Reja: Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati



Download 26,09 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi26,09 Kb.
#511597
Bog'liq
REJA1


REJA:



  1. Majburiy davlat sug’urtasining zarurligi va ahamiyati

  2. Majburiy davlat sug’urtasini amalga oshirish tartibi

  3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda xodimlarini majburiy davlat sug‘urtasi


1. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin:
- qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
- boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘ligini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar, ular sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
Shu erda ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta qilish shartlari, sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari ko‘rsatilgan.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘lik va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi:

soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat sug‘urtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sug‘urtasida davlat xizmatichlari va kasb xatarliligi bilan bog‘liq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi.
Ijtimoiy himoya – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muxtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amhurligi. Uning asosiy maqsadi aholini farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholini qatlamlarini ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 26 yanvarda 38-sonli “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy Shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.
1994 yilning 1 yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini sug‘urtalash davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tarifi bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan.
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2002 yil 31 dekabrgacha davom ettirdi.
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni belgilangan tartibda 2003 yil 1 yanvardan boshladi.
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi 2003 yil 1 fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalari "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlagan.
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qildi va keyingi har bir yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzildi.
Moliya Vazirligining 18.07.2003 yildagi 63-sonli, Mudofaa Vazirligining 1/228-sonli, Ichki Ishlar Vazirligining 2-sonli, Milliy Xavfsizlik Xizmatining 12/988-sonli, Davlat Bojxona Qo‘mitasining 01.02/5-24sonli, Favqulotda Vaziyatlar Vazirligining 1/5-430-sonli va Davlat Chegaralarni Qo‘riqlash Qo‘mitasining 1-sonli Qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan 29.08.2003 da 1266-son bilan ro‘yxatga olingan “Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” nizom qabul qilingan.
Majburiy Davlat sug‘urtasi shartnomasini tuzishda qo‘yidagi tomonlar ishtirok etadilar:
sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshiruvchi vakolatli sug‘urta tashkiloti;
sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qilish shartnomasini tuzuvchi va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishuvchi hamda sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi;
sug‘urtalanuvchi - foydasiga sug‘urta amalga oshirilgan va sug‘urta badali to‘langan harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslar;
naf oluvchilar – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urtalanuvchi shaxsning merosxo‘rlari.
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladgigan yozma bitim bo‘lib, u taraflar o‘rtasidagi majburiy davlat sug‘urtalashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solib turadi.
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta summasi davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini olgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi. Sug‘urta summasi O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan olingan va sug‘urtalovchining har bir sug‘urtalanuvchi oldidigi majburiyatining cheklangan miqdorini ifodalanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda ularning har biri uchun sug‘urta qilidiruvchi tomonidan O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan 20 foizi hisobidan olingan sug‘urtalovchiga har yili to‘lanishi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini quyidagi holatlarda amalga oshiradi:
a) Sug‘urtalangan shaxs xizmat (yig‘in) davrida yoki xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida xizmat burchini o‘tash vaqtida jarohatlanishi (kontuziya), oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan)da naf oluvchilarga (meros huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish sharti bilan) sug‘urta summasining to‘liq miqdorida, eng kam ish hqining etti yillik hajmida – 9945600 so‘m miqdorida;
b) Sug‘urtalangan shaxsga o‘z xizmat (yig‘in) burchini o‘tash bilan bog‘liq holda xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida nogironlik berilgan bo‘lsa:

I guruh nogironiga - sug‘urta summasining 75 foizi – 7459200 so‘m miqdorida;


II guruh nogironiga - sug‘urta summasining 50 foizi - 4972800 so‘m miqdorida;
III guruh nogironiga - sug‘urta summasining 30 foizi – 2983680 so‘m miqdorida;
v) sug‘urtalnuvchi xizmat burchini o‘tash (yig‘in) davrida og‘ir yaralangan holatda – sug‘urta tovoni summasidan 20 foiz – 1989120 so‘m, engil yaralangan holatda – 10 foiz – 994560 so‘m;
g) muddatli harbiy xizmatchini, harbiy xizmatga majbur shaxslarning yig‘inlar davrida salomatligiga ko‘ra bunday keyin harbiy xizmatga (yig‘inga) yaroqsiz deb topilsa - sug‘urta tovoni summasidan 10 foiz – 994560 so‘m miqdorida.
Yuqorida keltirib o‘tilgan summalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta shartnomasi bir kalendar yili davomida amal qiladi.
Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugashidan 30 kalendar kuni avval taraflardan birontasi ham yozma ravishda Sug‘urta shartnomasining amal qilishini to‘xtatishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi keyinga keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda Sug‘urta mukofoti to‘lovlari har chorakda sug‘urta mukofoti umumiy miqdorining ¼ qismi miqdorida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga chorak boshlanganidan keyin 15 kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘uta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urtalanuvchining yoki oluvchi hisobidan Naf oluvchilarning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish, chek yozib berish, pochta jo‘natmasi va boshqa qonunchilikda yo‘l qo‘yilgan usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Balog‘at yoshiga etmagan Naf oluvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi faqat uning nomiga bankda ochilgan Shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazib berish va ayni vaqtda bu haqda vasiylik organlarini xabardor etish orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin, agar Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lab turgan bo‘lsa, 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovini rad etgan holda, Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar topshirilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida Sug‘urtalanuvchiga (Naf oluvchilarga) bu haqda rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Sug‘urta tovonini to‘lab to‘g‘risidagi arizalar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganidan uch yil o‘tganidan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi harbiy xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida salomatligiga ko‘ra bundan keyingi xizmatga (yitg‘ingpa) yaroqsiz deb topilsa, u o‘z yashash joyga qaytib ketayotgan paytda harbiy qism yoki harbiy-davolash muassasasi tomionidan uning qo‘liga kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma vakolatli idoralarga taqdim etish uchun beriladi.
Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik olsa, va buning oqibatida u kassaligig yoki sadomatligining cheklanganligi sababli xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilishi zarur bo‘lmasa, xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlovchi tegishli HVK tomonidan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik oliishining shart-sharoitlari to‘g‘risidagi daolatnoma (ma’lumotnoma) asosida uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etiladi (mazkur Nizomga 1-sonli ilova).
Mazkur ma’lumotnoma o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ma’lumotnomaning nushasi HVK da 25 yil davomida saqlanadi.
Sug‘urtalanuvchi olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risdagi ma’lumotni yo‘qotib qo‘ysa, u HVK murojaat qilgan holda unga ana shu ma’lumotnomaning dublikati beriladi va uning o‘ng yuqori burchagida “Yo‘qotilgani o‘rniga berilgan dublikat” deb yozib qo‘yiladi.
Olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik darajasi HVK tomonidan Og‘ir va engil darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik ro‘yxati asosida aniqlanadi
Sug‘urta tovoni to‘lovi hisob-kitob qiymati miqdorida, sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda, avval ham xudii shu turdagi hodisa uchun to‘langan summani chegrib tashlash orqali, ammo har bir sug‘urtalanuvchi uchun belgilangan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Barcha holatlarda ham Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta SHartnomasi amal qilib turgan davr ichida to‘lab berilgan barcha sug‘urta tovoni to‘lovlari summasi sug‘urta tovoni summasidan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘urta tovoni to‘lovini o‘z vaqtida olishlari uchun ularning yashash joylaridagi Vakolatli tizimlar ularga sug‘urta to‘lovini talab qqiilib olishlarida va sug‘urta tovoni to‘lovini olish uchun haqdorldikni isbotlovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtrishda yordam ko‘rsatadailar.
To‘lov haqidagi arizani qabul qilib olish va ko‘rib chiqish bilan Sug‘urtalovchining mintaqaviy bo‘linmalari, shuningdek Sug‘urtalovchi tomonidan vakolat berilgan Sug‘urtalanuvchining yashash joyidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalanuvchi halok bo‘lgan (vafot etgan) holda Naf oluvchilar tomonidan notarial idoradan meros huquqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun Sug‘urtaldanuvchining yashash joyidagi Vakolatli tizimlar notarial taqdim etish uchun murojjaat etgan Naf oluvchilarga ma’lumotnoma beradilar.
Sug‘urta tovoni to‘lovini olish huquqini aniqlash uchun Sug‘urtalanuvchi yoki meros huquqi to‘g‘risda ma’lumotnomani olgan Naf oluvchilar Vakolatli tizimlarda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga topshiradilar:
a) Sug‘urtalanuvchi xizmat (yig‘in) vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda:

  1. ariza;

  2. sug‘urtalanuvchining vafoti to‘g‘risdagi guvohnomaning notarial tasdiqdangan nushasi;

  3. meros huquqi to‘g‘risdagi guvohnoma;

  4. shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilganidan keyin bir yilgacha muddat ichida xizmatni o‘
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi (Naf oluvchilar) sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda yuqoridagi ro‘yxat asosida hujjatlarni topshiradilar. Mazkur hujjatlar to‘liq hajmda (butlangan holda) topshirilmasa Sug‘urtalovchi yozma ravishda etishmayotgan hujjatlarni talab qilib olishi shart.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘rta tovoni to‘lovini olish to‘g‘risdagi arziani topshirganda Sug‘urtalovchi arizalarni va harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarga majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lanishini ro‘yxatga olish daftarida qayd etishi, tegishli hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishi shart.
Vakolatli tizimlar Sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta hodisasining vujudga kelish holatlari to‘g‘risdagi hujjatlarni zudlik bilan taqdim etishlari shart.
Vakolatli tizimlarning sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish huquqini belgilovchi hujjatlarning rasmiylashtirish bo‘yicha ishlari hamda ularni o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazorat Sug‘urtalovchining tegishli tekshiruvchi idoralari va bo‘linmalariga yuklatiladi.
Sug‘urtalovchining tibbiy boshqarmalari HVK tomonidan olingan jarohat to‘g‘risidagi berilgan ma’lumotnomalarning qonuniyligi va olingan jarohatning og‘ir-engilligi ular tomonidan to‘g‘ri belgilanganligi ustidan nazorat olib boradilar.
Vakolatli tizimlarda harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lovlari uchun rasmiylashtirilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar yuritiladi.
Sug‘urta qldiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasida Sug‘urtalovchi har chorakda sug‘urta qildiruvchiga amalga oshirilgan sug‘urta tovoni to‘lovlari to‘g‘risida viloyatlar qirqimida hisobot topshirishi to‘g‘risda o‘zaro kelishuv tuzishlari mumkin.
Og‘ir darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik, yaqqol anatomik o‘zgarishlarni va sezilarli funksional nosozliklarni keltirib chiqaradi va harbiy xizmatga yaroqliligi cheklanishiga yoki yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Unga quyidagilar kiritiladi:
bosh chanog‘iga, shu jumladan miyani shikastlamasdan teshib kirgan jarohat;
bosh chanoq bo‘g‘ini va asosi suyagining ochiq va yopiq turda sinishi;
bosh miyaning o‘rta va og‘ir darajada miyaning ezilishi bilan va miyani eziltirmasdan shikastlanishi;
epidural, subdural va subaraxnoidal bosh chanoq ichiga qon quyilishi;
umurtqa pog‘onasining va orqa miyaning ochiq va yopiq shikastlanishi;
bo‘g‘iz, xalqum, traxeya va qizilo‘ngachni o‘yib o‘tgan jarohat;
bo‘g‘iz va traxeya tog‘aylarining yopiq sinishi;
ko‘krak qafasining o‘pka pardasiga, yurak qopchig‘iga yoki oraliq devorga yaqin kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni shikastlamagan holdagi jarohatlari;
qorinning qorin bshlig‘iga kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni shikastlamagan holdagi jarohatlari; qorin bshlig‘i orqa tomoni (buyrak, buyrak ustki a’zolari, oshqozin ostki bezlari va h.k.) jarohatlari;
ko‘krak va oshqozin bo‘shlig‘ining, tos suyagi bo‘shlig‘ining, shuningdek qorin bo‘shlig‘i ortidagi a’zolarning yopiq shikastlanishlari;
uzun ilikli suyaklarning sinishi – elka, son suyagi, katta kurak, ikkala elka oldi suyaklarining;
tos suyaklarining ko‘p miqdordagi sinishi;
siydik chiqarish-jinsiy a’zolariga shikast etkazuvchi jarohatlar va yaralanishlar;
badanning 40 foizidan ortiq qismidagi maydonga shikast etkazgan 1-darajali termik kuyish;
II-III darajali kuyish - badanning 10 foiz qismiga shikast etkazgan bo‘lsa;
IV darajada kuyish, shuningdek badanning kichik maydonining shok bilan kechadigan holda kuyishi;
nafas yo‘llarining kuyishi yallig‘lanish va ovoz naychasining torayishi bilan birga kechishi;
kimyoviy birikmalar (konsentratli kislotalar, o‘yuvchi ishqorlar, raketa yonilg‘isi komponentlari) bilan zaharlanish, mahalliy ta’sirdan tashqari umumiy zaharlanish ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa;
III-IV darajali sovuq oldirish;
ko‘zning ichiga qobiqlarni yirtib kiruvchi va ko‘rish layoqatini yo‘qotuvchi jarohatlanishi; ko‘zning II-IV darajali kuyishi; bir yoki ikkala ko‘zning to‘liq barqaror ko‘rligi yoki barmoqlarni 2 m. yoki undan kamroq masofadan sanay olmaslik (ko‘zning o‘tkirligi 0,04 va undan past); eshitish a’zolarining ikkala quloqning barqaror karligiga olib keluvchi va vestibulyar buzilganlik yaqqol namoyon bo‘luvchi jarohatlanishi va yaralanishi;
yuzning yumshoq to‘qimalarining, yuz skeleti suyaklarining barqaror badbasharalikka olib keluvchi jarohatlanishi va shikastlanishi;
qo‘l-oyoqlar funksiyasining barqaror buzilishiga olib kelgan qo‘l-oyoqlar yumshoq to‘qimalari va mushaklari jarohatlanishi;
shok holati, ko‘p qon yo‘qotilishi, yog‘ yoki gaz emboliyasi hamda buyrak etishmovchiligini keltirib chiqargan jarohat toksikozi bilan kuzatiladigan jarohatlanish va yaralanishlar;
yirik bo‘g‘inlarning, yirik nerv tarmoqlarining magistral qon aylanish tomirlarining jarohatlanishi va yopiq tarzda shikastlanishi;
biron-bir a’zoning yo‘qotilishi yoki a’zoning o‘z funsiyasini bajarolmay qolishi (tilning yoki nutq qobiliyatining yo‘qotilishi, qo‘l yoki oyoqning yoxud uning funsiyasining yo‘qotilishi, ishlash layoqatining yo‘qotilishi);
xizmat faoliyatiga oid kasbiy omillar ta’siri bilan bog‘liq jarohatlar.
Barqaror anatomik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmagan, funksiyalarining kam darajada buzilishiga olib kelgan jarohatlar, kontuziyalar va yaralanishlar engil darajaga mansub deb baholanadi. Unga quyidagilar kiritiladi:
I-II darajali sovuq oldirish;
tananing 40 foizdan ortiq bo‘lmagan I darajali kuyish, 10 foizdan ortiq bo‘lmagan II-III darajali kuyish;
ko‘zning shohpardasida, kon’yuktivida o‘zga jismlarning mavjudligi, ko‘zga yirti kirmagan ko‘rish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotilishi bilan bog‘liq jarohatlar, ko‘zning I darajali kuyishi;
bosh chanog‘ining miya chayqalishi bilan birgalikdagi yopiq yaralanishi;
yuzning yumshoq to‘qimalarining tishlarning sinishi, burun suyaklarining yopiq sinishi. Burun qanotining qisman uzilib ketishi, quloq suprasining qisman uzilib ketishi, jag‘ning yopiq sinishi.
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turi davlat majburiy sug‘urtasida sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlarini sug‘urta qilishda namoyon bo‘ladi va mazkur sug‘urta turida shartnoma shartlari va tartibi tegishli Qaror bilan belgilab beriladi.
2. Harbiy xizmatchilarni, qurolli kuchlar va harbiy flot faxriylarini, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida ajralmas qismlardan biri hisoblanadi. U harbiy kiyim kiygan shaxslarning ayrim konstitutsion huquqlari chegaralanishi o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Vatanni himoya qilish harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi uchun risk darajasining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. SHu sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijtimoiy himoyaning sug‘urta kabi turi ko‘zda tutiladi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligining davlat majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta shakllaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlari muayn sug‘urta turi ob’ektlaridan birini sug‘urta qilishda namoyon bo‘ladi.
Qonun kuchi bilan amalga oshiriladigan sug‘urta majburiy hisoblanadi. Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va tartibi mos keluvchi qonunlar bilan belgilab beriladi.
Majburiy sug‘urtada aynan davlat, u yoki bu organlar timsolida, belgilangan fuqarolar toifalarining mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi. Mazkur umumiy asoslarda sug‘urta ishining u yoki bu tarmog‘ida majburiylik tamoyiliga xizmat qiladigan qo‘shimcha maxsus omillar ham amal qiladi. Xususan, hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida majburiylik tamoyili muhim ijtimoiy rol ham o‘ynaydi. Sug‘urta shartnomalarining katta qismi tomonlarning erkin xohish bildirishi asosida tuziladi: sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi tuzishga majbur emas, xuddi shuningdek, sug‘urta qiluvchi esa sug‘urta qildiruvchining risklarini qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Biroq etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash va bunda sug‘urta tashkilotining ishtirok etishi jamiyat manfaatlari ifodalaydigan hollarda tomonlarning erkinlik darajasi jiddiy cheklanishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish huquqi o‘rniga sug‘urta qildiruvchida bu shartnomani imzolash majburiyati vujudga keladi.
Bu turdagi majburiyat paydo bo‘lishi faqat majburiy sug‘urta qilish tartibi va shartlarini belgilab beradigan maxsus qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardagina o‘ringa ega bo‘lishi mumkin.
Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish harbiy xizmatchilarning har qanday sharoitlarda, jumladan, ularning hayoti va salomatligi uchun risk yuqori bo‘lgan sharoitlarda barcha vazifalarni so‘zsiz bajarishi zarurligi bilan bog‘liq. Harbiy xizmatchilarga yuklatilgan vazifalarning oshkora xarakteri, shuningdek, xususiy va ommaviy manfaatlar muvozanati ta’minlash kabi konstitutsion tamoyilga rioya qilish zarurati shuni talab qiladiki, imtiyoz va kompensatsiyalarni kafolatlangan tarzda olish harbiy xizmatchilar huquqiy holatining tarkibiy qismi bo‘lishi lozim.
Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish shartnomasi asosida, belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal byudjetdan ajratiladigan sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) shakllantiriladigan pul fondi hisobiga amalga oshiriladigan sug‘urtadir
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – O‘zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta qilingan shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir.
Sug‘urta munosabatlari sub’ektlari. Sug‘urta huquqiy munosabatlarining asosiy sub’ektlari sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Sug‘urta qiluvchi sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan hodisalar ro‘y berganda sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga sug‘urta to‘lovini amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bilan shug‘ullanadigan sug‘urta qiluvchi sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organi tomonidan belgilangan olingan sug‘urta majburiyatlari moliyaviy ta’minlanganligini kafolatlaydigan moliyaviy ishonchlilik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
Download 26,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish