O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi
ning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab oldik.
Strategiyaga binoan 2017-2021-yillarda boshqa sohalar qatorida harbiy
qurilish borasida ham keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirildi. Qisqa
muddatda dastlabki aniq natijalarga erishdik va yangilanayotgan
Qurolli Kuchlarimiz bo’yicha strategik yondashuvni ishlab chiqdik
299
.
O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari bevosita mudofaa
maqsadlarida tashkil qilinib, urushlar va qurolli mojarolarni bartaraf etish
hamda ularning oldini olish, O’zbekiston Respublikasining milliy
manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va aholining tinch hayotini
himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan harbiy birlashmalar,
qo’shilmalar hamda qismlarni, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalarni
o’z ichiga oladi.
Avvalambor,
Konstitutsiya
mamlakatni demokratik yo’ldan
rivojlantirishning asosiy va mustahkam negizi – xalq hokimiyati prinsipi
va tizimini kafolatlaydi hamda himoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir
manbayidir, deyilgan va yana quyidagilar ta’kidlangan:
Shuningdek, Konstitutsiyada mamlakat va fuqarolar xavfsizligini
ta’minlashga da’vat etilgan organlar tizimi ham belgilab beriladi.
Mamlakat va fuqarolar xavfsizligini u yoki bu jihatdan ta’minlashga
da’vat etilgan organlar tizimini, xavfsizlik mezonlarini va boshqa
299
Президентимиз
Шавкат
Мирзиёевнинг
Хавфсизлик
Кенгаши
мажлисидаги
“
Қуролли
Кучларимиз
–
мамлакатимиз
барқарорлиги
ва
тараққиётининг
мустаҳкам
кафолатидир
”
мавзусидаги
нутқи
.
Халқ
сўзи
. 2018
йил
10
январь
.
719
masalalarni belgilar ekan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
milliy xavfsizlik tushunchasini aniq belgilash uchun zarur bo’lgan
asoslarni ham yaratadi.
“O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini
ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida
qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga
oshiriladi.Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat
hokimiyati vakolatlarini o’zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini
to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muqobil
tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan
javobgarlikka tortishga asos bo’ladi”. Shunga mos tarzda
jamiyatimizning siyosiy tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari ham ushbu konstitutsiyaviy prinsipdan kelib chiqqan holda
yaratiladi.
Jamoat
birlashmalariga
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
ro’yxatdan o’tish tartib-tamoyilini majburiy qilib qo’yuvchi norma ham
shundan kelib chiqadi. Davlat faoliyatida siyosiy fikrlar xilma-xilligini,
demokratik huquqlar va erkinliklarni, inson va jamiyat manfaatlarini
himoya qilishga, ijtimoiy adolat va qonuniylikni, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, millatlararo totuvlik va hokazolarni ta’minlashga qaratilgan
konstitutsiyaviy prinsiplar hamda normalarning barchasi siyosiy
xavfsizlikni ta’minlash institutini tashkil etadi.
Masalan, Asosiy Qonunning 12-moddasida siyosiy fikrlar
xilma-xilligi kafolatlanadi va unda: “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy
hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi
mumkin emas”, deb ta’kidlangan. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va siyosiy
tizimning izchil rivojlanishini ta’minlash Konstitutsiyaning eng asosiy
vazifalaridan biridir. Yo’l qo’yib bo’lmaydigan hodisalarning mohiyatini
ifodalar ekan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar
amal qilishlari lozim bo’lgan xavfsizlik mezonlarini belgilab beradi.
Masalan, Konstitutsiyaning 57-moddasida: “Konstitutsiyaviy
tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi,
respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning
sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek,
harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy
720
Do'stlaringiz bilan baham: |