Antik manbalarda qadimgi xalqlarning siyosiy jarayonlari tarixi haqida



Download 303,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.07.2022
Hajmi303,99 Kb.
#824829
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduvohidov Dilshod-Vatanimiz tarixi haqida yunon-rim manbalari




 
 
Mundarija 
 
Kirish 
1.
Antik manbalarda qadimgi xalqlarning siyosiy jarayonlari tarixi haqida 
ma’lumotlar 
2. Qadimgi rim manbalarida Markaziy Osiyo hududlarining yoritilishi. 
3. Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida vatanimiz hududlarida yashagan 
qadimgi xalqlar tarixini yoritilishi. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning 
barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga 
qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining 
milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan 
markazlardan biri bo’lgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat 
paydo bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi.
O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek 
xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdan kam 
emasligini anglash imkonini berdi. Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma 
vaqt g’ayrat bilan qarab kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik 
dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. 
Tabiiyki, ular o’z tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Afsuski, 
bebaho antik yodgorliklar O’rta Osiyo adabiyotida saqlanib qolinmagan. 
So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti bilan 
arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq tarixning 
zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va hokazo 
jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham shaharlar 
bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. Bu qadimiy 
yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir. O’rta Osiyoning antik davrlariga oid 
adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi 
avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu 
boylikning qiymati pul yoki oltin bilan o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi 
uchun ham bebahodir. Axir, bu yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh
ularning qo’li tekkan. Ularda bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov, har tomonlama 
barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini 
shakllantirishda tarixning tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy 
xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir 
a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar 
ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, 
irodasini mustahkamlaydi»
1
. Gresiya bilan O’rta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy 
aloqalar mavjud bo’lgan.
Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn O’rta 
Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, O’rta Osiyo, Xitoy, 
Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha 
ilgariyoq O’rta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu 
(Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. 
Uzoq yunon o’lkasi bilan O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim 
1
Karimov I. A.Tarixiy xotirasiz kelajak yuq .T.,1998, 



zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish 
mumkin. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada 
qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib 
Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon 
fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson 
zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab, 
skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.
Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar 
kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim 
topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi 
shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz. To’g’ri, antik davrdan bizga yozma 
«guvoh» yetib kelmagan. Qadim ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning 
qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz 
avlodlar qalbini bir bebaho boylik o’ziga asir etadi. Antik dunyoning yana bir go’zal 
badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning 
ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz 
darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—
deyish mumkin.
Antik davrning so’nggi bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga 
olam-olam ma’naviy boyliklar in’om etdi. Antik dunyoning badiiy go’zalligiga asos 
solgan Homer ijodigina emas, shu bilan birga, Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan 
kabi so’z san’atkorlarining nodir adabiy durdonalari ham bitmas tuganmas badiiy 
estetik zavq manbaidir. Gesiod, Gerodot, Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni 
go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz 
uchun g’oyat qimmatlidir. Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xos 
qirralarini kuzatamiz. 




Download 303,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish