2-§. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
konstitutsiyaviy islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish zaruriyati
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi
natijasida davlat va jamiyat hayotida muhim o’zgarishlar qilish
zaruriyati vujudga keladi. 1993-yil 28-dekabrda birinchi bor
Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimcha kiritilgan bo’lib, “O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida”gi Qonunga
314
asosan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi “150 nafar deputatdan” degan
so’zlar “deputatlardan” degan so’z bilan almashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qonunchilik
tashabbusi huquqidan foydalanib, 2000-yil 25-may kuni Oliy Majlisning
ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki
palatali parlament tizimiga o’tish va 2004-yilda bo’ladigan saylovlarda
parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi.
Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal
etishning dastlabki muhokamasi bo’lib, 2002-yil 4-aprelda “Referendum
yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari
to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun
315
qabul qilingan.
Mazkur Qonun asosida 2003-yil 24-apreldagi “O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida”gi Qonun
316
ga muvofiq Konstitutsiyaning
XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga
bag’ishlangan bo’lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament –
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
(quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag’ishlangan.Kiritilgan
o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76-moddasida
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi
314
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгаши
Ахборотномаси
, 1994
й
.
№
1, 5-
модда
.
315
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
2002
й
. 4-5-
сон
, 60-
модда
.
316
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлис
Ахборотномаси
, 2003
й
. 3-4-
сон
, 27-
модда
.
764
bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi
(quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil”
degan qoida mustahkamlandi.
Bunday hujjatning qabul qilinishi mamlakatimizda jadal isloh
etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning
keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etayotgani bilan izohlanadi.
Bunda o’tish davrining muvaffaqiyatli yakunlangani, iqtisodiy
islohotlarning barqaror amalga oshirilayotgani, buning barobarida siyosiy
munosabatlarni shunga mos ravishda shakllantirib borish, mamlakat
siyosiy tizimini takomillashtirish zarurati paydo bo’lganini ta’kidlash
lozim. Ko’ppartiyaviylik tizimining mustahkamlanishi, mamlakat
ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini rivojlantirish, jamiyat a’zolarining
siyosiy-huquqiy tafakkuri yuksalishi, milliy huquq tizimimizni
xalqaro huquq talablari darajasida takomillashtirish hamda mukammal
saylov tizimining mavjudligi professional parlamentni shakllantirish,
uni ikki palatali tizimga o’tkazish uchun xizmat qiluvchi omillar
hisoblandi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi hokimiyatni
amalga oshiruvchi parlamentning quyi – Qonunchilik palatasi muntazam
faoliyat ko’rsatuvchi professional organga aylantirildi, yuqori palata –
Senat esa hududlar manfaatlarini ifodalovchi vakillik organi sifatida
shakllantirildi.
Konstitutsiyaning O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga
bag’ishlangan XIX bobiga ham o’zgartish kiritildi. Kiritilgan
o’zgartishlarga muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan
“O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining
raisi hisoblanadi” degan qoida chiqarib tashlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga
o’tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi
diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu
moddaning 23-bandiga ko’ra esa, amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni
qabul qilish haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari O’zbekiston
Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini
765
tayinlash va amnistiya to’g’risida hujjatlarni qabul qilish bevosita
Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag’ishlangan XX bobiga
kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitutsiyaning
98-moddasida “Vazirlar Mahkamasi tarkibini O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi” degan
qoida mavjud bo’lgan bo’lsa, kiritilgan o’zgartishga ko’ra, 98-moddaning
ikkinchi qismida “Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi” degan qoida belgilandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga “O’zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi
va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning
qarorlarini imzolaydi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, O’zbekiston Respublikasi
qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi”,
6-qismiga esa “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu
Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi
vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga,
shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O’zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli” degan
qoidalar kiritildi.
Mazkur kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga “O’zbekiston Respublikasi
Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash uchun taqdim
qilish” vakolati berildi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga
ham o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi
“O’zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik
organlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida
766
yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining
18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” degan qoida
o’rniga “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar,
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha
ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr
oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Saylovlar
umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga
to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori Kengesiga,
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishincha qo’shma majlislarida mazkur deputatlar
saylanganidan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li
bilan saylanadilar” degan qoida bilan to’ldirildi.
Shuningdek, 2003-yil 23-aprelda Konstitutsiyaning 6-bo’limiga
ham o’zgartish kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
dastlabki 127-moddasi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning
uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan
qonunlar bilan kiritiladi” deb belgilangan edi.
Kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalardan so’ng mazkur moddada
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar
tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun
yoki O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi” degan
iboralar o’z ifodasini topdi.
Shuningdek,davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish,
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstitutsiya
bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini
oshirish, mamlakat Prezidenti vazifalarini aniq-ravshan belgilash
hamda huquqiy me’yorlar doirasida cheklash, shuningdek, yuqorida
767
ko’rsatib o’tilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini
kuchaytirish maqsadida 2007-yil 11-aprelda “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining
15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish
to’g’risida”gi Qonun
317
qabul qilindi.
Mazkur Qonun 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirdi.
Kiritilgantuzatishlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 89-moddasi “O’zbekiston Respublikasining
Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”
degan tahrirda, 93-moddasining 15-bandi “viloyatlar hokimlarini hamda
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi” degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi
“Viloyat va Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan
ozod etiladi” degan tahrirda bayon etildi.
2008-yil 25-dekabrdagi “Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari
takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun
318
bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining
birinchi qismi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik
asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga o’zgartish
kiritildi. Ushbu Qonun 2009-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan. Unga
ko’ra mazkur moddaning birinchi qismi “O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir
yuz ellik deputatdan iborat”, degan tahrirda bayon etildi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010-yil
12-noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”nomli ma’ruzalarida O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o’zgartishlar
317
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2007
й
. 4-
сон
, 162-
модда
.
318
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2008
й
. 52-
сон
, 510-
модда
.
768
kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o’rin olgan. Mamlakatimiz
rahbari tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan
mazkur takliflar 2011-yil 18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)”gi Qonun
319
da o’z
ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining
uchta subyekti: davlat boshlig’i – Prezident, qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada
mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini
kuchaytirishdan iborat.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi
birinchi qismining 15-bandiga qo’shimcha kiritilgan bo’lib, unga
ko’ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish
va muhokama qilish huquqiberilmoqda. Mazkur yangilik
mamlakatimiz parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish orqalidavlat
hokimiyati tizimida o’zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash
prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta’minlashda muhim
o’rin tutadi. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan
parlament nazoratini amalga oshirish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
Mazkur o’zgartish kiritilishi orqali O’zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb
masalalari yuzasidan hisobotini eshitishdan iborat parlament tinglovi
institutining milliy qonunchilik negizi yaratilishi ta’minlanadi. Bu bilan
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotning ba’zi strategik
masalalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
hisobotlarini tinglash singari muhim parlament nazoratining institutlaridan
foydalanish u yoki bu sohadagi mavjud muammolarni o’z vaqtida
aniqlashga, bu muammolarni hal qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar
belgilash va qabul qilishga yordam beradi.
319
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
палаталарининг
Ахборотномаси
, 2011
й
. 4-
сон
, 100-
модда
.
769
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga
kirtilgan normaga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston
Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to’g’risidagi Farmonini
tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz
93-moddasining 12-bandidagi “O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori va” degan so’zlardan keyin “uning o’rinbosarlari” degan
so’zlar chiqarilib, ularning o’rniga “Hisob palatasi raisini” degan so’zlar
bilan to’ldirildi. Asosiy Qonunimizning ushbu moddalariga kiritilgan
o’zgartishlar mamlakatni modernizatsiya qilish va demokratik
islohotlarni yanada rivojlantirishning mustahkam qonunchilik negizini
yaratishda o’ta muhimdir. Bugungi kunda Hisob palatasi raisining
o’z lavozimiga ega bo’lish tartibining qonunchilikda o’z ifodasini
topmaganligi yuzasidan uning qonunchilik asoslari yaratilyapti.
Shuningdek, davlat hokimiyati tizimida xalq hokimiyatchiligini
amalga oshirishning muhim vositasi bo’lgan oliy vakillik va qonun
chiqaruvchi organ – parlament yuqori palatasining rolini kuchaytirish
borasida muhim qadam qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan
Konstitutsiyamizning 93-moddasi 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat
devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so’zlarni chiqarish
yuzasidan kiritilgan o’zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi
kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini
ta’minlaydi”. Shu nuqtayi nazardan, Bosh vazirning Vazirlar
Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi
samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig’i bo’lgan
Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar
o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash
uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy
Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim o’zgartish O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 93-moddasining 15-bandini “viloyatlar hokimlarini hamda
Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi” degan so’zlardan oldin “O’zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan” degan so’zlar bilan
to’ldirish borasidadir. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat
boshqaruvini yanada liberallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan
770
izchil islohotlar bilan bog’liq. Zero, O’zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining huquq va vakolatlarini kengaytirish bo’yicha amalga
oshirilayotgan ishlar davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi
o’zgarishlarning muhim tarkibiy qismidir. Mazkur o’zgartish orqali
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahalliy ijro etuvchi
organ rahbari, ya’ni hokimni lavozimga tayinlashda markaziy ijro etuvchi
hokimiyat rahbari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
ishtirok etish huquqi ta’minlanadi. Binobarin, Vazirlar Mahkamasi rahbari
sifatida Bosh vazirga hokimlar faoliyati haqida batafsil ma’lumotga
ega bo’lish, ular bilan mustahkam aloqani yo’lga qo’yish, joylardagi
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid masalalarni hal qilishdagi faoliyatini tahlil
qilish imkonini beradi.
Qonundan o’rin olgan normalardan biri O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 93-moddasining 16-bandini O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
majlislarida raislik qilishga haqli” degan so’zlar bilan to’ldirishga oid.
Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig’i sifatida mamlakat Prezidentining
davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy
ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o’tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi
majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan
o’tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xo’jalik va ijtimoiy-
madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining
majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
96-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko’ra O’zbekiston
Respublikasining amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy
muddat ichida, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi
Qonunga to’liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o’tkaziladi.
Ta’kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini
bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu
moddani turlicha talqin etishga yo’l qo’ymaslik maqsadida mazkur
moddaning yangi tahriri berildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga
kiritilgan qo’shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob
beradigan yangi konstitutsiyaviy qoida joriy etildi. Unga ko’ra
771
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik
o’rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p
deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan
taklif etiladi. Ushbu qo’shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega
bo’lib, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish,
huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi
bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga mamlakat hukumatini shakllantirishning yangi
tartibi kiritilishi siyosiy partiyalarning mas’uliyatini, ularning davlat va
jamiyat ishlarini boshqarishdagi rolini oshiradi hamda mamlakat siyosiy
hayotida partiyalararo raqobatning yuqori darajaga ko’tarilishiga xizmat
qiladi.
Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim o’zgartirish O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi
bildirish huquqining berilishi bilan bog’liq. Xususan, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha,
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi o’rtasida doimiy ziddiyatlar kelib
chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining
kamida uchdan bir qismi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
nomiga rasman kiritilgan taklif bo’yicha Bosh vazirga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati
a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda
qabul qilingan hisoblanadi.Bunday holatda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo’yicha qaror qabul
qiladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Mazkur norma
davlat hokimiyati tarmoqlari o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib
taqsimlanishini ta’minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga
molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada
kuchaytiradi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat
hokimiyati organlari tizimidagi o’rnini ancha oshiradi.
772
2011-yil 12-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to’g’risida”gi
Qonun
320
bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati etti yildan besh yilga
qisqartirildi.
2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi
Qonunihokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish,
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi
bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari
tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini
amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar
Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun
chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat
funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek, hukumatning, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish vazifalarini ro’yobga chiqarish borasidagi mas’uliyatini
oshirish maqsadini ko’zlaydi.
Ushbu qonun asosida Konstitutsiyaga quyidagi muhim o’zgarishlar
kiritildi:
– birinchidan, Konstitutsiyasining 32-moddasining ikkinchi
jumlasiga fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
“ishtirok etishi o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat
organlarini demokratik tarzda tashkil etish,
Do'stlaringiz bilan baham: |