Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Barcha sudlarda ishlarning oshkora ko’rilishi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4. Barcha sudlarda ishlarning oshkora ko’rilishi. 
O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida va “Sudlar to’g’risida”gi 
Qonunning 7-moddasida hamma sudlarda ishlar ochiq ko’rilishi, ishlarni 
yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yilishi 
belgilangan. 
Sud ishlarining oshkora ya’ni ishdan bevosita manfaatdor bo’lmagan 
jamoatchilik uchun ochiq tarzda amalga oshirilishi sud prosessida biror 
ishtirokchi huquq yoki qonuniy manfaatining yashirin tarzda buzilishining 
oldini olish, sud jarayoni ustidan jamoatchilik kuzatuvini ta’minlash uchun 
joriy qilingan qoidadir.
Huquq ilmida ishi ko’rilayotgan shaxsning ishini sudda ochiq yoki 
yopiq tarzda yuritilishi eng avvalo, ushbu shaxsning subektiv huquqidir. 
Xalqaro huquqiy hujjatlarda 
sudda ishning oshkora ko’rilishiga bo’lgan 
huquq har bir insonning huquqi ekanligi e’tirof etilgan. 
Masalan

Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida, Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 14-moddasida hamda 
O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro huquqning boshqa 
hujjatlarida aynan ochiq sudovga bo’lgan huquq bayon qilingan. 
O’zbekiston Respublikasi turli xil ishlarni yuritish tartibini 
belgilovchi protsessul huquq normalarida ko’riladigan ishlarning mazmun 
mohiyatidan kelib chiqib, ish yuritishning oshkoraligi belgilangan. 
JPK 19-moddasi mazmuniga ko’ra, davlat sirlarini qo’riqlash 
manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek, jinsiy jinoyatlar 
to’g’risidagi ishlar ko’rilayotgan hollar yopiq sud majlisida ko’rilishi
shart. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning jinoyatlari to’g’risidagi 
ishlar, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni 
yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni 
oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki 
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek, ular oila 
a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo 
etilgan hollarda boshqa ishlar ish holatidan kelib chiqib, yopiq tarzda 
yuritilishi mumkin. 


620 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 
13-moddasida ham ma’muriy sud majlisida davlat sirini yoki qonun bilan 
qo’riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo’lgan taqdirda, ishni yopiq 
sud majlisida eshitishga yo’l qo’yilishi belgilangan. 
IPKning 11-moddasiga ko’ra, iqtisodiy ishda davlat sirini, tijorat 
sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo’lgan 
taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo’l qo’yiladi 
FPK 12-moddasiga ko’ra, fuqarolik ishida davlat siriga, farzandlikka 
olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo’lsa, shuningdek, qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud 
majlisida o’tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti 
to’g’risidagi ma’lumotlar oshkor bo’lishining oldini olish, yozishmalar 
sirini va qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida 
yopiq sud muhokamasi o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. 
Ishlarning yopiq tarzda yuritilishidan ko’zlangan yana bir maqsad, 
ishi ko’rilayotgan shaxsning ishlarni yopiq tarzda yuritilishi 
xohlash-xohlamasligidan qat’i nazar sudda keltirilgan ma’lumotlarning 
oshkor etilishidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning oldini olish 
hisoblanadi. Nafaqat yuqorida ko’rilgan normalarda, boshqa huquq 
normalarida ham ayrim masalalarning yopiq tarzda ko’rilishi qayd etilgan. 
Masalan, JPKning tegishli normalariga ko’ra, ishni sudga qadar yuritish 
bosqichda qamoq, o’y qamog’i, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish 
to’g’risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki 
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo’lishi muddatini uzaytirish 
to’g’risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf 
jo’natmalarini xatlash to’g’risidagi iltimosnomalar yopiq sud majlislarida 
ko’riladi. Yoki bo’lmasa, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik
va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi qonunning 
30-moddasida voyaga etmaganni ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya 
muassasasiga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnoma sudda yopiq 
tarzda muhokama qilinishi belgilangan.
Sudda ishlarning yopiq yoki ochiq tarzda yuritilishining asosiy 
farqlari shundan iboratki, ishlar yopiq sud maslislarida ko’rilganida 
protsess ishtirokchilaridan tashqari boshqa shaxslarning, aytaylik, OAV 
vakillari, kuzatuvchi jamoatchilik vakillari, ilmiy tadqiqot yoki o’quv, 
o’rganuv faoliyati bilan shug’ullanadiganlar ishtirok etmaydilar. Yopiq 
tarzda yuriitlayotgan sud jarayonlari video konferens aloqa vositalarini 
olib borilmaydi. Davlat sirlariga, shuningdek, harbiy sirlarga taalluqli 
ma’lumotlar ko’rib chiqiladigan sud ishlari ishni ko’ruvchi sudyadan 


621 
ushbu ma’lumot bilan tanishi huquqining mavjudligi va maxfiylik
tartibiga rioya qilish talab qilinadi. Dalat sirlariga, shuningdek, 
harbiy sirlarga ta’luqli ma’lumotlar ko’rib chiqiladigan jinoyat 
ishlaridagumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va ularning 
himoyachilaridan tashqari, ishtirok etuvchi barcha fuqarolardan 
(jabrlanuvchi,guvoh, tarjimon, ekspert, mutaxasis, xolis va h.k.) 
ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to’g’risida majburiyat yuklatilgani 
haqida tilxat olinadi. 
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi 
ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko’rsatmagan tarzda 
sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud 
majlislarida ko’rilgan ishlar bo’yicha sud qarorlari mustasno. 
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur 
hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat 
birlashmalarini va jamoalarni bo’lajak protsesslar to’g’risida xabardor 
qilishi, shuningdek, protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, 
tashkilotlarda, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida hamda 
ta’lim muassasalarida o’tkazishi mumkin. 
Oxirgi paytlarda davlat organlari va mansabdor shaxslar qatori 
sudlarning faotiyatida shaffoflikka erishish va ularning xalq bilan 
muloqotini rivojlantirishga e’tibor qilinmoqda. 2017-2021-yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasida Sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan 
fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish 
vazifsi qo’yilgan edi. O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 
23-iyuldagi O’RQ-486-sonli “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining 
faoliyati takomillashtirilishi munosabatibilan O’zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritish to’g’risida”gi Qonuni bilan quyi sud raislari zimmasiga bir
oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini 
tashkil etish, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati to’g’risida 
ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borish vazifasi yuklatildi. 
Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko’rilishi prinsipining siyosiy va 
amaliy ahamiyati juda katta. Sudlarda ishlarning oshkora ko’rilishi 
fuqarolarni qonunlarni hurmat qilish va qonunbuzarliklarga toqat qilmaslik 
ruhida tarbiyalash vazifasini ta’sirchan va kengroq bajarishga hamda sud 
organlarining faoliyati ustidan xalqning doimiy nazoratini o’rnatishga 
imkon yaratadi. 


622 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish