43. «To‘pni urib tushir» o‘yini (37-rasm)
O‘yinchilar bir-birlariga qarab 10-15 m masofada ikki qatorli sherengada saf tortib turadilar. Ikala komanda ham tartib bilan sanaydi. Har ikala komanda o‘yinchilarning oyoqlari uchi oldidan to‘g‘ri chiziq tortilgan bo‘ladi. Har bir komandaning o‘rtasida bir xil masofada stul va uning ustiga to‘p quyilgan bo‘ladi. O‘qituvchining siganlidan keyin o‘sha nomerli o‘yinchilar qarama-qarshi tomonidagi sherengaga yugurib borib, chizilgan chiziqni bosib orqasiga qaytib stuldagi to‘pni urib tushirish kerak. To‘pni urib tushirgan komanda o‘yinchisiga bir ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan komanda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |