Har bir tadkikotchi bajariladigan vazifaga karab u yoki bu tasnifdan foydalanadi. Eng keng tarqalgan tasniflar moddiy tarkibini o‘rganishga va cho‘kindi jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan



Download 80,63 Kb.
bet7/11
Sana26.04.2022
Hajmi80,63 Kb.
#583898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2.2.7. Kremniyli jinslar

va Kremniyli jinslarning tasnifi ularning genezisi mineral tarkibiga asoslangan. Genezisi bo‘yicha butunlay kimyoviy (geyzeritlar, kremniyli konkretsiyalar) va biogen (diatomitlar, spongolitlar, radiolyaritlar) yoki biokimyoviy (trepeplar va opokalar) turlarga bo‘linadi. Bulardan keyingilari diagenez va katagenez jarayonlarida organizmlarning sezilarli darajada o‘zgargan skeletlari to‘plamidan iborat. Bu jarayonlarda kremnezyom eriydi, ko‘chirib yotkiziladi va kayta kristallanadi.


va Biokimyoviy kremniyli jinslarga yashmalar ham kiradi. Kremniyli jinslar mineral tarkibi bo‘yicha opalli, opal xalsedonli, tridimitli, xalsedonli, xalsedon-kvarsli kvarsli turlarga bo‘linadi.
Kremniyli jinslarga butunlay yoki kisman kimyoviy va biogen yo‘llar bilan hosil bo‘lgan turli chukindi yotkiziklar kiradi. Ular katlamlar. atlam lar, konkretsiyalar, baʼzan okma kobiklar shaklida yotadi.
Kremniyli jinslarning asosiy jins hosil kiluvchi
minerallari: kremniyning turli oksidlari va girooksidlari -
tarkibida 30% gacha suv bo‘lgan amorf opal, shuningdek xalsedon,
kvars, kvarsin, kristobalit va boshkalardir. Ikkinchi darajali
minerallari bo‘lib karbonatlar, temir gidrooksidlari, glaukonit, xloritlar, temir sulfidlari va terrigen qo‘shimchalar sanaladi. Kremniyli jinslar tarkibida organik moddalar: kumir va bitumlar bo‘lishi mumkin. Kremniyli jinslarning jins hosil qiluvchi organizmlari oksidlari va diatomey suvo‘tlari, radiolyariylar va bulutlardir. Xemogen kremniyli jinslar. Geyzeritlar va kremniyli tuflar, kremniyli konkretsiyalar, yashmalarning ancha kismi, ftanitlar va liditlar kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘ladi.

Geyzerimlar va kremniyli muflar och tusli govak jinslar bo‘lib, opaldan tarkib topgan. Ular issik buloqlar va geyzerlar suvidan kremnezemning bevosita cho‘kmaga o‘tishidan hosil bo‘ladi va okmalarni, kobiklarni hosil qiladi.


Issik buloklar va geyzerlar vulkanizm faoliyati kuchli kechadigan o‘lkalarda tarqalgan bo‘ladi. Bunga misol qilib Kamchatka va Islandiya hududlarini kursatish mumkin. Issik buloq va geyzer suvlari odatda kremnezyom bilan to‘yingan bo‘ladi. Katta chukurlikda yukori harorat va bosim ostida kremnezyom eritma tarkibida bo‘ladi. Bu suvlar yer yuzasiga chikkanda harorati va bosimi keskin pasayadi va natijada kremnezem cho‘kmaga o‘tadi. Kremniyli tuflar issik mineral buloklar keng tarqalgan Kavkaz va Kavkazortida kup uchraydi.
Kremni li konkretsiyalar chig‘anoqsimon sinish yuzasiga ega
bo‘lgan zich va kattik jinslardi Ular turli rangda, odatda
kulrang, tuk kulrang va kora bo‘ladi. Baʼzi nurashga
uchraganlarining sirti okargan buladi. Kremniyli konkretsiyalar chukindi jinslarda, asosan karbonatlarda - oxaktoshda, bo‘rda, mergelda, kisman bulakli jinslarda tarkalgan. Mineral tarkibi bo‘yicha opalli, opal-xalsedonli, xalsedon kvarsli va kvars-kremniyli konkretsiyalar ajratiladi. Ew jinslarda kremniyli konkretsiyalar opal yoki opal-xalsedonli,
kari jinslarda esa xalsedon-kvarsli buladi. Konkretsiyalar tarkibida kremnezem minerallaridan tashqari tog jinslariga kora rang beruvchi organik moddalar mavjud bo‘ladi. Shuningdek temir sulfidlari, gil minerallari va terrigen qo‘shimchalar kuzatiladi. Kremniyli konkretsiyalar shakli va o‘lchami buyicha turlicha
bo‘ladi. Ular odatda bir-biriga qo‘shilib ketib, zanjirsimon
shakllar va katlamchalar xosil kiladi.

Kremniyli konkretsiyalarda organik koldiklar uchramaydi. Ularda organik koldiklar uchramasligi, pelitomorf strukturasi va tarkibi kremniyli konkretsiyalarning kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lganligidan darak beradi.


Yashmalar kuchli o‘zgargan xalsedonli va kvars-xalsedonli jinslardir. Yashmalarda opal juda kam uchraydi. Ularda asosiy jins hosil kiluvchi minerallardan tashqari bir kancha ko‘shimchalar: temir oksidlari gidrooksidlari (qo‘ng‘ir. jigarrang va kizil yashmalar), gil minerallari va xloritlar (kul rang va yashil yashmalar), organik moddalar (tuk kul rang va kora yashmalar) uchraydi.


Yashmalar teksturasining xususiyatlari va rangi bo‘yicha turli tumandir. Ularning teksturasi yo‘l-yulli, dogli, nakshli; rangi kungir, qizil, yashil, kul rang va kora buladi. Yashil rangli yashmalar keng tarqalgan. Baʼzi yashmalarda kremniyli orga nizmlarning (radiolyariylarning chiganoklari va bulutlarning spikulalari) qoldiklari uchraydi. Ehtimol, organik koldiklarga ega bo‘lgan yashmalar biokimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan. Bunday koldiklarsiz yashmalar dengiz suvlaridan kremnezyomning kimyoviy chukishidan vujudga kelgan, Eritmada kremnezyomning yukori konsentratsiyasi suvosti vulkan faoliyati natijasida vujudga kelishi mumkin.


fmanimlar (liditlar) - kora yoki tuk kulrang, yo‘l-yulli yeki birjinsli, odatda slanetsli (ularni kremniyli slanetslar deyiladi) bo‘lib, kolchedan va kumir zarralari mavjud kvarsdan tarkib topgan.
Organogen yo‘l bilan hosil bo‘lgan kremniyli jinslar. Kremniyli jinslar opaldan, xalsedon guruhidagi minerallar va chukindi kvarsdan tarkib topgan bo‘ladi. Ular sovuk dengizlarda, kamrok kul havzalarida o‘z skeletlarida opal tuplovchi diatomli suvutlari, radiolyariylar, bulutlar va boshka organizmlarning bevosita ishtirokida hosil bo‘ladi. Ularning orasida katlamli jinslar - ohaktoshlar va gillarda tarkok xolda uchrovchi kremniy uyushiklaridan iborat bo‘lgan konkretsiyalarlar uchraydi. Katlamli kremniyli jinslar asosan biogen va biokimyoviy yo‘llar bilan to‘planadi. Bunday jinslarga Diatomitlar, radiolyaritlar, spongolitlar, trepellar va opokalar kiradi. Bularning barchasi mezozoy va kaynozoy yotkiziklarida keng tarqalgan.
Kremniyli jins xosil kiluvchi organizmlarning turlari uncha ko‘p emas. Lekin ular jins xosil kiluvchi sifatida katta ahamiyatga ega. Ularning turlari radiolyariylar, kremniyli bulutlar va diatomeylardir. Bu jinslar okish rangi, yukori novakligi (90% gacha va undan ortiq), yengilligi bilan xarakterlanadi.
Radiolyariylar - skeleti opaldan tuzilgan bir xujayrali dengiz hayvonlaridir. Skeletining shakli sferasimon, ellips simon va konussimon bo‘ladi (151-rasm). Tanasining sirtida zirapchasimon o‘simtalarga ega. Bunday o‘simtalari bo‘lmasligi ham mumkin. Radiolyariylar plankton organizmlar bo‘lib, dengizning turli chuqurliklarida yashaydi. Tokembriydan maʼlum. Qoldik larining to‘plami radiolyariyli illarni tashkil etadi (Tinch va Hind okeanlari).
Kremni li bulutlar - kattik substratga yopishib xayet kechiruvchi dengiz hayvonlari bulib, opalli ichki skeletga ega. Skeletlari ignachalardan spikulalardan iborat buladi. Spikulalar bir-, turt va optinurli ICHI bush kanallidir. Kanal bo‘shlikla ri odatda glaukonit, gil va boshka moddalar bilan to‘lgan buladi. Bulutlar bir necha o‘n metrdan 1000-2000 m chukur likkacha yashaydi. Tokembriy dan maʼlum. Shimol dengizla 151-rasm. Radiolyari li illarning fotosurati. rida bulutlarning spikulalari bilan boyigan cho‘kindilar keng tarkalgan.

Diatomey suvo‘tlari - ikki tavaqali (qopqoqli idishga o‘xshash) mikroskopik o‘simlik. Tavakalarining shakli diskasimon, ellipssimon, uchburchakli bo‘lib, devorining yuzasida mayda naqshlar bo‘ladi. Diatomeylar dengiz va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular karbon davridan maʼlum. Paleogen va neogenda keng rivojlangan. Hozirgi vaqtda ham dengiz va ko‘llarda uchraydi.


Diatomitlar-engil, och tusli, mayda g‘ovakli (90-95% gacha). suvda cho‘kmaydigan yumshok jinslidir. Ularning solishtirma ogirligi 0,4-0,8. strukturasi organogen, teksturasisi yaxlit yoki katlamli. Opal bilan sementlangan diatomli suv o‘tlarining kobiklaridan tarkib topgan. Boshka opalli jinslar kabi tilga yopishadi (yuqori darajada govakligi va solishtirma yuzasi tufayli). Odatda katlamli va mikroqatlamli. Ularda ko‘shimchalar kabilida gil zarralari, glaukonit donalari, bulutlarning spikulalari uchraydi. Turtlamchi davr chukur dengiz yotkiziklarida keng tarkalgan. Baʼzan ko‘l yotkiziklarida ham uchraydi (Sevan).
Radiolyarimlar - kul rangli va to‘q kul rangli qatlamli (kupincha mikrokatlamli) jinslardir. Strukturasi organogen, teksturasi katlamli (mikroqatlamli). Radiolyaritlarning opaldan tuzilgan koldiklar tuplamidan tarkib topganligini shlifda ko‘rish mumkin. Ularda kushimchalar sifatida gil zarralari, organik moddalar, temir sulfidlari buladi. To‘rtlamchi davr chukur dengiz yetkiziklarida radiolyariyli illar sifatida uchraydi.
Radiolyaritlar radiolyariy koldiklari saqlanib kolgan
yashmalarga aylanishi mumkin.
Spongolimlar opal bilan sementlangan kremniyli bulutlarning spikulalaridan tarkib topgan ok, och kulrang, yashilsimon kulrang va kora kovakli va zich (kadimiy) jinslardir. Strukturasi organogen, teksturasi qatlamli (mikroqatlamli). Odatda ularda alevrit va qum qo‘shimchalari va glaukonit donalari uchraydi. Bu jinslar hozirgi zamon dengizlarining 250-500 m chuqurliklarida hosil bo‘ladi. Tarkibi 10-50% bulutlarning spikulalaridan iborat mikrogovakli opal va opal-xalsyedonli turlari gezlar deyiladi.
Trepellar va opokalar kulrang, och kulrang, baʼzan ok va bo‘rga o‘xshash juda yengil jinslardir. Trepellarning solishtirma og‘irligi 0,7-1,4, opokalarniki esa 1,1 - 1,8 bo‘ladi.
Trepellar va opokalarda asosiy mineral - opaldir. U mikroskopik o‘lchamdagi mayda shariklar hamda shu shariklar va boshqa qo‘shimchalarni sementlovchi mineral holida uchraydi. Trepellar va opokalarda kremniyli organizmlarning - asosan
Diatomey suvo‘tlarining, Qisman kremniyli bulutlarning
koldiklarini kuzatish mumkin. Ehtimol, opoka va trepellar
Diatomitlar va spongolitlardan diagenez va ayniksa katagenez
(kremnezyomning erishi, kayta yotkizilishi va
Kisman kristallanishi) jarayonlarida hosil bo‘lgan.

Opokalar va trepellar tarkibida opaldan tashqari kalsit, glaukonit va turli terrigen qo‘shimchalar uchraydi. Agar terrigen qo‘shimchalarning mikdori kup bulsa (50% dan ortiq) opokasimon (trepelsimon) jinslar deyiladi. Bular xususiy opokalar va trepellarga nisbatan ancha keng tarqalgan. Ularning orasida opokasimon (trepelsimon) qumtoshlar, alevrolitlar, argillitlar va gillar uchraydi.


Opokalar (shuningdek trepellar) turli miqdorda karbonatli
materialga ega bo‘lishi mumkin. Karbonatli (SaSO3 50% gacha), opokali (trepelli) bo‘r va mergellar (SiO2 50% gacha) ajratiladi. Trepelli va opokali jinslar karbonatli va bo‘lakli jinslar orasida turli kalinlikdagi katlamlar va linzalar holida yotadi. Ular mezokaynozoy yotkiziklarida keng tarkalgan.

Yashma. Yashirin kristalli strukturaga, yaxlit yoki yo‘l-yo‘lli teksturaga ega(152-rasm).


Yashma xalsedon va kvars dan tarkib topgan bo‘lib, boshqa minerallarning (gematit, gë tit, marganets gidrooksidlari, xlorit, aktinolit va b.) qo‘shim chalari bilan pigmentlangan. Qizil, yashil, sarik, kulrang ning turli tuslari kuprok, kun fir, kora va ok ranglilari kamrok uchraydi.


Yuqori darajadagi kattik ligi, mustahkamligi, rangining turlichaligi bilan xarakter lanadi, chig‘anoqsimon sinishga ega.


152-RASM. Yashmaning teksturasi. Yashma qadimdan qo‘llanilib kelingan (vazalar, kaminlar, ustunlar va b.). Hozirgi paytda yashmalar zargarlik buyumlari, xovanchalar, tayanch prizmalar tayyorlashda va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Konlari. Yashmaning yuqori sifatli konlari Janubiy Urolda
mavjud. Ulardan imoratlarni bezaщda dekorativ plitalar
tayyorlanadi. O‘zbekistonda yashmaning konlari Shimoliy Nurota
tog‘lirida va Markaziy Qizilqumda paleozoy jinslari bilan
boglik.
Kremniyli mikroorganizmlardan tirkib Topgan kremniyli jinslar upa-elik sanoatida foydalaniladi. bo‘shoq
Kremena. Strukturasi kristalli, Yashirin amorfli. Teksturasi zich, yaxlit.
kristalli
va
Mineral tarkibi bo‘yicha xalsedon-kvarsli, kvarsli, xalsedonli va opal-xalsedonli turlari ajratiladi. Deyarli barcha kremenlarda ko‘plab hayvonlarning, odatda mikroskopik o‘lchamdagi organizmlarning (foraminiferalar va h.k), baʼzan ancha yirik hayvonlarning (chig‘anoqlar, umurtqali hayvonlarning suyaklari b.) koldiklari uchraydi. Rangi va kulranglidan koragacha. sariqsimon
Kremen chukindilarning diagenezida, tok jinslar katagenezida va nurashida hosil bo‘ladi. Ko‘p hollarda ohaktoshlarda uchraydi. Kremenlarning shakli turlicha bo‘ladi: dumaloq, barmoqsimon, plastinkali va b., kupincha o‘simtali, kvarsning mayda kristallchalari bilan to‘ldirilgan teshikli va bo‘shliqli bo‘ladi.

Kremen (konkretsion sekitsitlar) turli jinslarning orasida katlamlar, uyushiklar va linzalar holida uchraydi, opal va xalsedondan tarkib topgan bo‘ladi, baʼzan kvars qo‘shimchalariga ega. Eng keng tarqalganlari yo‘l-yo‘lli, juda qattiq kulrang, kizil, kora kremen hisoblanadi (153-rasm). Ulardan faqat abraziv material sifatida foydalaniladi.


U fayans massasi, glazur, emal olishda ishlatiladi. Chiroyli yorqin rangli va Dekorativ xususiyatlarga ega bo‘lganlaridan turli taqin choklar tayyorlanadi.


Kremniyli tuf Ba geyzeritlar. Strukturasi amorfli. Teksturasi yaxlit, katlamli, oqma va kobik shaklida. Asosan tarkib topgan bo‘ladi. opaldan
153-rasm. Yo‘l-yo‘lli kremen.

Rangi (kungir, yashilsimon, kizil, sarik va b.) turli mineral qo‘shimchalarga (asosan temirning suvli oksidlari hamda organik moddalar) bog‘liq.


Issik mineral buloklar hosilalari hisoblanadi. Vulkanizm


viloyatlardagi geyzerlar va boshka buloklar uchun xarakterli. ftanitlar (liditlar) - kora yoki qoramtir, yo‘l-yo‘lli yoki yaxlit tuzilishli, odatda slanetsli (ularni kremniyli slanetslar deb atashadi), kumir zarrachalariga ega bo‘lgan kolchyedan va kvarsdan tarkib topgan.


Ishlatilishi. Kremniyli jinslar ham foydali qazilmalar hisoblanadi. Yashmalar bezakli qurilish materiali sifatida hamda laboratoriya xovonchalari va dastalarini tayyorlashda ishlatilsa, diatomitlar, trepellar va opokalar kremniyli sement, ISSIQLIK va shovkintutuvchi materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Kremniyli jinslar portlandsement tarkibiga gidravlik qo‘shimcha sifatida qo‘shiladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab bo‘lib gidravlik faolligi, yaʼni kremnezyomning kalsiy oksidi bilan birikma hosil qilish xususiyati hisoblanadi.
Oziq-ovqat va neft sanoatlarida kremniyli jinslarning faltratsion va so‘ruvchi xossalaridan foydalaniladi. Oziq-ovqat va mineral moylarni, glitserinni, meva sharbatlarini va shakar siropini tozalashda ignasimon shakldagi diatomitlar katta samara beradi.
kimyo sanoatida diatomitlar va trepellar ultramarin ishlab chikarishda ishlatiladi hamda kauchuk, plastmassa, buyok va portlovchi moddalarga to‘ldiruvchi sifatida qo‘shiladi

Download 80,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish