Antik manbalarda qadimgi xalqlarning siyosiy jarayonlari tarixi haqida



Download 303,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.07.2022
Hajmi303,99 Kb.
#824829
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduvohidov Dilshod-Vatanimiz tarixi haqida yunon-rim manbalari

1.
 
Antik manbalarda qadimgi xalqlarning ijtimoiy-siyosiy voqealar 
jarajonlari tarixi haqida ma’lumotlar 
Antik manbalar. Eng qadimgi tariximizni o‘ragnishda antik, ya’ni yunon va 
rim manbalarida keltirilgan ma’lumotlar muhim va nodir ma’lumotlar hisoblanadi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, antik mualliflarining birontasi O‘rta Osiyo tarixiga 
oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o‘sha zamonda «O‘rta Osiyo» degan 
jo‘g‘rofiy tushunchaning o‘zi ham yo‘q edi. Ammo yunon va rim tarixchilari 
o‘zlarining boshqa mavzularga bag‘ishlangan asarlarida yo‘l-yo‘lakay qadimgi 
O‘rta Osiyoga doir jo‘g‘rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar berganlar
1

O’zbekistan xududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, 
Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan isoblanadi. 
Lekin, uning qadimiy madaniyati haqida ma’lumotlar juda kam saqanib dolgan. Biz 
yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti 
haqida ma’lum darajada yozma ma’lumotlarga egamiz. Eron, Hindiston va ayniqsa, 
sadimgi Yunoniston va Rim manbalarida salangan ma’lumotlarga qaraganda qadim 
zamonlarda hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak, massaget va boshqa 
qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman 
dehqonchilik hamda xunarmandchilik bilan shug’ullanganlar miloddan avvalgi VI 
asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550 - 330 yillar) asoratiga 
tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqar hayotida muhim 
ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Urug’ jamoalari orasida tabakalanish boshlandi: yangidan paydo bo’lgan 
urug’ aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar,qul mehnati hamda erkin jamoa 
a’zolari zulm qilish yo’li bilan boyib bordilar. Shu tarifa jamiyatning tabaaqalanish 
jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo bo’ldi. Bu davrning o’ziga xos 
xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan 
Balx va Xorazmda otashparastlik - zardushtiylik dini paydo bo’ldi va keng tarqaldi. 
Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir axolini to’la itoatda tutib tura 
olmadilar
2
. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada 
miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib oldi. 
Sak va massagetlar ham o’z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron 
hukmdorlari bilan yurtimiz xalqlari o’rtasida uzluksiz davom etgan urushlar 
Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Aleksandr Makedonskiy 
(miloddan avvalgi 336 - 323 y) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi.
Aleksandr Makedonskiynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324 y) 
yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi: katta yer egalari bo’lmish 
mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi. Ma’lumki, Aleksandr 
Makedonskiy vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun) ma’lum vaqt (taxminan 
1
Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991. 20-b 
2
Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992. 37-b 



75 yil) o’tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketdi. 
Miloddan avvalgi taxminan 250 yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqtriyadagi 
noibi Diodot mustaqillik e’lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi.
Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan hind daryosi yuqori oqimlarigacha bo’lgan 
yerlar va xalqlar qarar edi. Xozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari ham 
mustaqillikka erishdi. Bu yerla hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urug’ining 
boshliqlari o’tqazildi. Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiyannj yonida bulgan 
janglarda Rim qo’shinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187 y) qo’shinlarini 
tormor keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol 
Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yo’l ochib berdi. Miloddan 
avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va Mesopotamiyaning katta 
qismini o’ziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi. Poytaxt Ekbatana 
(Hamadon)dan Yevfrat bo’ylariga, xozirgi Bag’dod yonida joylashgan Ktesifonga 
ko’chirildi.
Taxminan o’sha vaqtlarda Yuvon-Baqtriya davlati ham o’z chegaralarini 
birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit zamonida So’g’diyona, 
Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afronistonning Rarbiy qismini o’z ichiga olgan hudud) 
va Ariya (hozirgi Afronistonning markaziy qismi), boshqacha siz bilan aytganda 
xozirgi O’zbekistan, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afg’onistonning 
katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi. Lekin, Yunon-Baqtriyaning 
ichk ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik 
hokimlar o’rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga 
qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, So’g’diyonada keskin tus 
oldi
1
.
Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida So’g’diyona 
mustaqillikni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining 
boshqa o’lkalarida xam mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Qadimdan Shimoliy 
Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar 
tazyiqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur bo’ldilar va Sharqiy Turkiston 
hamda Yettisuv vohasida kuchib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik 
adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. 
Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar So’g’diyona va Baqtriya hududiga 
ko’chib o’tdilar va bu yerda sak va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo’shilib, avval 
So’g’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya davlatiga qaram boshqa 
o’lkalarni ham to Ind daryosigacha istilo qilishga muvaffaq bo’ldilar. 
Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati o’rnida yuechjilar (toxarlar) davlati 
tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar 
davlatiga hozirgi O’zbekistonning katta qismi, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston va 
Pokistonning shimoli-g’arbiy qismi qaragan bo’lib, ayniqsa Kanishka va uning taxt 
1
Madraimov. A, Fuzailova. G – “Manbashunoslik”. T:. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2008. 118-b 



vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri 
o’rtalarida bu davlatning ham inqirozi boshlandi va IV asrga kelib mayda davlatlarga 
bo’linib ketdi. Yurtimiz hududida hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri —
Qang’ va Farg’ona (Parkana)dir. Qang’ davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz, 
Kattaqo’rg’on, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat 
tepasida jabg’u (xitoy manbalarida chaovu) turgan. Miloddan avvalgi II—I asrlarda 
Farg’onada ham mustaqil davlat bo’lgan. Xitoy manbalarida keltirilgan 
ma'lumotlarga qaraganda, Farg’onada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj 
topgan qadimiy mamlakat bo’lib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-
Quva, Gaushan-O’zgan, Ershi - Marhamat, Go’y-Shan - Koson va boshqalar 
bo’lgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan, arpa, 
bug;doy, sholi, beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshqalami yetishtirgan. 104-
101-yillar orasida Xitoy qo’shinlari Farg’onaga ikki marta bostirib kirdilar.
Birinchi yurish 104-yili xitoy qo’shinlarining tormor keltirilishi bilan tugadi. 
Ikkinchi marta 101-yili 60 000 kishilik xitoy qo’shini Farg’onaning yirik 
shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marhamat qishlog’i 
o’rnida bo’lgan) qamal qildilar. Lekin, shaharni ola olmadilar. Sulh tuzib va ozgina 
o’lpon, 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur bo’ldilar. O’rta Osiyoda hududida 
yashagan xalыlar o’tmishini davrlar silsilasidan holi chegaralangan ko’rinishda 
kechgan deb tasavvur qilish mumkin emas. Tarixiy jarayonlarni o’rganishdagi 
yondashuvlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi nazariya – ijtimoiy tuzumni 
qaytadan tasniflash masalasini ham taqozo etmoqda. O’rta Osiyo xalqlarining 
ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan buyon qator tadqiqotchilar 
tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida, ko’chmanchilar 
jamiyati tuzilishida kuchli sosial- iqtisodiy differensasiya mavjud bo’lib, ular 
jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori cho’qqisi - harbiy demokratiya ko’rinishida 
bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi 
davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida 
bo’lganligi kabi xulosalar chiqarilgan.
Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan ilmiy 
fikrga kelinmagan. Gerodot, skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning 
podsholaridan, Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi 
Sirm haqida ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va 
usunlarning o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda ijtimoiy 
munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi. Shunday bo’lsada, O’rta Osiyo 
xalqlarining jamiyati miloddan avvalgi II asrdan milodning VIII-IX asrlarigacha 
quldorlik bosqichi (jamiyati) ni bosib o’tganligi va bu jamiyat harbiy quldorlik 
demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy eramizdan avvalgi I ming 
yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha bo’lgan ittifoq, o’rta asr 
ko’chmanchilari jamiyatini esa davlatchilik ko’rinishiga ega bo’lgan siyosiy tuzilma 
sifatida e’tirof etish mumkin.



O’rta Osiyoliklar jamiyatida sharq despotizmi deb atalgan holat ham o’troq 
dehqonchilikdagi kabi rivojlangan shaklda bo’lmagan. Milodiy eramizdan avvalgi 
I-ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat konfederasiyalariga asos solinadi. 
“Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik manbalarda Sirdaryo havzasi sak 
qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri bo’lib, bu saklarning 
kamonda jang qiluvchi va undan bexato otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-
xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi. Yunon manbalarida O’rta Osiyo ko’chmanchi 
chorvador xalqlarining xo’jalik hayoti, turmush tarzi va urf udumlari haqida 
qimmatli ma’lumotlar berilgan. 

Download 303,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish