|
Gul islimi madohili yakraftor
|
bet | 3/7 | Sana | 06.01.2022 | Hajmi | 19,26 Kb. | | #322994 |
| Bog'liq glassariy
Gul islimi madohili yakraftor – o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldirilgan dohil naqshi.
Gul islimi madohil duraftor – o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldirilgan ikki qo‘sh madohil naqshi.
Gul islimi chor madohil – to‘rt madohilli o‘simliksimon naqsh.
Gul – muxja – kurtaksimon naqsh.
Guli sadbarg – bodom bargi va mevasimon naqsh elementi.
Guli haft rang – etti rangli gul naqshi.
Guli raftor – chiziq atrofida uzluksiz shaklda solingan “guli yakraftor”, “guli seraftor” naqshi.
Davra – to‘garaksimon shakllardan tashkil topgan naqsh kompozitsiyasi.
Davra bargak islimi – bargli o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldirilgan doira.
Davra islimi chorbarg – o‘simliksimon naqsh bilan to‘ldirilgan doira. To‘rt bargli o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldirilgan doira.
Jilvir qog‘oz – yuzalarni silliqlash va tekislashda qo‘llanadigan qog‘oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|