38. «Taklif» o‘yini
O‘yinchilar doira xosil qilib turadilar. Onaboshi doiraning o‘rtasida turadi. Onaboshi doira ichida muzika ohangiga qarab yuradi yoki o‘ynaydi va doira bo‘lib turgan o‘yinchilardan birining oldiga borib to‘xtab, turli harakatlar qiladi. Undan boshqa bir o‘yinchining oldiga borib, shu xilda harakatlar qiladi. Taklif qilingan ikkita o‘yinchi uning ketidan ergashib yuradi. To‘satdan o‘qituvchining signali eshitiladi. Taklif qilinganlar doira o‘rtasidan chiqib, doiraning o‘zlari istagan joyiga borib turadilar. Taklif qilinganlarning qay biri orqada qolsa, o‘sha onaboshi bo‘ladi.
O‘yin boshlashdan avval o‘qituvchining o‘zi onaboshi bo‘ladi, so‘ngra o‘quvchilardan saylaydi. Agar o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa, bir necha onaboshi saylanib, ular bir yo‘la bir necha o‘yinchini taklif qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |