Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-yil 6-mayda qabul qilingan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

1993-yil 6-mayda qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi 
Qonun 
qabul qilindi. Bu o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibini 
belgilaydigan birinchi maxsus qonun edi. Bundan tashqari, mazkur qonun 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining huquqiy 
tushunchasi, faoliyatining asosiy qoidalarini, Konstitutsiyaviy sud 
sudyalarining maqomini, Konstitutsiyaviy sudining faoliyatini tashkil etish 
va uning faoliyatiga doir boshqa masalalarni belgilab berdi. 
Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohoti doirasida 1995-yil 
30-avgustda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi 
to’g’risida”gi yangi tahrida Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 
ilgarigisidan farqli ravishda konstitutsiyaviy sud faoliyatining prinsiplari 
alohida belgilandi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sodiqlik, 
mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik va sudyalar huquqlarining tengligi); 
ilgari Konstitutsiyaviy sudda ko’rib chiqish uchun masalalar kiritish 
huquqiga ega deputatlar guruhi Oliy majlisning 50 nafar deputatidan 
iborat bo’lsa, ushbu qonun bilan ularning miqdori Oliy Majlis deputatlari 
umumiy tarkibining kamida to’rtdan bir qismidan iborat bo’lishi 
belgalandi*; Konstitutsiyaviy sudda tegishli material olingan paytdan 
boshlab ko’rib chiqilayotgan masala yuzasidan qaror qabul qilish muddati 
olti oydan uch oyga qisqartirildi; Konstitutsiyaviy sudning faoliyat 
ko’rsatishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaviy sud devoni tuzilishi
hamda konstitutsiyaviy sud sudyasining moddiy va ijtimoiy ta’minoti aniq 
tarzda belgilandi. 
*
Ўша
пайтда
уч
босқичда
(1994 
йил
25 
декабрда
, 1995 
йил

ва
22 
январда

бўлиб
ўтган
сайлов
якунларига
биноан
245 
нафар
депутатдан
иборат
таркибдаги
кўппартиявийлик
асосида
парламент
шакллантирилган
эди



632 
Oxirgi yillarda O’zbekiston davlat boshqaruvi va huquqida yuz 
berayotgan o’zgarishlar xususan, 2017-2021-yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq sud-huquq sohasida amalga 
oshirilayotgan tub islohotlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatini 
takomillashtirishni taqozo qildi.
O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O’RQ-431-sonli 
«O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida»gi 
Konstitutsiyaviy Qonuni konstitutsiyaviy sud maqomini, uning jamiyat 
hayotidagi o’rnining muhimligini ko’rsatib berdi. Ushbu qonun 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini tartibga 
soluvchi uchinchi maxsus qonun hisoblanibgina qolmasdan, ilgari 
qonunlardan o’zining konstitutsiyaviy qonun degan maqomi bilan 
farqlanadi. 
Mazkur konstitutsiyaviy qonun bilan konstitutsiya sud faoliyatiga oid 
quyidagi o’zgarishlar ro’y berdi: 
- konstitutsiyaviy sudning vakolatlari kengaytirilib, uni shakllantirish 
tartibi yanada demokratlashtirildi; 
- shuningdek, unda Konstitutsiyaning ustunligi, taraflarning 
tortishuvi va teng huquqliligi kabi yangi prinsiplar o’z ifodasini topdi; 
- Konstitutsiyaviy sud sudyasining sudyalik lavozimida bo’lishiga 
oid yosh talablar kuchaytirildi, Konstitutsiyaviy sud sudyasining eng 
yuqori yoshi – etmish yosh qilib belgilandi;
- Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga nomzod esa, siyosat 
va huquq sohasi mutaxassisi bo’lgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga va 
zarur malakaga ega bo’lgan, o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib 
saylanishi mumkinligi nazarda tutildi; 
- ayni bir shaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi 
etib saylanishi mumkin emasligi belgilandi; 
- Konstitutsiyaviy sud avval faqat Prezident farmonining 
Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo’lgan bo’lsa, 
endilikda konstitutsiyaviy nazorat ob’ektiga qarorlar va farmoyishlar ham 
kiritildi. 


633 
- O’zbekistonda Konstitutsiyaviy sud avval hujjat kuchga 
kirganidan keyingi nazoratni amalga oshirib kelayotgan edi. Endilikda 
konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish 
to’g’risidagi qonunlar imzolanguniga qadar dastlabki nazoratdan 
o’tkaziladi. 
- Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo’lgan 
subyektlar doirasiga o’zgartirish kiritildi. Endilikda Vazirlar Mahkamasi, 
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) ham 
bunday huquqqa ega bo’ldi; 
-Qonunda yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyaviy sud 
sudyasining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari “Sudlar 
to’g’risida”gi qonundagi umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari bilan birxillashtirildi; 
- Konstitutsiyaviy sud devoni, Konstitutsiyaviy sud huzurida 
tuziladigan ilmiy-maslahat kengashi huquqiy maqomi qonunan 
mustahkamlandi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish