Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati
eng yuqori sudlov 
instansiyasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan 
miqdorda tuziladi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi o’rinbosari va 
o’rinbosarlari O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga 
lavozim bo’yicha kiradilar. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda 
kamida bir marta o’tkaziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Rayosati a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli 
hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati: 
–ishlarni nazorat tartibida ko’radi; 
–sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi; 
–Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar 
sudlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar 
faoliyati to’g’risidagi va qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti 
to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparatining 
ishini tashkil etish masalalarini ko’rib chiqadi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari: 
–ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazo-
rat tartibida ko’radi; 
–sud amaliyotini o’rganadi va umumlashtiradi; 
–qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; 
–sud statistikasini tahlil qiladi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi

–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan 
rahbarlik qiladi; 
–sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan 
protest kiritadi; 
–sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi; 
–sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va 
qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to’xtatib turadi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi 
hamda ularning majlislarida raislik qiladi; 


647 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy 
masalalar bo’yicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish ishini tashkil etadi
–ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi; 
–Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga 
taalluqli bo’lgan masalalarni kiritadi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonun 
hujjatlariga muvofiq emasligi haqida O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; 
–qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va nor-
mativ-huquqiy hujjatlarning O’zbekiston RespublikasiningKonstitutsiya-
siga muvofiq emasligi haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudiga taqdimnomalar kiritadi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to’g’risida, 
sudlov hay’atlari hamda Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkiblari
haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar ki-
ritadi; 
–O’zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi 
haqida ish qo’zg’atadi; 
–rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnoma-
larini tuzadi va bekor qiladi; 
–O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan 
holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy 
soni doirasida o’zgartirishlar kiritadi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi; 
–buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko’rib 
chiqish ishlarini tashkil etadi; 
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o’rinbosari, rais 
o’rinbosarlari
— sudlov hay’atlarining raislari. 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha in-
stansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari us-
tidan protest kiritadi; 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tegishli sudlov hay’atlarining tash-
kiliy ishiga rahbarlik qiladi; 
–sudlov hay’atlarining faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumiga ma’ruzalarni taqdim etadi; 


648 
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining majlislarida 
raislik qilishi mumkin; 
–sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi; 
–sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish 
bo’yicha ishni tashkil etadi; 
–sudlar tomonidan chiqarilgan, o’zlari protest kiritishga haqli bo’lgan 
hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini to’xtatib turadi; 
–sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini
tashkil etadi; 
–vazifalar taqsimotiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining tarkibiy bo’linmalari ishiga rahbarlik qiladi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo’qligida uning vakolatlarini 
raisning birinchi o’rinbosari, birinchi o’rinbosar ham yo’qligida esa rais 
o’rinbosarlaridan biri amalga oshiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish