44. «Bayroqchalar orqasidan yugurish» o‘yini (38-rasm)
O‘yinchilar teng ikki komandaga bo‘linib, maydonchada bir-biriga qarama-qarshi tomonlarda saf tortib turadilar. SHu chiziqlarga parallelь qilib, maydonchaning o‘rtasidan 1,5-2 m kenglikda yo‘l chizilib, o‘ng tomonga bayroqchalar qo‘yilgan bo‘ladi.
Tarbiyachining signalidan keyin ikala komandaning o‘yinchilari mayloncha o‘rtasidagi yo‘lakchalardan iloji boricha ko‘proq bayroqchalar yig‘ib olib, o‘z qatoriga kelib turadi. Komanda kopitanlari o‘z o‘yinchilari olib kelgan bayroqchalarni olib sanaydilar. Olib kelingan har bir bayroqchaga bittadan ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan komanda g‘olib hisoblanadi. Bayroqchalarni olayotgan paytda bir-birlarining qullaridan tortib yulib olish mumkin emas. Kimda-kim tortib olsa, unda komandaga bita shtraf ochko beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |