Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Milliy xavfsizlikning subyekti, ob’ekti hamda uni ta’minlash



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Milliy xavfsizlikning subyekti, ob’ekti hamda uni ta’minlash 
sohasidagi davlat siyosati 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq tezkor, puxta 
tayyorgarlik ko’rgan va zamonaviy qurollangan armiyani tashkil etish 
harbiy qurilishning bosh yo’nalishiga aylandi.Mintaqamizdagi tez sur’atlar 
bilan o’zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib 
chiqqan holda, armiyani isloh qilish bo’yicha yangi prinsiplar negizida 
Qurolli Kuchlarni barpo etish va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka 
tahdid soladigan real xavf-xatarlarni nazarda tutadigan uzoq muddatga 
mo’ljallangan dastur shakllantirildi.
Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz 
tashkiliy jihatdan yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo’ldi, qisqa muddatda 
harbiy okruglar, chegaraviy mintaqalar tashkil etildi, Qurolli Kuchlarni 
boshqarishning butun tizimi, birlashma va qismlarning tarkibi hamda 
2
И
.
А
.
Каримов

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
.6.-
Тошкент
.: ”
Ўзбекистон
”, 1998.-
Б
.37. 
3
Ш
.
М
.
Мирзиёев
Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб

янги
босқичга
кўтарамиз
. “
Халқимиз
биздан
қонун
ва
адолат
усуворлигини
амалда
таъминлашни
кутмоқда
” – 
Прокуратура
ходимлари
ва
фахрийлари
билан
учрашувдаги
маъруза
. 2017 
йил

январь
. 207 
б



727 
joylashuvi qayta ko’rib chiqildi, qo’shinlarning moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, ularni zamonaviy qurol-yarog’ va texnika bilan ta’minlash 
bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi
1

Milliy xavfsizlik subyekti, ob’ekti va bu boradagi siyosat. Mamlakat 
xavfsizligini ta’minlash davlatning bosh vazifalaridan biri bo’lib, aynan 
shu soha uning qonunchilik asoslarini yaratadi, moddiy-moliyaviy va 
kadrlar resursi safarbarligini, zarur boshqaruv mahkamasini, maxsus 
xizmatlarni, Qurolli Kuchlarni tashkil qiladi va ta’minlaydi. 
Xavfsizlikni ta’minlash mamlakatni rivojlantirishning muhim sharti, 
xalqaro munosabatlar sohasida, milliy manfaatlar va ustuvor vazifalarni 
belgilashda davlat siyosatining tarkibiy qismi va mezoni hisoblanadi. 
Ushbu sohada davlat siyosati quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: 
tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda milliy manfaatlarni himoyalash 
strategiyasini aniqlash; O’zbekiston Respublikasining hayotiy muhim 
manfaatlariga tahdidlarni aniqlash, baholash, tahlil etish va bu tahdidlarga 
qarshi kurash; milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish uchun zarur 
bo’lgan mexanizmlar, tezkor tadbirlar va resurslar bilan ta’minlash; shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish kafolatlari tizimini 
kengaytirish; milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini va tegishli qonunchilik 
bazasini takomillashtirish. 
Milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat
va butun dunyodagi vaziyatning, Konstitutsiyada belgilangan, hozirgi 
davrning alohida xususiyatlari, jug’rofiy-siyosiy omillarning, Markaziy 
Osiyodagi vaziyatning va tashqi siyosatdagi xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan prinsiplari va normalaridan kelib chiquvchi ustuvor 
vazifalarning chuqur va har tomonlama tahlilini hisobga olgan holda 
quriladi. 
Hayotiy muhim milliy manfaatlarni turli ko’rinishdagi ichki va tashqi 
tahdidlardan kafolatli himoya etish milliy xavfsizlikning mazmun-
mohiyati hisoblanadi.Milliy xavfsizlikning ob’ekti quyidagilardan 
iborat:inson - uning huquq va erkinliklari;jamiyat – uning ma’naviy va 
moddiy boyliklari;davlat – uning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va 
hududiy yaxlitligi. 
Inson, milliy xavfsizlik ob’ekti sifatida eng yuksak qadriyatdir. Shu 
boisdan uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati har doim birinchi 
1
Каримов
И

А

Ўзбекистоннинг
16 
йиллик
мустақил
тараққиёт
йўли

Тошкент
.: “
Ўзбекистон
”, 
2007. –
Б
. 21. 


728 
o’ringa qo’yiladi. Aslini olganda ham, shaxsning xavfsizligi va manfaatlari 
shu yo’nalishdagi davlat siyosatini tushunishda hal qiluvchi 
mezondir. Jamiyat va davlat tomonidan olib borilayotgan faoliyatning 
ta’sirchanligi shaxs hayotining daxlsizligi va xavfsizligi davlat tomonidan 
qay darajada ta’minlanishi orqali ayon bo’ladi. 
Jamiyat xavfsizligi yoki “ijtimoiy xavfsizlik”ni milliy 
xavfsizlikdan ayri holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu – uning tarkibiy 
qismidir. Jamiyat xavfsizligiga tahdid ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy 
turmush tarziga, ma’naviy negizlarga va madaniy-moddiy qadriyatlarga, 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga, boshqaruv tartibiga, jamoat 
tartibi va boshqalarga iqtisodiy, ekologik, harbiy zarar yetkazadi. 
Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy, huquqiy, diniy va boshqa 
turdagi munosabatlar tizimidan iborat jamiyatga tahdid qilish milliy 
xavfsizlik asoslariga qilingan tahdiddir. Masalan, millatlararo, 
konfessiyalararo munosabatlarga va fuqarolar totuvligiga raxna solinganda 
jamiyat taraqqiyotini uzoq muddat orqaga surib yuborishi yoki milliy 
davlatchilikni barbod qilishi mumkin. Demokratiya, fuqarolik jamiyati 
asoslari, ma’naviy qadriyatlar, oila, aholining salomatligini muhofaza 
qilish, shuningdek, jamiyatning davlat ustidan nazorati samarali usullarini 
shakllantirish milliy xavfsizlikni ta’minlashning zarur shartlaridir.
Davlat milliy xavfsizlik ob’ekti sifatida millatning bir butunligi va 
barqarorligini ta’minlashni muqarrar zaruriyat, deb biladi. Chunki davlat 
insonning huquqlari va erkinligini ta’minlar va kafolatlar ekan, milliy 
suverenitet davlat timsolida namoyon bo’lishi boisidanoq davlatning o’zi 
alohida bir qadriyat bo’lib qoladi. 
Shu ma’noda, milliy xavfsizlikni ta’minlash siyosati barqaror 
demokratik rivojlanish strategiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, aslida, uning 
tarkibiy qismi va ayni paytda, xuddi shu demokratik taraqqiyotni amalga 
oshirishning muhim shartiga aylanadi. U quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
-
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish; 
-
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi; 
-
millatning ma’naviy salohiyatiga tayanish; 
-
milliy manfaatlarning ustuvorligi; 
-
millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash; 
-
hududiy yaxlitlikni saqlash; 
-
xavfsizlikning bo’linmasligi; 
-
harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik; 
-
tashqi siyosatni mafkuralashtirishdan voz kechish; 
-
tashqi va ichki siyosatning birligi; 


729 
-
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
-
xalqaro shartnomalar bo’yicha zimmaga olingan majburiyatlarga 
og’ishmay rioya etish; 
-
xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki 
kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik; 
-
jamiyat turmushining barcha jabhalarida o’zgarishlarning izchilligi 
va bosqichliligi; 
-
izchil demokratlashuv, fikrlar xilma-xilligi va fuqarolarning o’zini 
o’zi boshqarishini rivojlantirish; 
-
ijtimoiy adolat va kuchli ijtimoiy siyosat; 
-
ekologik muammolarni hal etishning ustuvorligi; 
-
milliy xavfsizlikka tahdidlarning xususiyati va ko’lamiga javob 
choralarining bamavridligi va mutanosibligi. 
Milliy xavfsizlik hamisha ham chuqur idrok qilingan emas. 
“Milliy xavfsizlik” atamasi ilk marta Amerika siyosiy lug’atiga prezident 
T. Ruzvelt tomonidan 1904-yilda kiritilgan
307
. Keyinchalik mazkur 
tushunchaning mazmun doirasi asta-sekin ijtimoiy munosabatlar, 
globallashuv va integratsiya jarayonlari, shuningdek, xilma-xil 
ko’rinishdagi tahdid va tahlikalar bilan uzviy bog’liq ravishda kengayib 
bordi. Bugungi kunda mamlakat hayoti uchun xatarli bo’lgan har
qanday muammo milliy xavfsizlikka tahdidga aylanishi mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, milliy xavfsizlikni ta’minlashning
asosiy yo’nalishlari milliy manfaatlar ustuvorligi, real hamda potensial 
tahdid va tahlikalar bilan bevosita bog’liq ravishda belgilanadi. Mazkur 
yo’nalishlar sohalarga bo’linadi va quyidagicha nomlanadi: 
-
siyosiy xavfsizlik, u ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya’ni ichki 
siyosiy va tashqi siyosiy xavfsizlik tarzida bo’linadi; 
-
iqtisodiy xavfsizlik, bu ham ichki va tashqi jihatlarga qarab, ya’ni 
ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy xavfsizlik tarzida bo’linadi; 
-
ijtimoiy xavfsizlik; 
-
gumanitar xavfsizlik; 
-
harbiy xavfsizlik; 
-
ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot xavfsizligi; 
-
ekologik xavfsizlik. 
307
Қаранг

А
.
И
.
Васильев

В
.
П
.
Сальников

С
.
В
.
Степашин

Национальная
безопасность
России

конституционное
обеспечение
. – 
СПБ
., 1999. 
С
.15 


730 
Milliy xavfsizlikni ta’minlashning qonunchilik va nazariy-metodologik 
asoslari to’g’risida so’z yuritilar ekan, kontseptual va dasturiy hujjatlar 
xususida ham to’xtalib o’tmaslik mumkin emas. Ular, garchi 
to’g’ridan-to’g’ri normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kiritilmasa-da, 
qonunlar yoki Prezident Farmonlari bilan tasdiqlanadi va shu tarzda 
huquqiy kuchga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, Mudofaa doktrinasi yoki Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 10-yanvardagi Xavfsizlik Kengashi 
majlisidagi “Qurolli Kuchlarimiz – mamlakatimiz barqarorligi va 
taraqqiyotining mustahkam kafolatidir” BOBsidagi nutqida xavfsizlikni 
ta’minlash sohasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish 
shular jumlasiga kiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish