35. «Nina, ip va tuguncha» o‘yini (34-rasm).
O‘yinchilarning hammasi ikki doiraga bo‘linib, qul ushlashib turishadi. Har bir doirada uchtadan onaboshi saylanadi. Ular doiradan tashqarida turadilar, ularning biri «nina», ikkinchisi «ip», uchinchisi «tuguncha» bo‘ladi.
Doira xosil qitib turgan bolalar qo‘l ushlashib, «bir-ikki-uch» deb sana chap o‘ng tomonga qadam tashlab yuradilar. «Nina» har tomonda: gox doira ichida, gox doira tashqarisida yugurib yuradi. «Ip» bilan «tuguncha» ninaning ketidan ketma-ket ergashib yurishadi. Agar «ip» chigalib qolsa (boshqa tomonga ketib qolsa) yoki uni «tuguncha» ushlab olsa, o‘yin qaytadan boshlanadi va yangi «nina», «ip» va «tuguncha» saylanadi.
Eng epchil va zirak o‘quvchilar «nina» qilib saylanadi. Agar «nina», «ip» va «tuguncha» hech bir xato qilmay, uzoq vaqt yuraversa, boshqa o‘yinchilarni ham o‘yinda aktiv qatnashtirish maqsadida ularni almashtirish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |