Atamalar lug‘ati
Axta – naqshning maxsus qog‘ozga chizilib, naqsh yo‘llari igna bilan teshilib, buyum yuziga tushirish uchun tayyorlangan nusxasi. Xorazm ustalari axtani ulgi deb ataydilar.
Aylanma islimi – uzluksiz aylanib davom etadigan o‘simliksimon naqsh. Xorazm naqshlarida uchraydi.
Andaza – o‘lchov, trafaret, shablon.
Arxitektura naqqoshligi – bu ikki turdan iborat: a)devor va shiplarga to‘liq dekorativ naqsh berish, b)monumental naqqoshlik.
Axromatik ranglar – oq, kul rang va qora ranglarga o‘xshab ko‘rinuvchi ranglar.
Band – islimi naqshlardagi gul novdasi.
Bandii Rumi – bir bandli o‘simlik shakllari tasvirlangan naqsh.
Barg – bargsimon naqsh elementi.
Bargak – bargga o‘xshash o‘simliksimon naqsh.
Bargi bodom – bodom bargsimon naqsh elementi, u paxta chanog‘iga ham o‘xshaydi.
Bargi shiguft – naqsh elementi, ochilib turgan gul bargiga o‘xshatib chizilgan.
Bodom gul – bodom danagisimon naqsh elementi
Do'stlaringiz bilan baham: |