Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiyalarning mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish borasidagi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiyalarning mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish borasidagi 
vakolatlari bosqichma

bosqich kengaytirildi, deputatlik nazorati esa 
mustahkamlandi”
1

Darhaqiqat, mamlakatimizda davlat hokimiyati vakillik organlarini 
saylov orqali shakllantirib olish, unda fuqarolarimizning o’z siyosiy 
huquqlarini erkin amalga oshirish imkoniyatini yaratish masalasiga
jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. 2017-yil 29-avgustdagi “Toshkent 
shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonun, 
davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi roli 
va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, mahalliy 
Kengashlarga saylovni saylov to’g’risidagi qonun hujjatlariga, 
saylovchilarning xohish-irodasiga to’la muvofiq hamda xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan 
holda o’tkazish maqsadida qabul qilindi. 
Mazkur qonun asosida 2017-yil 29-avgustda O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasining 2 ta moddasiga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritildi. 
Xususan, 99-moddadagi, “shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan” degan so’zlar chiqarib tashlandi. Negaki, mazkur qoida 
shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari kengashlarini
tuzish imkonini bermas edi. 
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Мирзиёевнинг
Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси

– 
Тошкент
: “
Ўзбекистон
” 
НМИУ
, 2018. – 33 
б



781 
Qolaversa, 102-moddaning: uchinchi qismidagi “tegishli viloyat 
hokimi tomonidan” degan so’zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi 
tomonidan” degan so’zlar bilan almashtirildi; to’rtinchi qismi 
chiqarib tashlandi; beshinchi qismi to’rtinchi qism deb hisoblandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 
so’zlagan ma’ruzasida, hokimiyatning xalq saylagan vakillik 
organlari – parlament, xalq deputatlari kengashlarining mamlakatimiz 
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va ahamiyati tubdan o’zgarganligi, 
Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning vakolatlari bosqichma-bosqich 
kengaytirilib, parlament va jamoatchilik nazorati institutlari 
mustahkamlanayotganligiga alohida e’tibor qaratdi. 
Qolaversa, Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq 
deputatlari kengashlari ta’sis etilganligiga, shu vaqtgacha poytaxt 
tumanlarining fuqarolari bunday imkoniyatga ega bo’lmaganligiga, bu 
borada adolatni tiklab, Konstitutsiyamizga tegishli o’zgartirishlar 
kiritilganligi, Toshkent shahri aholisi ham endi o’z vakillari – deputatlar 
orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega 
bo’layotganligiga to’xtalib o’tdi
1
.
Ma’lumki, Respublikamiz viloyatlarida viloyat kengashlaridan 
tashqari, tuman va shahar kengashlariga ham saylovlar bo’lib o’tadi. 
Toshkent shahrida esa, 2017-yilga qadar faqat Toshkent shahri xalq 
deputatlariga saylovlar bo’lib o’tar edi. Ushbu noaniqliklarni bartaraf etish 
maqsadida ham Toshkent shahridagi tuman kengashlariga ham ilk bora 
saylovlar tashkil etildi. Bu albatta, tuman kengashining ijro hokimiyati 
faoliyati ustidan samarali vakillik nazoratini o’rnatishga imkon tug’diradi. 
Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari va ular faoliyatining huquqiy asoslarini 
mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu institutni jamiyat siyosiy, iqtisodiy 
va ma’naviy hayotining ajralmas qismiga aylantirish masalasiga muhim 
etibor berib kelinmoqda. 
1
Қаранг

Конституция
– 
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз

мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир
. //
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25 
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
.
Халқ
сўзи
, 2017 
йил

декабрь


782 
Hozirda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, turli sohalarni 
erkinlashtirish masalalari, shu jumladan o’zini o’zi boshqarish 
organlarining rolini kuchaytirishda davlatimiz tomonidan izchil islohotlar 
amalga oshirilmoqda.
2018-yil 15-oktabrdagi 

Fuqarolar yig’ini raisi(oqsoqoli) saylovi 
takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga 
o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi qonunga muvofiq, O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 105-moddasining birinchi qismidagi 
“ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” 
degan so’zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so’zlar bilan almashtirildi. 
“Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi qonunida, Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)
uch yil muddatga saylanashi belgilab qo’yildi. Negaki, amaldagi 
qonunlarga muvofiq fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)ning 2,5 yillik 
vakolat muddati ularga o’z bilim va boshqaruv qobiliyatlarini namoyon 
etishga yetarlicha imkoniyat yaratmaydi. Vakolat muddati masalasida 
yaxlit raqamning yo’qligi xalqaro tajribaga mos kelmaydi hamda 
saylovlarni har doim aniq bir vaqtda o’tkazish imkonini bermaydi. 
Ijro hokimiyati faoliyatini shakllantirishdagi Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasining vakolati va ishtirokini yanada takomillashtirish 
maqsadida, 2019-yil 5-martdagi “Hukumatni shakllantirish tartibi 
demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79, 93,98 - moddalariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
 
Shunday qilib, bugungi kungacha O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga o’ndan ortiq marotaba o’zgartish va qo’shimcha 
kiritilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish