1-§. O’zbekiston Respublikasi mudofaa va xavfsizligining ahamiyati
Milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonini tartibga solish turli
tarmoqlar va institutlarga taalluqli bir turkum huquqiy normalar orqali
amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan milliy xavfsizlikni ta’minlashning
huquqiy asoslarining yaxlit tizimini hamda uning tarkibidagi maxsus
tarmoqlar va tegishli institutlarning rivojlanish jarayonlarini tahlil
qilish maqsadga muvofiq ko’rinadi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuining vujudga kelishi
jarayonini nazariy jihatdan chuqur idrok etish milliy huquq va qonunchilik
tizimini shakllantirishning dolzarb masalasi hisoblanadi. Boshqa
tomondan olib qaraganda, mazkur sohaga daxldor qonunchilikning ilmiy
tahlili huquq tizimi to’la va aniq namoyon bo’lishida nazariy-metodologik
asos vazifasini o’taydi.
Bugungi dunyoda jadal o’zgarib borayotgan vaziyat va jarayonlar,
mavjud mojarolarning keskinlashuvi va yangi qarama-qarshiliklarning
paydo bo’lishi, ba’zi mintaqalarda etnik va konfessiyalararo tafovutlar
negizida vujudga kelayotgan to’qnashuvlarning kuchayishi jiddiy tahdid
va xatarlarni keltirib chiqarmoqda. Yadroviy texnologiyalar va
ommaviy qirg’in qurollarining tarqalib ketish xavfi, murosasizlik,
radikalizm va ekstremizmning o’sishi, yangi keskinlik o’choqlarining
paydo bo’lishi jahon mamlakatlariga jiddiy tashvish uyg’otmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida bunday jarayonlarning barchasi jahondagi
yirik davlatlarning manfaatlari o’zaro to’qnashadigan mintaqamizning
715
xavfsizligi, barqarorligi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi
mumkinligi kundek ravshan.
Bugungi kunda milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat oldida
turgan vazifalar orasida ekstremizm va radikalizmning har qanday
ko’rinishlariga, xalqaro terrorizmga qarshi izchil kurashish uchun
butun kuchlarni safarbar etishdek o’ta muhim vazifa ham borligini alohida
aytib o’tish kerak.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab
o’tganidek, «...biz notinch zamonda, notinch bir mintaqada
yashamoqdamiz. Shu sababli, Vatanimiz himoyasini ishonchli
kafolatlayotgan, mudofaa qobiliyatimizni mustahkamlayotgan va davlat
chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan tizimli chora-tiadbirlar
kompleksini joriy etishni qat’iyat bilan davom ettirishimiz zarur»
295
.
Darhaqiqat, “Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan
murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning
xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, shu muqaddas zaminimizda
hukm surayotgan tinch-osoyishta hayotni saqlash kabi biri-biridan
mas’uliyatli va keng ko’lamli bir qator vazifalar borki, yurtimizning,
jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu
masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog’liqdir”
296
.
Davlatning
milliy
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyati
vazifalari hamda yo’nalishlari doirasi anchagina kengdir. Dunyoda
narkotrafik muammolar jiddiy tus olmoqda, yadroviy va boshqa ommaviy
qirg’in qurollarining tarqalish xavfi bartaraf etilgani yo’q. Ijtimoiy-
iqtisodiy, gumanitar, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborot tarqatish
hamda ekologik sohalarda ham ko’pgina muammolar mavjudki, ular
kuchayib, milliy xavfsizlikka tahdidga aylanishi mumkin. Mamlakatning
o’z milliy xavfsizligini ta’minlashga tayyorligi mezonlaridan biri yetarli
darajada qudratli siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatning mavjudligi
bilan bir qatorda, shunga batamom muvofiq keladigan tegishli huquqiy
bazaning takomillashib borishi hamdir. U O’zbekiston Respublikasining
eng muhim hayotiy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini mujassam
295
Ш
.
М
.
Мирзиёев
Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб
,
янги
босқичга
кўтарамиз
.
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатаси
ва
Сенатининг
қўшма
мажлисидаги
нутқ
. 2016
йил
8
сентябрь
. 11
б
.
296
И
.
А
.
Каримов
.
Жаҳон
инқирозининг
оқибатларини
енгиш
,
мамлакатимизни
модернизация
қилиш
ва
тараққий
топган
давлатлар
даражасига
кўтарилиш
сари
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2010.–
Б
.130.
716
etganligi uchun ham xavfsizlikni ta’minlashning eng asosiy
yo’nalishlaridandir.
O’zbekiston, avvalambor, mamlakatimiz tashqi siyosatida bosh
qadriyat va tamoyil bo’lgan o’zining uzoq muddatli milliy manfaatlarini
ko’zlagan holda:
– turli harbiy-siyosiy blok va alyanslardan uzoq bo’lishi haqida;
– o’zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo’yicha
qat’iy pozitsiyaga ega bo’lishi haqida va o’z hududida xorijiy
davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo’l qo’ymasligi haqida;
– ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqidagi
prinsiplarini aniq-ravshan bayon etadi
297
.
Mabodo mintaqaviy yoki global xavfsizlikning huquqiy negizlari,
asosan, xalqaro taomil va odatlar, ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama
shartnomalar, bitimlar hamda shu kabi boshqa hujjatlarning natijalari
asosida qaror topadigan bo’lsa, milliy xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy
asoslarini milliy qonun hujjatlari negizida shakllantiriladi (lekin bu
qonun hujjatlari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va
normalariga zid bo’lmasligi, ayrim hollarda esa umuman ularga
asoslangan bo’lishi lozim).O’zbekiston Respublikasining milliy
xavfsizlikni ta’minlashga doir qonun hujjatlari tizimi bugungi kunda
murakkab tuzilma sifatida shakllanmoqda va u huquqiy normalarning
tarmoqlararo majmuiga aylanmoqda. Bir tomondan, bu o’rinda gap
harbiy, ekologik, gumanitar, jinoyat qonunchiligi singari mustaqil
tarmoqlarning va har biri o’z sohasida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq
munosabatlar tizimini boshqaradigan boshqa tarmoqlarning rivojlanib
borishi ustida bormoqda.
Ikkinchi tomondan, terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga,
giyohvandlik moddalarini tarqatishga qarshi kurash olib boradigan tarmoq
va tarmoqlararo tashkilotlar, siyosiy, iqtisodiy, oziq-ovqat, texnologik va
axborot xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek, aholi sog’lig’igagina
emas, balki bir vaqtning o’zida iqtisodiyotga, jamiyatning ma’naviy
asoslariga o’nglab bo’lmas darajada zarar etkazib, millatning
jismoniy sog’-omonligini xatar ostida qoldiradigan bir qator yuqumli
kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bilan
shug’ullanadigan sohalar ham nazarda tutilmoqda.
Zotan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
297
Халқ
сўзи
. 2012
йил
, 8
декабрь
.
717
ta’kidlaganidek, “O’zbekiston bugungi kunda o’zining tashqi siyosatida
Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu – har
tomonlama chuqur o’ylab tanlangan yo’ldir. Markaziy Osiyoning qoq
markazida joylashgan O’zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil
taraqqiyot va yaxshi qo’shnichilik hududiga aylanishidan bevosita
manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan
Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir.
O’zbekiston o’zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo’shnichilikni
mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir”
298
.
Do'stlaringiz bilan baham: |