Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O’zini-o’zi nazorat qilish savolari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O’zini-o’zi nazorat qilish savolari 
1.
 
“Milliy xavfsizlik” tushunchasi nimani anglatadi? 
2.
 
O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida 
qanday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatgan? 
3.
 
O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida 
qanday xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilgan?
4.
 
Milliy xavfsizlikning ob’ekti bo’lib nimalar hisoblanadi? 
5.
 
Harbiy doktrina deganda nimani tushunasiz? 
6.
 
O’zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizligini ta’minlashning 
huquqiy asoslari qanday huquqiy hujjatlar bilan belgilangan? 
 
 


756 
YETTINCHI BO’LIM. KONSTITUTSIYAGA 
O’ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI 
XXX BOB. KONSTITUTSIYAGA O’ZGARTISH VA 
QO’SHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI 
1-§. Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish tushunchasi 
va tartibi. 
2-§. O’zbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan 
konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish zaruriyati. 
1-§. Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish tushunchasi 
va tartibi 
O’zbekiston tarixida bir nechta konstitutsiyalar qabul qilingan
bo’lib, ularning mazmun va mohiyati o’sha davr shart-sharoitlari bilan 
o’lchanadi. Shuningdek, dunyo mamlakatlarining hayotiy tajribasi shuni 
ko’rsatadiki, konstitutsiyalar turli davlatlarda turlicha qabul qilinishi 
mumkin:
1.
Konstitutsiya davlat hokimiyatining oliy vakillik organi – 
parlament tomonidan ishlab chiqiladi va ayrim hollarda umumxalq 
muhokamasidan o’tgandan so’ng qabul qilinadi (O’zbekistonda Oliy 
Majlis tomonidan qabul qilinadi). 
2.
Konstitutsiya maxsus ta’sis etilgan davlat organi tomonidan
ishlab chiqiladi va qabul qilinadi (Xitoy, Mozambik, Vetnam va 
Gruziyada Ta’sis yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi). 
3.
Referendum yo’li bilan bevosita xalq tomonidan qabul qilinadi 
(Fransiya, Rossiya,Belorusiya, Aljir, Shvetsariya va Filippinda). 
Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida Konstitutsiyalar o’zgartirish 
kiritish tartibining murakkabligiga qarab 
“yumshoq”
va 
“qattiq”
konstitutsiyalarga ajratiladi. “Yumshoq” Konstitutsiya deganda 
nisbatan oson o’zgartiriladigan, o’zgartirish kiritish tartibi sodda bo’lgan 
konstitutsiyani tushunamiz. “Qattiq” Konstitutsiya esa, o’zgartirish kiritish 
tartibi murakkab bo’lgan, birmuncha muddat davom etadigan 
konstitutsiyani tushunamiz.


757 
“Yumshoq” konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib 
asosida o’zgartiriladi yoki to’ldiriladi. “Qattiq” konstitutsiyalar alohida 
o’rnatilgan tartibga muvofiq (qo’shimchalar taqdim etilgandan so’ng 
ma’lum vaqt o’tgach yoki malakali ovoz berish

deputatlarning 2/3 
qismi ovozi bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan 
taqdirda va hokazo) o’zgarishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi ham «qattiq» konstitutsiyalar qatoriga kiradi.
 
Qayd etish kerakki, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibining 
murakkabligi uning barqarorligini ta’minlash usullaridan biri sanaladi.
Bu borada xorij tajribasiga murojaat etadigan bo’lsak, turlicha 
yondashuvlar mavjudligini kuzatamiz. Masalan, qator mamlakatlarda 
oddiy qonun loyihasi parlamentning birgina a’zosi tomonidan 
taklif qilinishi mumkin bo’lsa, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish 
to’g’risidagi loyiha esa faqat Prezident, hukumat yoki deputatlarning 
muayyan guruhi (masalan, Turkiyada – parlament a’zolarining 1/3 qismi), 
federatsiya subyektlari (masalan, Braziliyada – shtatlarning yarmi) 
tomonidan kiritiladi. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga kiritilayotgan 
o’zgartirishlar, qoida tariqasida, parlamentning har bir palatasida malakali 
ko’pchilik tomonidan ma’qullanishi lozim. Masalan, Avstriya, Italiya, 
Niderlandiyada parlament a’zolarining 2/3 qismi ovozi zarur bo’lsa, 
Gretsiya, Ispaniyada 3/5 qismini tashkil etishi lozim bo’ladi. Parlament 
Konstitutsiyaga o’zgartirishlarni qabul qilgach, ayrim davlatlarda mazkur 
o’zgartirishlar federatsiya subyektlari tomonidan (masalan, AQSHda
3/4 qismi tomonidan ma’qullanishi), ba’zi mamlakatlarda esa (masalan, 
Daniya, Shveytsariya) referendumda ham tasdiqlanishi lozim. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 1-bandiga 
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga kiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oldingi tahrirdagi 
127-moddasida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning 
uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan 
qonunlar bilan kiritiladi” deb belgilangan edi.


758 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazkur moddasiga 
2003-yil 24-aprelda kiritilgan tuzatish va qo’shimchalardan so’ng 
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar 
tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki 
O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi” deb o’z 
ifodasini topdi. 
Demak, Konstitutsiya qabul qilish va unga o’zgartirish, 
qo’shimchalar kiritish yuqorida ko’rsatilgan konstitutsiyaviy normaga 
asosan, Oliy Majlis palatalari yig’ilishining 3/2 qismi ovozi roziligini 
bildirgan taqdirdagina yoki referendum yo’li bilan amalga 
oshiriladi. Buning uchun asoslangan ma’lumotlar, takliflar murojaatlar va 
xalqning to’liq fikri o’rganilgani to’g’risidagi dalillar bunday qaror
qabul qilinishiga sabab bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
konstitutsiyani qabul qilish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, 
qonun, qaror va boshqa hujjatlarni qabul qilish, o’zgartirishga nisbatan 
farq qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish tartibi bilan bog’liq normalar boshqa qonunlarda 
ham o’z ifodasini topgan. Xususan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy 
Qonun
310
ning 29-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, 
konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy 
sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.
Shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Reglamenti to’g’risida”gi Qonunning 18-moddasiga 
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy 
qonunning, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 
qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchun Qonunchilik palatasi 
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi 
talab qilinadi. Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 
310
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
2002 
й
. 12-
сон
, 215-
модда



759 
qonun loyihasini tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy ichida 
uning keng muhokamasini inobatga olgan holda ko’rib chiqishi 
mumkin. Agar Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 
qonun loyihasini qabul qilmasa, uni ko’rib chiqish kamida bir yildan
keyin qayta boshlanishi mumkin. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi 
Konstitutsiyaviy Qonunning 24-moddasiga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasini, unga kiritilgan o’zgartish va 
qo’shimchalarni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari 
hamda ularga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarni ma’qullash uchun 
senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi 
talab qilinadi. Binobarin, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining Reglamenti to’g’risida”gi Qonun
311
ning 14-moddasiga 
muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy 
qonunni, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 
qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan 
ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi talab qilinadi.
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish murakkab jarayon bo’lib, 
mazkur jarayonni tartibga solish qo’shimcha qonunlarga murojaat 
etishni taqozo etadi. Masalan, Konstitutsiyaga referendum yo’li bilan 
o’zgartirish kiritish uchun “O’zbekiston Respublikasining 
referendumi to’g’risida”gi Qonun
312
talablaridan kelib chiqish lozim. 
Mazkur Qonunning 1-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining 
referendumi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa 
qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng 
muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Bu 
Qonunga ko’ra, referendumga qo’yiladigan masala davlat va jamiyat 
hayotining eng muhim masalalaridan sanalishi bilan bir qatorda ayrim 
masalalarga daxldor bo’lmasligi lozim,ya’ni qonunning 
2-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini 
o’zgartirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar, 
amnistiya va avf etish, jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va 
311
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
2003 
й
. 9-10-
сон
, 137-
модда

312
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. 2001 
йил
, 21-
сон
, 147-148-
моддалар



760 
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha favqulodda va shoshilinch 
chora-tadbirlar o’tkazish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, mansabdor 
shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish masalalari referendum 
predmeti bo’lishi mumkin emas.
Demak, yuqoridagilar referendum predmeti bo’lmagani kabi, 
Konstitutsiyadagi bunga taalluqli masalalarga referendum yo’li 
bilan o’zgartirish kiritish ham mumkin bo’lmaydi. 
Referendum o’tkazilgach, qabul qilingan qaror Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan e’lon qilinib, respublikaning butun hududida 
majburiy kuchga ega bo’ladi va davlat hokimiyati organlarining 
hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiqlashni talab qilmaydi. Mabodo, 
referendumda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim 
normalariga o’zgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilinsa, 
Konstitutsiyaning muayyan normalari referendum qaroriga 
muvofiqlashtiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga 
ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif 
kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o’zgartirishlar 
hamda tuzatishlar kiritish to’g’risida keng va har taraflama muhokamani 
hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis 
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa, 
taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga ko’ra, 
qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z 
davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh 
prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi 
subyektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish 
bo’yicha tayyorlangan qonun loyihalari ham yuqoridagi subyektlar 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga kirtiladi. 2006-yil 11-oktabrdagi “Qonunlar loyihalarini 
tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 


761 
palatasiga kiritish tartibi to’g’risida”gi Qonunning
313
18-moddasiga ko’ra, 
tartibga solinadigan munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan 
bog’liq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish