Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

8-§.Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida milliy 
qadriyatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismi 
bo‘lgan ilm-fan, san’at va adabiyot bilan bog‘liq huquqlar alohida o‘rinni 
egallaydi. Unda belgilanishicha, har kimga ilmiy va texnikaviy ijod 
erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi, davlat 
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik 
qiladi
123

Ushbu konstitutsiyaviy norma asosida bugungi kunda 
mamlakatimizda fuqarolarni ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan 
bahramand etishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos tizim yaratildi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida o‘rnatilgan qoidalar asosida 
mamlakatimizda ta’lim olish, ilm bilan shug‘ullanish, ijod qilish 
yo‘nalishlarida muhim yutuqlarga erishildi. 
Eng avvalo, fuqarolar gazetalar, jurnallar, radio, televidenie, 
internet saytlari orqali fan, adabiyot, san’at asarlaridan bahramand 
bo‘lmoqdalar. Mamlakatimiz va xorijlik mualliflarning asarlari tinimsiz 
nashr etilmoqda. Nafaqat poytaxtimizda, balki chekka mintaqalarda ham 
teatrlar, muzeylar, kutubxonalar ishlab turganligini alohida ta’kidlash 
lozim. Konstitutsiyamiz mamlakatimizda ta’lim, ijod qilish erkinligi, 
ma’naviyat asoslarini takomillashtirishni ta’minlashda yo‘lchi yulduz 
vazifasini bajarmoqda.
Ushbu konstitutsiyaviy norma mazmunida, eng avvalo, har bir 
shaxsning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi o‘z mujassamini topgan. 
120
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 25.01.2018 
й
., 06/18/5313/06-18-
сон

1.08.2018/ 06/18/5496/ 1603-
сон
121
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 8-
сон
, 106-
модда
122
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 06.09.2018 
й
., 06/18/5538/1840-
сон
123
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018 


266 
Kishilar ilm-fan, san’at, badiiy adabiyot va ijodning boshqa sohalarida 
erkin faoliyat yuritish huquqiga ega. Ijodkor shaxslar qonunga ko‘ra 
mafkuraviy yoki siyosiy chegaralar bilan cheklab qo‘yilmagan, ya’ni 
konstitutsiyada mafkuralashtirishdan voz kechilgan bo‘lib, ijod ahliga 
so‘z, fikr, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlangan.
Ushbu normada mustahkamlangan “har kimga ilmiy va texnikaviy 
ijod erkinligi” qoidasi shaxsning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi huquqini kafolatlaydi. Har kimga 
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanishi fuqaroning o‘z istak va 
xohishidan kelib chiqib, ilmiy faoliyat turini erkin tanlashi, texnikaviy 
ijodkorlikni amalga oshirishda va ilmiy-texnik mahsulotni yaratishda 
boshqa shaxslarning tayziqidan holi bo‘lishni ta’minlaydi.
Har bir kishiga ilmiy va texnikaviy ijod qilish erkinligining 
ta’minlanganligi shaxs intellektual faoliyatining kafolati bo‘lib, 
fuqaro mazkur faoliyat turini o‘z hayotining hohlagan davrida amalga 
oshirishi mumkinligini bildiradi. Yoxud boshqacha aytganda, ilmiy-ijodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanishga nisbatan qonunda muayyan yosh tsenzi 
belgilanmaydi.
Har bir ijodkor dunyoning istalgan nuqtasidan ilmiy yoki boshqacha 
xarakterdagi ma’lumotlarni olish va ular asosida o‘z ijodiy faoliyatini 
amalga oshirish, ijod natijasida vujudga kelgan g‘oyalar va asarlarini 
mamlakatimizda yoki xorijda bayon qilish, bosib chiqarib, tarqatish 
imkoniyatlariga ega.
Ushbu normadagi “har kim” iborasi har bir jismoniy shaxsni nazarda 
tutadi va bunda jismoniy shaxsning aqli rasoligi, o‘z harakatining oqibatini 
tushuna olish yoki olmasligi, yoshi, muomala layoqatiga egaligi ahamiyat 
kasb etmaydi. Shu bilan birga, jismoniy shaxs har qanday sharoitda ham 
ijod qilish huquqiga ega hisoblanadi. Masalan, ozodlikdan mahrum etish 
jazosini o‘tash davomida shaxs she’r, hikoya, roman yozishi mumkin. 
Ushbu konstitutsiyaviy normadagi ba’zi terminlarga izoh berish 
maqsadga muvofiq. Xususan, ushbu moddada qo‘llanilgan ijod 
tushunchasi insonning sifat jihatidan yangi moddiy va ma’naviy 
qadriyatlarni yaratishga qaratilgan ruhiy va amaliy faoliyatini anglatadi. 
Inson o‘z ijodi bilan mehnat qurollarini, mehnat vositalarini, mehnat 
predmetlarini, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, o‘simlik va 
hayvonlarning yangi turlarini, transport, aloqa, axborot vositalarini va 
boshqalarni yaratadi. Inson o‘z ongli ijodiy faoliyati bilan badiiy asarlar, 
san’at asarlari, qadriyatlar, din va fanni ham yaratgan. 


267 
Ijodiy faoliyatning ilmiy, ishlab chiqarish, texnik, ixtirochilik,
badiiy, diniy va boshqa turlari mavjud. Ilmiy ijod insonning tabiat,
jamiyat va o‘z tafakkurida amal qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf 
qilish, bilib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yaratuvchilik faoliyatidir. Ishlab 
chiqarish ijodi yangi moddiy boyliklarni yaratishga qaratilgan.
Ixtirochilik ijodi–bu insonning tabiat va jamiyat qonunlarini ochish, 
bilish va o‘rganish asosida mashina, asbob-uskunalar, moslamalar, 
qurilmalar, inshootlar yaratishidir. Badiiy ijod insonning san’at va 
madaniyat sohalarida tabiat va jamiyat hodisalarini, insonning o‘zini 
nafosat qonunlari va tamoyillari asosida badiiy ifodalash faoliyatidir.
Ilmiy va texnikaviy ijod faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarda
ilm-fan alohida ahamiyat kasb etadi. Ilm-fan bizni o‘rab turgan dunyo 
to‘g‘risida obyektiv aniq bilimlarni ishlab chiqishga asos bo‘ladi. U inson 
faoliyatining alohida sohasi hisoblanib, ilmiy ijodiy va texnikaviy faoliyat 
rivojini ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini 
vujudga keltiruvchi, insonlar va muassasalarning ilmiy ijodiy yutuqlarini 
o‘z ichiga oladi.
Fan va texnikaning bir-biriga bog‘liq rivojlanish jarayoni insonga 
moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, ilmiy ijod natijalarini ishlab 
chiqarishga tadbiq etish esa mehnat samaradorligini oshirishga, mahsulot 
tannarxining arzonlashishiga, uning sifati va raqobatbardoshligini 
o‘sishiga olib keladi. 
Shuningdek, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligiga nisbatan qonun 
hujjatlarida muayyan istisnoli holatlar belgilangan va birinchi navbatda
bu holatlar xalq farovonligini va tinchligini ta’minlash, davlatning 
konstitutsiyaviy tuzumiga zid bo‘lmaslik, doimo taraqqiyotga xizmat
qilish bilan belgilanadi.
Yaratilish holatida va yaratilganlik faktiga ko‘ra ilmiy va texnikaviy 
ijod mahsuli g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilmasligi lozim. 
Ayni vaqtda ijodiy faoliyatni mutloq o‘zboshimchalik bilan o‘zi xohlagan 
tarzda amalga oshirish, g‘ayriqonuniy natijalarga erishishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Ijod erkinligini suiste’mol qilib sharm-hayosiz asarlar yaratish, 
fikrlash, so‘z va matbuot erkinligidan konstitutsiyaviy tuzumga qarshi 
maqsadda, boshqalarni badnom qilishni ko‘zlab, axborotlar izlash, olish
va tarqatish huquqidan boshqalarni shaxsiy hayot sirlari yoki davlat, 
xizmat yoki tijorat sirlarini oshkor etish uchun foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 


268 
Amaldagi qonunchilikda mualliflik huquqining buzilishi uchun aniq 
javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 
JKning 149-moddasiga ko‘ra, tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik 
huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, 
tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman 
ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning 
roziligisiz oshkor qilish – eng kam oylik ish haqining yigirma besh 
baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh 
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq 
tuzatish ishlari bilan jazolanadi
124

Fuqarolik qonunchiligida esa plagiat sodir etganga nisbatan ikkita 
chora qo‘llaniladi. Birinchisi bu “huquqni tan olish va huquq buzilishidan 
oldingi holatni tiklash”, ya’ni aslida asarning haqiqiy muallifi kim 
ekanligini e’tirof etish, zarur hollarda esa tegishlicha rasmiylashtirish, 
ikkinchisi asar muallifiga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash 
(bu choralar FKning 1040-moddasi va “Mualliflik huquqi va turdosh 
huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasi qoidalaridan kelib 
chiqadi). 
Insonning madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Madaniyat yutuqlari iborasi odatda kishiga madaniy 
zavq olish va hordiq chiqarishga mo‘ljallangan madaniy oqartuv faoliyati 
natijalarini anglatadi. Bular jumlasiga kino, teatr, muzeylar, musiqa 
asarlari, xalq og‘zaki ijodiyoti(folklor) va shu kabi madaniy meros 
obyektlarini kiritish mumkin. Madaniyat yutuqlaridan foydalanish 
qonunda belgilangan shartlar va talablar asosida barcha uchun ochiq 
hisoblanadi hamda har kimning undan foydalanishiga to‘sqinlik qilinishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat tomonidan jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy 
rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilinishiga alohida e’tibor beriladi. Avvalo, 
mamlakatimizda ushbu konstitutsiyaviy norma asosida ilmiy va texnikaviy 
ijod qilish huquqini himoya qilish kafolatlarini belgilashga qaratilgan 
qonunchilik tizimi yaratilgan. Hozirda mamlakatimizda ilmiy va 
texnikaviy ijod faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi va boshqa qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
124
Ўзбекистон
Республикасининг
Жиноят
кодекси
. –
Т
.:
Адолат
, 2017 


269 
Davlat tomonidan jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy 
rivojlanishiga g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi sifatida mamlakatimizda 
ilm-fan va san’at sohasining namoyondalariga berilayotgan e’tiborni 
ko‘rsatish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning akademiklar bilan uchrashuvi va akademiklarni 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot 
ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
125
gi PQ-2789-sonli 
qarorining qabul qilinishi, ushbu qarorda akademiklarning faoliyatini 
qadrlash va munosib taqdirlash, ular faoliyatini yoshlarga o‘rnak qilib 
ko‘rsatish hamda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash nazarda 
tutildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida”
126
gi PF-4958-sonli farmoni, Vazirlar 
Maxkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
127
gi 
304-sonli qarori ilmiy va texnikaviy ijod bilan shug‘ullanuvchi 
ilm namoyondalariga keng imkoniyatlar eshigini ochib berganligini 
ta’kidlash lozim.
Qolaversa, ilmiy va texnikaviy ijodning rivojlanishiga davlat 
g‘amxo‘rligi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
5-iyundagi PF-5068-sonli “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 
innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida”
128
gi farmonini 
ko‘rsatish mumkin. 
Davlat tomonidan jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy 
rivojlanishiga g‘amxo‘rlikning yaqqol na’munasi sifatida yana 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi
PQ-3074-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini 
125
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017, 8-
сон
, 117-
модда
, 23-
сон
, 447-
модда
, 36-
сон
, 950-
модда
126
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017, 8-
сон
, 106-
модда
127
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017, 21-
сон
, 396-
модда

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 09.11.2017
й
., 09/17/898/0234-
сон
128
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017, 23-
сон
, 446-
модда


270 
tashkil etish to‘g‘risida”
129
gi qarori qabul qilinganligi va shu qaror
asosida chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga 
oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumot bazasini 
yaratish, ana shu tarixiy eksponotlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini 
yurtimizga olib kelish vazifasining qo‘yilganligini e’tirof etish o‘rinlidir.
Mamlakatimizda ilm-fan va san’at namoyondalariga ijodlarining 
natijalariga ko‘ra ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga sazovor 
bo‘layotganliklari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston 
xalq artisti, O‘zbekiston xalq baxshisi, O‘zbekiston xalq xofizi, 
O‘zbkistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi kabi qator unvonlarning 
berilishi hamda ushbu unvonlar asosida tegishli imtiyozlarning mavjudligi 
davlat g‘amxo‘rligining yaqqol na’munasidir. 
Mamlakatimizda ijodkor shaxslar mafkuraviy yoki siyosiy chegaralar 
bilan cheklab qo‘yilmagan, ya’ni konstitutsiyada mafkuralashtirishdan
voz kechilgan bo‘lib, ijod ahliga so‘z, fikr, vijdon va e’tiqod erkinligi 
kafolatlangan. Shuningdek, Konstitutsiyamizning 67-moddasida ommaviy 
axborot vositalari faoliyatidasenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi
130
, deb 
belgilangan bo‘lib, bu ham ijod erkinligining konstitutsiyaviy kafolati 
hisoblanadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish