Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

shuningdek, davlat 
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish
va takomillashtirish 
yo’li bilan amalga oshiriladi

kabi norma kiritildi;
–ikkinchidan, Konstitutsiyasining 78-modda birinchi qismining 
21-bandiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining birgalikdagi vakolatlari sifatida parlament nazoratini 
amalga oshirish huquqi belgilandi. Darhaqiqat, parlament demokratik 
asosda shakllantiriladigan, xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi oliy 
vakillik organidir. Mazkur organning davlat ijro hokimiyati organlari 
320
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2011 
й
. 12/1-
сон

343-
модда



773 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi qabul qilinayotgan qonunlarni 
samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Parlament nazorati – 
birinchidan,
qabul qilingan qonunlarning
ijro etilishi darajasini o’rganishga; 
ikkinchidan,
qonunlarning 
amaliyotda qo’llanilishiga salbiy ta’sir etuvchi ob’ektiv va subyektiv 
omillarni o’z vaqtida aniqlashga; 
uchinchidan,
mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlarni belgilashga; 
to’rtinchidan,
tegishli qonunlarga nazorat-tahlil natijalariga asosan 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishiga; 
beshinchidan,
davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar hamda 
fuqarolarning qonun hujjatlari qoida-talablariga so’zsiz amal qilish 
mas’uliyati va majburiyatini oshirishga xizmat qiladi; 
– uchinchidan, 93-moddaning 8, 10, 16, 24-bandlariga ayrim 
tuzatish va to’ldirishlar kiritildiki, ular Bosh vazir vakolatlarini 
kengaytirdi, Prezidentning ayrim vakolatlarini amalga oshirish 
tartibotini yanada takomillashtirdi;
– to’rtinchidan, Konstitutsiyaning 98-moddasi mazmuni Bosh 
vazir lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 
uning nomzodi ko’rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda 
Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan 
harakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan
to’ldirildi. Shu bilan birga Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar 
Mahkamasi va Bosh vazirning vakolatlari aniq belgilab berildi;
– beshinchidan, Konstitutsiyaga (103-modda) mahalliy ijroiya 
hokimiyati organlari mustaqilligining kafolatlari va ayni paytda 
vakillik organlari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan norma 
kiritildi. Unga ko’ra viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq 
deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar 
taqdim etishi, ular bo’yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli 
qarorlar qabul qilishi tartibi mustahkamlab qo’yildi. Mazkur norma ham 
vakillik organlari tomonidan mahalliy ijro hokimiyati ustidan amalga 
oshiriladigan nazoratning huquqiy asoslarini takomillashtirdi; 
– oltinchidan, Konstitutsiyaga (117-modda) demokratik saylov 
tizimining tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlashga 
qaratilgan normalar kiritildi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, 
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo’lishi 
alohida belgilandi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Markaziy 


774 
saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlarining tavsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidansaylanishi, Markaziy 
saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimi bo’yicha komissiya majlisida 
saylanishi kabi konstitutsiyaviy norma mustahkamlandi
1
.Mamlakatimizda 
2016-yildan boshlab barcha jabhalarda ulkan 
islohotlar amalga oshirilmoqda
. Xususan, 
2017–2021-yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasida, davlatning taraqqiyotini belgilab 
beruvchi muhim yo’nalishlarda bir qancha maqsad va vazifalar belgilab 
berildi. Albatta, buning negizida inson manfaatlari har narsadan ustun 
g’oyasi ustuvorlik ahamiyat kasb etdi. Ko’plab qonunlar, qonun osti 
hujjatlar, davlat dasturlari, kontseptsiyalar ishlab chiqish vazifalari 
yuklatildi. Hammamizga, ma’lumki, Konstitutsiyamizning 11- moddasida 
sud hokimiyati alohida hokimiyat tarmog’i sifatida o’z faoliyatini
mustaqil tarzda amalga oshiradi. Asosiy vazifasi sifatida inson huquq va 
erkinliklarini himoyalashga qaratadi. Shundan kelib chiqib, 2017-yil
6-aprelda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o’zgartishlar va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi

U
shbu o’zgartish va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasida sud 
tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, 
sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritildi. Qolaversa, 
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi 
konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashish 
uchun O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda 
ularning asosiy vazifalari sifatida, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni 
tanlov asosida tanlash, eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar
orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek, rahbar sudyalik lavozimlariga 
ko’rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini shakllantirish va 
boshqa shu kabi vazifalar belgilandi. 
Mazkur o’zgartish va qo’shimchalarga to’xtalib o’tadigan bo’lsak:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddaning 
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi. Unga muvofiq, O’zbekiston 
1
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2014 
й
., 16-
сон
, 177-
модда


775 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash masalasi 
Oliy Majlisi Senati tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi. 
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar 
hamjamiyatining organi hisoblanishining o’zi Raisga ulkan 
mas’uliyatni yuklaydi. 
Mamlakatimizda sud tizimidagi islohotlardan kelib chiqib, 
Konstitutsiyaning 81-moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo’jalik sudi” 
degan so’zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so’zlar bilan almashtirildi. 
Qonunchilik tashabbuskorlari subyektlarini belgilab beruvchi 
83-moddadagi “Oliy xo’jalik sudi” degan so’zlar chiqarib tashlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari mazkur sud 
tizimidagi konstitutsiyaviy islohotlardan kelib chiqib, tegishli tarzda 
yangicha tahrir etildi. Xususan, Konstitutsiyaning 93-modda birinchi 
qismining13-bandiga muvofiq,O’zbekiston Respublikasi 
PrezidentiO’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
tarkiblariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining raisi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
boshqaruvining raisi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. 
Mazkur moddaning 14-bandiga muvofiq esa, 
O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari 
raislari va rais o’rinbosarlarini, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi 
raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O’zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. 
Oxirgi ikki yil davomida sud hokimiyatini amalga oshirishda 
bevosita ta’sir etadigan sud tizimida, ularning ijtimoiy moddiy ta’minoti
va faoliyatining kafolatlarida qator o’zgarishlan amalga oshirildi. 
Xususan, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy nizolarni ko’ruvchi 
ko’p pag’onali sudlar tizimi shakllantirilib, ushbu sudlarning sud 
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi belgilandi. 


776 
Mazkur yangilanishlar asnosida, Konstitutsiyaning 107-moddaning 
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo’ldi. Jumladan, 
“O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy 
sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo’yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va 
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari 
bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha 
tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va 
tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat”.
Qolaversa, 110-moddaning birinchi qismi “jinoiy” degan so’zdan 
keyin, “iqtisodiy” degan so’z bilan to’ldirildi, uchinchi 
qismidagi 
“Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, 
shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning” degan
so’zlar “quyi sudlarning” degan so’zlar bilan almashtirildi. 
Sudyalar oliy kengashinining konstitutsiyaviy maqomini 
mustahkamlash maqsadida, Konstitutsiyaning 111-moddasi yangi tavsifda 
bayon etildi. Unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo’lib, u O’zbekiston 
Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga 
rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun
bilan belgilanadi. 
Ma’lumki, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “O’tgan bir yil 
davomida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash 
bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi. Xususan, sudlar tuzilmasini 
hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash 
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hech qaysi hokimiyat 
bo’g’iniga bo’ysunmaydigan organ – Sudyalar oliy kengashi tashkil
etildi. Kengash tomonidan sudyalikka nomzodlarni tanlash va 


777 
tayinlashda ta’sirchan jamoatchilik nazorati o’rnatildi”
321
, deb bu borada 
amalga oshirilgan ishlarga to’xtalib o’tgan edi. Shubhasiz, ushbu 
sohada amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar fuqarolarning 
huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o’ynadi. 
Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud - huquq sohasini
mustahkamlash maqsadida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, 2017-yil 1-iyunda e’lon qilingan, O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsisining ayrim moddalariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida
(80, 93,108 va 109-moddalariga)gi qonunida, Tabiatni muhofaza 
qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi maqomi, faoliyati qayta ko’rib chiqilib takomillashtirildi.Mazkur 
o’zgartishlarga muvofiq: 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80- moddasining
5- bandi chiqarib tashlandi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisini tayinlash). 
Shuningdek, mazkur moddaning 12-bandidagi
“O’zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining” degan 
so’zlar chiqarib tashlandi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatiga 
tegishli bo’lgan Konstitutsiyaning 93-modda birinchi qismining 
13-bandidagi “O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo’mitasining raisi” degan so’zlar chiqarib tashlandi.Bu yerda, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis Senatiga Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi nomzodini taqdim etish
vakolati haqida so’z bormoqda. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining 
Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish 
bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatuvchi sud hokimiyati organidir. 
Konstitutsiyaviy sud huquqiy maqomini takomillashtirish yuzasidan 
1995-yil 30-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi” to’g’risidagi qonunning ko’plab normalarini yangitdan ko’rib
chiqish hamda takomillashtirish natijasida,2017-yil 31-mayda 
321
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Мирзиёевнинг
Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Матбуот
хизматининг
расмий
веб
-
сайти
– www.prezident.uz 


778 
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to’g’risidagi yangi 
tahrirdagiqonuni qabul qilindi. O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
normalari ham takomillashtirildi.
Xususan, Konstitutsiyaning 108 hamda 109 moddalari yangi 
tahrirda bayon etildi. Konstitutsiyaning 108-moddasiga ko’ra, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi 
va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi 
to’g’risidagi ishlarni ko’radi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati tomonidan O’zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi 
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining 
vakilini qo’shgan holda saylanadi.O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi o’z tarkibidan O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o’rinbosarini saylaydi. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 
Germaniyada federal konstitutsiyaviy sud mamlakat parlamentining 
yuqori palatasi – Bundesrat tomonidan shakllantiriladi. Bunda nomzodlar 
palata jami a’zolarining uchdan to’rt qismi ovozini to’plashi lozim
1

Mazkur o’zgartishlarga muvofiq, Konstitutsiyaviy sudni saylashda 
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining ishtiroki, 
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o’rinbosarini saylash tartibi 
konstitutsiyaviy sud majlisi tomonidan amalga oshirilishi kabi yangi 
qoidalarni nazarda tutadi. 
Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq, O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: 
1) O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, 
hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O’zbekiston 
Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 
1
Хо
rijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi.darslik/ A.A.Azizxo'jayev: - T.: TDYI nashriyoti,2010. – 58 
-59 betlar. 


779 
2) O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 
imzolanguniga qadar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy 
qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini 
ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini aniqlaydi; 
3) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi 
to’g’risida xulosa beradi; 
4) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari nor-
malariga sharh beradi; 
5) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda 
qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to’g’risida sudlar 
tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko’rib chiqadi; 
6) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini 
umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to’g’risida 
axborot taqdim etadi; 
7) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan 
berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko’rib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan 
e’tiboran kuchga kiradi.Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va 
uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.Konstitutsiyaviy sudni tash-
kil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi”. 
Mazkur o’zgartishlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining 
Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O’zbekiston Respublikasi
konstitutsiyaviy qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi xalqaro 
shartnomalarini ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi 
qonunlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini aniqlash, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan 
ishda qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to’g’risida 
sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko’rib chiqish, 
konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish
natijalari yuzasidan har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi pal-


780 
atalariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konsti-
tutsiyaviy qonuniylikning holati to’g’risida axborot taqdim etish kabi 
yangi qoidalar bilan takomillashtirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida 
Kengashlar faoliyati xususida to’xtalib, quyidagi fikrlarni bildirib 
o’tgan edi: “ Keyingi paytda yurtimizda xalq deputatlari 
Kengashlarining roli, xalq noiblarining vakolatlari tubdan oshirildi.Siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish