofaaga tayyorlash masalalari ham o’z ifodasini topadi.
750
Harbiy doktrina O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
respublikaning harbiy xavfsizligiga tajovuzlarga qarshi harakatlarni
tashkil etishda, mamlakatni mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat
faoliyatini, O’zbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini
himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni qo’llashni tartibga soluvchi
qonunlarga asoslanar ekan, BMT Ustavidan, Xelsinkida imzolangan
Yakunlovchi aktdan, Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, shuningdek,
ikkitomonlama va ko’ptomonlama shartnomalar hamda bitimlardan,
xalqaro huquqiy hujjatlarning umume’tirof etilgan normalaridan kelib
chiquvchi barcha xalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etilishini
kafolatlaydi, tashqi harbiy tahdidning oldini olish va ularga qarshi
kurashish bo’yicha ikkitomonlama va ko’ptomonlama munosabatlarni
yo’lga qo’yish zarur ekanligini qayd etib o’tadi.
Mudofaa va xavfsizlik sohasidagi tashqi siyosat Qo’shilmaslik
harakati prinsiplariga ham tayanadi. Bu prinsiplar milliy
qonunchiligimizda ham o’z ifodasini topgan (1996-yil 26-dekabrda
qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining
asosiy prinsiplari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining
6-moddasi, 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda qabul qilingan “Mudofaa
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi).
Mazkur prinsip mantiqan kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik prinsipidan kelib chiqadi hamda umuman olganda
Konstitutsiyaning ruhiga, uning tinchliksevar mohiyatiga va
mafkuralashtirishdan xoli yo’nalishiga muvofiq keladi.
Milliy xavfsizlik manfaatlari xalqaro hamkorlikning ittifoqlar,
hamdo’stliklar va boshqa davlatlararo tuzilmalar shaklidagi asosiy
yo’nalishini belgilab beradi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash manfaatlarini
ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining NATO bilan hamkorligi
rivojlanib bormoqda, bu ish 1994-yildan beri “Tinchlik yo’lida
sheriklik” dasturida ishtirok etish orqali ta’minlanmoqda. Mazkur
dastur NATO a’zolari bo’lmagan mamlakatlar uchun yaratilgan. Ushbu
sheriklik nafaqat harbiy vazifalarni (bularga quyidagi vazifalar kiradi:
milliy mudofaani rejalashtirishda va harbiy budjetni shakllantirishda
ko’proq ochiq-oshkoralikka erishish; Qurolli Kuchlar ustidan
demokratik nazoratni mustahkamlash; milliy salohiyatni qo’llab-
quvvatlash va tinchlik o’rnatish operatsiyalariga hissa qo’shishga shaylik;
Shimoliy Atlantika Ittifoqi bilan birgalikdagi harbiy tayyorgarlik va
mashqlarni rejalashtirish hamda o’tkazish bo’yicha hamkorlikni
rivojlantirish; sherik-davlatlar armiyalari, shuningdek, NATO
751
mamlakatlari Qurolli Kuchlari bilan hamkorlikni rivojlantirish), balki
noharbiy ruhdagi favqulodda vaziyatlar sharoitida harakatlarni
rejalashtirish sohasida, ilmiy va iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda
hamkorlikni ta’minlash; sherik davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni
bartaraf etishda yordam ko’rsatish vazifalarini ham qamrab oladi.
O’zbekiston
1995-yildan
boshlab
Evropada Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ning Vena hujjatini harbiy sohadagi ishonch
mezonlari bo’yicha ham amalga oshirishda qatnashib kelmoqda,
EXHT Kotibiyatiga o’z harbiy kuchlari va mudofaa sohasidagi rejalari
to’g’risida axborot yo’llab turibdi.Shu asnoda respublikaning chet el
mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali harbiy-siyosiy va
harbiy-texnikaviy hamkorligi jarayonlari kuchaydi. 2012-yil 11-sentabrda
O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston
Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da ta’kidlab
o’tilganidek, “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mudofaa
qobiliyatini oshirish, uni zamonaviy qurol- yarog’lar va texnika bilan
ta’minlash, qo’shinlarning moddiy –texnik bazasini
mustahkamlash,shuningdek, harbiy qurilishning ilg’or tajribasini
o’rganish, harbiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish
maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan, rivojlangan xorijiy davlatlarning
armiyasi bilan harbiy hamda
harbiy – texnikaviy hamkorlikning chuqurlashuviga ko’maklashish”
1
.
Harbiy qonunchilikni rivojlantirish siyosati o’zida O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo’shinlar, harbiy tuzilmalar va
organlari tizimining qurilishi jarayonini aks ettiradi. Bu 1996-yil
26-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi tashqi
siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni va birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining to’qqizinchi sessiyasida 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, mamlakat
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi (04.03.1996 y.
№
PF-1378),
«O’zbekiston Respublikasi umumqo’shinlar Nizomini tasdiqlash
to’g’risida”gi (09.10.1996 y.
№
PF-1571), “O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining intizom qismi haqidagi Nizomni tasdiqlash
1
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2012
йил
9/1 ( 1437)
–
сон
, 233 –
модда
.
752
to’g’risida”gi (09.10.1996 y.
№
PF-1572), “O’zbekiston Respublikasi
harbiy qismlarida intizomni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar
to’g’risida”gi (23.02.1998 y.
№
PF-1932), “2007-yilning 1-oktabridan
muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy
xizmatchilarning lavozim maoshlari miqdorini oshirish to’g’risida”gi
(02. 10. 2007 y.
№
PF-3927), “Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tash shart –
sharoitlarni takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi
(20.11.2008 y.
№
PF-4054) Farmonlari hamda “O’zbekistonRespublikasi
fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi(14. 01. 2006y.
№
PQ-257), “O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy – joy bilan
ta’minlash tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi
(14.09.2007y.
№
PQ-694), ”O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar
tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi
(31. 05. 2012y.
№
PQ-1765) kabi Qarorlarida o’z ifodasini topdi.
Harbiy
qonunchilik
taraqqiyotining uchinchi bosqichi 1999-yilda
sodir bo’lgan voqealar bilan bog’liq harbiy islohotdan boshlandi. Bu
islohotning mohiyati harbiy qurilish muammolarini hal etishga yangicha
yondashuvlar va mamlakat Qurolli Kuchlarini sifatli modernizatsiya
etishdan iborat. Oxirgi yillarda harbiy sohaga tegishli ba’zi bir qonunlarga
tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, 2002-yil
12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g’risida”gi qonunning 19-moddasi, birinchi qismi “Fuqarolarning
muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatga chaqirilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga asosan yiliga bir marta–fevral - mart oylarida o’tkaziladi”,
deb belgilab qo’yildi. Bu ham o’ziga xos harbiy sohadagi islohotlarning
bir huquqiy ko’rinishidir.
Harbiy islohotning asosiy qoidalari O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 10-yanvar kunidagi
Xavfsizlik kengashining tezkor yig’ilishidagi ma’ruzalarida chuqur
ochib berildi va milliy armiyaning tuzilishini o’zgartirishni taklif etdi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangovar tayyorgarligini
ta’minlashning ustuvor vazifalari orasida qo’shinlarni tayyorlashda
milliy g’oya, milliy mustaqillik mafkurasiga tayangan holda tarbiyaviy
ishlarni tashkil etishning butun tizimini qayta tuzishga kirishilganligini
alohida ta’kidlash zarur.
753
Mamlakatning
birinchi
Prezidenti tashabbusi bilan Qurolli
Kuchlarning rezervchilari instituti tarkib topganligi muhim ahamiyatga
ega bo’ldi. Rezerv safini to’ldirishning maqsadi, vazifalari, prinsiplari va
urush vaqtida rezervdan foydalanishning mexanizmi belgilab qo’yildi.
Mintaqamizdagi va mamlakatimiz chegaralari yaqinidagi murakkab
harbiy-siyosiy vaziyat, butun jahonda ekstremistik kuchlar kuchayganligi
Prezidentning 2000-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan yangi
Mudofaa doktrinasini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi,
unga muvofiq mamlakat Qurolli Kuchlari o’zida Mudofaa vazirligi
bo’linmalari, Chegara qo’shinlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat
xavfsizlik xizmatining maxsus bo’linmalari va boshqa idoralarning
harbiy tuzilmalarini birlashtirdi.
Mudofaa va harbiy qurilish sohasida yagona davlat siyosatini
o’tkazish hamda rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini
chuqur o’rganish asosida Qurolli Kuchlar ustidan samarali fuqarolik
nazoratini o’rnatish maqsadida Mudofaa vazirligi hamda respublikaning
mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi boshqa tuzilmalari oldida turgan
vazifalar qayta ko’rib chiqildi. Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi
tashkil etildi va u O’zbekiston Respublikasining suvereniteti hamda
hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish bo’yicha qarorlarni ishlab
chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo’mondonlik organiga aylandi.
Kompyuter
texnologiyalaridan, modellashtirish, chalg’itish
uslublaridan va boshqa zamonaviy ta’lim shakllaridan foydalaniladigan,
harbiy xizmatchilarni tayyorlashning mutlaqo yangi shakllari
hisoblanadigan serjantlar maktablari va tayyorlov markazlari joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy
xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga davlatimiz tomonidan bir qancha
imtiyozlar yaratib kelinmoqda. Misol tariqasida, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-mayda qabul
qilingan“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli
harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi
Qaroriga muvofiq, “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida
muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qo’mondonligining
tegishli tavsiyanomalariga ega bo’lgan fuqarolar barcha yo’nalishlar
va mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr tayyorlashda respublikaning oliy
ta’lim muassasalariga kirishda to’plash mumkin bo’lgan maksimal
ballarning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyozga
ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida
754
muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga harbiy
qismlarning qo’mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish
uchun berilgan tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab, uch yil
mobaynida amal qiladi”. Hozirgi kunda muddatli harbiy xizmatni munosib
o’tagan oddiy askarlarga ushbu imtiyozni berish yanada takomillashib,
oliy ta’lim muassasalariga topshirgan test savollarining to’g’ri
natijasini 50 % miqdorida qo’shilishi belgilab qo’yildi.
O’zbekiston harbiy xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari
ham shularga muvofiq ravishda rivoj topib, endilikda qonun hujjatlarining
butun bir majmuini tashkil etadi.1999-yildan boshlab “O’zbekiston
Respublikasining Davlat chegarasi to’g’risida” (1999-yil 20-avgust),
“Fuqaro muhofazasi to’g’risida” (2000-yil 26-may), “Terrorizmga qarshi
kurash to’g’risida” (2000 yil 15 dekabr), yangi tahrirdagi «Mudofaa
to’g’risida” (2000-yil 11-may), “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to’g’risida” (2002-yil 12-dekabr) va “O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to’g’risida” (2003-yil 25-aprel),
“O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to’g’risida”gi
(2018-yil 9-yanvar O’RQ-438-son), “O’zbekiston Respublikasining
Davlat xavfsizlik xizmati to’g’risida”gi (2018-yil 5-aprel) kabi qonunlar
qabul qilindi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston
Respublikasi Harbiy prokuraturasini tashkil etish to’g’risida”
(1999-yil 30-mart
№
PF-2277) va boshqa Farmonlari ham e’lon qilindi.
Qonunchilik – jamiyatning huquq va ehtiyojlariga monand
holda tinimsiz rivojlanib boradigan jonli organizmdir. Shunga muvofiq
ravishda harbiy huquqni tegishli fan tarmog’i sifatida rivojlantirib borish
zarur. Harbiy qonunchilik tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar
normativ-huquqiy boshqaruvning mazkur sohadagi tartibotlarini chuqur
tadqiq qilish natijalariga asoslanishi kerak. Bundan tashqari, milliy
xavfsizlik huquqi tizimini, uning tuzilmalari va tarkibini talqin va
bayon etishda yangicha yondoshuvlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu vazifaning
talab darajasida hal etilishi qonunchilikdan barchaning foydalanish
erkinligini ta’minlash va qonunlardagi takroriylikning oldini olish
imkonini beradi, milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yuzaga
keladigan munosabatlarni boshqarish tizimiga taalluqli normalarning
o’zaro uyg’un bo’lishi va to’g’ri qo’llanishiga olib keladi.
Shubhasiz,
milliy
xavfsizlikni
ta’minlashga doir huquq tizimini
rivojlantirish jarayoni hali nihoyasiga etganicha yo’q. Huquqiy jihatdan
tartibga solish predmeti o’zgarmoqda, uning mexanizmi
takomillashmoqda. Yangi muammolar ham vujudga kelmoqda, ularni
755
hal etish uchun ilmiy asoslangan yangicha yondashuvlar talab
qilinayotir. Tabiiyki, ijtimoiy munosabatlar rivoji yuridik munosabatlar
rivojiga nisbatan ildamroq bo’ladi. Qonunchilik hamisha siyosiy-huquqiy
va iqtisodiy madaniyatning yig’ma mahsuloti, tegishli ijtimoiy
munosabatlarga izmini o’tkazishning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan
chegarasini belgilashga nisbatan jamiyatning anglab yetilgan
ehtiyojlarining amalga oshirilishidir.
Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonunchilikning rivoji,
shuningdek,qabul qilinayotgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish
mexanizmlarining samaradorligini oshirish, bizning nazarimizda,
O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasida ko’zda tutilgan
maqsadlarga erishishning asosiy omillaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |