36. «CHaxpalak» o‘yini
O‘yinchilar doira xosil qilib turib:
Sekin-sekin aylanadi chaxpalak,
Bora-bora tezlashadi chaxpalak,
Aylanar-u, aylanar-u aylanar.
Sekinlashib to‘xtay boshlar chaxpalak.
Bir-ikki, bir-ikki, moki o‘yin ham tugar
Deb she’r deklamatsiya qiladilar.
Doira xosil qilib turgan bolalar o‘ng (chap) tomonga qarab avval sekin-sekin, so‘ng esa: «bora-bora tezlashadi chaxpalak» so‘zlarini aytib, tezroq yura boshlaydilar, so‘ngra «Aylanar-u, aylanar-u aylanar» so‘zlarini ikki marta takrorlab yugura boshlaydilar. «Sekinlashib to‘xtay boshlar chaxpalak» so‘zlarini aytib esa, qadamlarini sekinlatib borib to‘xtaydilar. To‘xtaganlaridan so‘ng doira ichiga qarab: «Bir-ikki, bir-ikki, manna o‘yin ham tugar» so‘zlarini aytib turib, unga monand chapak chaladilar. Bu tugagach qo‘llarini tushirib qimirlamasdan turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |