Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ hisoblanadi va



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ hisoblanadi va 
besh yil muddatga saylanadi.
“O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 
2-moddasiga binoan, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risidagi 
ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatuvchi sud 
hokimiyati organidir. 
Konstitutsiyaviy sud O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya
etgan shaxslar orasidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining vakilini 
qo’shgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari umumiy so-
nining ko’pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy sud rais va uning o’rinbosarini qo’shgan holda Kon-
stitutsiyaviy sudning etti nafar sudyasidan iborat bo’ladi. 


634 
Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o’rinbosari Konstitutsiyaviy sud 
majlisida uning sudyalari orasidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati – besh yil.
Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplariKonstitutsiyaning 
ustunligi, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik, taraflarning tortishuvi va 
teng huquqliligi hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning ustunligi.Konstitutsiyaviy sud o’z faoliyatida 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun 
chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson 
huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy 
prinsipning va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa 
normalarining ro’yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir. 
Konstitutsiyaviy sud faqat O’zbekiston Respublikasining Konstitut-
siyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi. 
Konstitutsiyaviy sudning mustaqilligi. Konstitutsiyaviy sud hamda 
uning sudyalari o’z faoliyatida mustaqildir va faqat O’zbekiston Respu-
blikasining Konstitutsiyasiga bo’ysunadi. 
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari hujjat qabul qilar ekan, amaliy 
maqsadga muvofiqlik mulohazalari, siyosiy moyilligidan va boshqa
tashqi ta’sirlardan xoli bo’lgan o’z huquqiy nuqtayi nazarini ifodalaydi.
Konstitutsiyaviy sudning faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi 
va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. 
Kollegiallik
. Konstitutsiyaviy sudda ishlarni ko’rib chiqish va hujjat 
qabul qilish kamida to’rt nafar sudyadan iborat tarkibda kollegial 
tarzda amalga oshiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish