Xemogen jinslarning strukturasi (M.S.Shvetsov bo‘yicha, 1948 y.)
Struktura
|
Donalar o‘lchami, mm
|
Morfologik xususiyatlari
|
Dagal kristalli
|
1,0 dan katta
|
Jins makroskopik kristallar kurini shida buladi
|
Yirik kristalli
|
1,0-0,5
|
Jinsda minerallar makroskopik yaxshi
kurinadi
|
O‘rtacha kristalli
|
0,5-0,1
|
Jinsda minerallar makroskopik arang ko‘rinadi, ammo shliflarda yakkol kris
tappar shaklida bo‘ladi
|
Mayda kristalli
|
0,1-0,05
|
Jinsda minerallar makroskopik ku rinmaydi, shliflarda farklanadi, bir jinsli tuzilishga ega bo‘ladi
|
Juda mayda kristalli
|
0,05-0,01
|
Makroskopik tomondan bir jinsli bo‘ ladi, tuproksimon yoki chig‘anoqsimon si nishga ega. Shlifda muayyan kristallar juda kattalashtirilganda ham anik ku rinmaydi. Chunki ular shlif kalinli gida bir-birini koplab, ko‘shilib ketgan bo‘ladi.
|
Pelitomorli
|
0,01 dan kichik
|
Mikroskopik va makroskopik tomondan bir jinsli
|
Idiomorflik kristallarning birlamchi shaklini va uning ifodalanish darajasini bildiradi. Bunda kristallar o‘ziga xos bo‘lgan: kub, oktaedr, dipiramida va boshqa shakllarga ega bo‘ladi.
Gipidiomorflik to‘laligicha idiomorflik xususiyatiga ega bo‘lmagan struktura, ksenomorflik eng keyin kristallanishi tufayli bo‘sh joylarnigina to‘ldiruvchi, ushbu mineralga xos bo‘lmagan shakldir.
Kimyoviy jinslarning baʼzi turlariga (ohaktosh, temir va marganets maʼdanlari, boksitlar, fosforitlar) kristall donali tuzilishdan tashqari oolitli, loviyasimon, guddali va konkretsiyali strukturalar xos bo‘ladi. Oolitlar o‘lchami bo‘yicha tabaqalanadi. O‘lchami 1 mm dan yirik oolitlar pizolitlar deyiladi.
Organogen jinslarning strukturasi ularni hosil kiluvchi organik koldiklar bo‘yicha aniklanadi. Agar chiganoklar butun saklangan bo‘lsa biomorfli, parchalangan bo‘lsa detritli strukturalarni vujudga keltiradi. Bulaklarining saklanish darajasi bo‘yicha tok jinsida kuyidagi teksturalar ajratiladi:
- biomorfli - organik koldiklar yaxshi saklangan. Kompo nentlarining o‘lchami bo‘yicha ular organizmlarga bog‘lik holda juda yirikdan (masalan, marjonlar) juda maydagacha (masalan, Diatomeylar); - detritusli (detritli) - jins organizmlar skeletlari
ning bo‘laklaridan tuzilgan. O‘z navbatida detrit strukturali jinslar orasida kuyidagi xillari ajratiladi:
yirik detrimusli - jins dumaloqlangan bo‘laklardan tu
zilgan, oddiy kuzga ko‘rinadi, mikroskopda oson aniklanadi. Bu
laklar o‘lchami odatda bir necha millimetrdan taxminan 0,05 mm
gacha boradi. - mayda detrimusli - oddiy kuzga ko‘rinmas va shlifda ham yaxshi ajratilmaydigan organizmlarning juda mayda bo‘laklaridan (odatda 0,05 mm va undan mayda) iborat.
-organogen-bo‘lakli struktura chig‘anoq bo‘laklarining ko‘pchilik
kismi yaxshi dumaloklanganligi va deyarli bir xil o‘lchamdaligi (0,5 - 0,1 mm) bilan fark kiladi. Aralash tarkibli cho‘kindi jinslar uchun pelitomorfli
struktura xarakterli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |