Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Sud himoyasida bo’lish huquqini ta’minlash



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6. Sud himoyasida bo’lish huquqini ta’minlash. 
Mazkur prinsip
halqaro huquq normalaridan kelib chiqqan. Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasining 8-moddasida har bir insonning unga konstitutsiya
yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli 
milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga 
egaligi mustahkamlangan. Bu huquq esa, O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o’z huquq va 
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor 
shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan 
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb mustahkamlab qo’yilgan. 
Dunyo tarixida sudlarning tashkil etilishidan nizolarni hal qilish 
hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash ko’zlangan. Odatda, sudlar 
davlat organi hisoblangan. Hakamlik sudlari, arbitrajlar, mediatorlar 
ishtirokidagi nizolar hal qilish institutlari sudlarning keyingi rivojlanish 
davrida shakllangan. Deyarli butun dunyo amaliyoti xususan 
O’zbekistonda har qanday shaxs, fuqarolik mansubligidan va boshqa 


624 
xususiyatlaridan qat’i nazar, shuningdek, har qanday yuridik shaxs,
mulkchiligidan qat’iy nazar davlat sudlariga murojaat qilishlari mumkin. 
Bu qoida O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g’risida”gi Qonunining
9-moddasida ham mustahkamlangan bo’lib, unga asosan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan 
shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning 
har qanday g’ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek, 
hayoti va sog’lig’i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va 
mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida 
bo’lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud 
himoyasida bo’lish huquqiga egadir. 
Hozirda yurtimizda sud-huquq sohasida islohotlarda ham aynan 
sudlarning inson huquqlarini himoya qilish vazifasiga alohida e’tibor 
berilmoqda. 2017-yil 13-iyun kuni bo’lib o’tgan Sud organlari tizimida 
odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va 
istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida asosiy 
maqsadimiz, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga 
bo’lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat 
qo’rg’oni”ga aylantirishdan iboratdir
260
. Demak, bundan shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, barcha sudning himoyasida bo’lishi mumkin ekan.
Sudga shikoyat qilishda shaxs unga nisbatan sodir etiladigan har 
qanday tajovuzdan himoyalanish maqsadida yoki huquqlarni buzgan deb 
hisoblagan har qanday vaziyatda sudga murojaat qilish huquqiga ega. 
Sudga shikoyat qilishda boshqa birovning xulosasisiz, tushuntirishisiz
yoki ko’rsatmasisiz, shaxsning o’z huquqlarini buzilganligi yoki unga 
tajovuz qilinganligi xususidagi asosli fikri kifoya. 
O’zbekiston Respublikasida davlat organlari faoliyati to’g’ri tashkil 
qilish va fuqarolarning huquqlarini davlat mansabdor shaxslari tomonidan 
buzilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va 
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi Qonunining 
1-moddasida har bir fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlari yoki mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlari 
260
http://prezident.uz/uz/lists/view/645; http://www.uza.uz/oz/politics/onun-va-adolat-ustuvorligini-
taminlash-barcha-ezgu-ma-sadlar-13-06-2017 (2018 
йил
18 
снтябрь
ҳолатида



625 
(qarorlari) bilan o’z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, 
shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga egaligi belgilangan. 
O’zbekiston Respubilkasi huquqiy tizimida ishlar sudlar o’rtasida 
taqsimlangan. (Keyingi paragrafimizda bu haqida to’laroq ma’lumot 
beramiz) Shundan kelib chiqib, tegishli buzilgan huquqni tiklash 
vakolatiga ega sudga murojaat qilishini lozim bo’ladi.
Ma’muriy va iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga 
ularga tegishli masala bo’yicha (nizo yuzasidan) murojaat qilish 
mumkinligi tegishli, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi 
kodeksning 4-moddasida, IPKning 3-moddasida va FPKning 3-moddasida 
nazarda tutilgan. Faqat umumiy talab, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibga rioya qilish lozim.
Faqat jinoyat ishlari bo’yicha sudlarga murojaat qilish bir oz farqli 
xususiyatlarga ega. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun 
hujjatlariga ko’ra, jinoyat ishlari bo’yicha ayblilik masalasi sud tomonidan 
hal qilinishiga yordam berish maqsadida sudga qadar ish yuritish bosqichi 
joriy qilingan bo’lib, ushbu bosqichda tergovga qadar tekshiruvni amalga 
oshiruvchi organlar, surishtiruv va tergov organlari va prokurorlar faoliyat 
yuritadilar. Odatda ushbu organlar ish yurituvidagi holatlar yuzasidan 
mazkur organlar bo’ysinadigan yuqori turuvchi organlarga yoxud 
prokurorga shikoyat qilinishi va e’tirozlar bildirilishi ularning ko’rib 
chiqilishiga asos bo’ladi. Boshqacha tarzda aytadigan bo’lsak, milliy 
qonun hujjatlarimizga ko’ra, jinoiy nizolar bo’yicha fuqarolarning 
to’g’ridan to’g’ri sudga murojaati ish yuritishga asos bo’lmaydi, 
surishtiruv va tergov organlaridan sudga oshirilgan jinoyat ishlari bo’yicha 
sud himoyasida bo’lish huquqi ta’minlanadi.
Oxirgi vaqtlarda jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish bosqichlarida 
ham sudning himoyasida bo’lish huquqini bosqichma-bosqich kiritish 
jarayoni kuzatilmoqda. Bu dastavval, huquq fanida mashhur bo’lgan 
“habeas corpus” qoidasini joriy qilish va rivojlantirish orqali amalga 
oshirilib kelinmoqda. Agar bu holatning qisqasa tarixiga nazar 
tashlaydigan bo’lsa, O’zbekistonda 2008-yil 1-yanvardan boshlab- 
qamoqqa olishga rozilik berish, 2008-yil 23-dekabrdan boshlab 
amnistiya aktiga asosan javobgarlikdan ozod qilish, 2012-yil 
19-sentabdan boshlab, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishga va 
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishga rozilik berish, 2014-yil 
5-sentabrdan boshlab, uy qamog’ini qo’llashga rozilik berish, 2017-yil
30-martdan boshlab, murdani eksgumatsiya qilishga va pochta-telegraf 


626 
jo’natmalarini xatlashga rozilik berish amalda sudlarning mutlaq 
vakolatiga o’tkazildi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish