Har bir tadkikotchi bajariladigan vazifaga karab u yoki bu tasnifdan foydalanadi. Eng keng tarqalgan tasniflar moddiy tarkibini o‘rganishga va cho‘kindi jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan



Download 80,63 Kb.
bet6/11
Sana26.04.2022
Hajmi80,63 Kb.
#583898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2.2.5. Gilli jinslar
Gilli jinslar tabiatda juda keng tarkalgan. Ular stratosferadagi chukindi jinslarning yarmidan kupini tashkil etadi. Gilli jinslar tipik bo‘lakli jinslar bilan kimyoviy jinslar o‘rtasida oralik vaziyatni egallaydi. Ular birlamchi jinslarning nuragan zarralari va kolloid-kimyoviy mahsulot larining kristallanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Gilli jinslarning zichlashmagan va metamorfizmga uchramagan turlari yukori novaklikka (50-60%) ega bo‘ladi. Suv bilan aralashtirilganda xamirsimon massa xosil kiladi. Bu massadan turli idishlar yasash mumkin. Ular olovda toblanganda toshdek kattik va mustahkam jinsga aylanadi.
Gilli jinslar mineral tarkibiga kura kaolinitli, gid roslyudali, montmorillonitli, paligorskitli va boshqa ko‘plab turlarga bo‘linadi.
Gidroslyudali gillar (illitlar). Gidroslyudali gillar gilli jinslar orasida eng keng tarkalgan guruh hisoblanadi. Ularning bunday keng tarqalganligini turli tabiiy-kimyoviy sharoitlarda bardoshligi bilan tushuntirilishi mumkin. Bu gillar nurashning dastlabki boskichida hosil bo‘lgan gil minerallari va bo‘lakli minerallarning zarralaridan iborat bo‘ladi.
Kupchilik gidroslyudali gillar kelib chiqishi bo‘yicha kao linitlarga yakin. Ularning orasida gidroslyuda-kaolinitli. kaolinit-gidroslyudali gillar kabi oralik turlari ajratiladi.
Gidroslyudali gillar nam iklim sharoitida silikatli jinslarning nurashi tufayli hosil bo‘ladi va kimyoviy nurashning birinchi boskichi mahsuloti hisoblanadi. Gidroslyudaga boy bo‘lgan nurash kobini yuvilishi tufayli ikkilamchi gidroslyudali gillar hosil bo‘ladi.
Gidroslyuda minerali o‘lchami 1-20 mkm li chegaralari anik
varaksimon shaffof va yarimshaffof kristallardan iborat
bo‘ladi (karang: 43-rasm).
Gidroslyudali gillarda asosiy jins hosil kiluvchi mineral - gidroslyudadir. Ikkinchi darajali minerallar kaolinitdan, baʼ zan montmorillonitdan, aralash-katlamli hosilalardan va boshka minerallardan iborat bo‘ladi. Gidroslyudali gillar sezilarli darajada terrigen qo‘shimchalarga: kvars, dala shpatlari, slyu dalar va boshkalarga ega bo‘ladi. Shuningdek ularda yangidan hosil bo‘lgan autigen minerallar (masalan, karbonatlar, sulfatlar) kuzatiladi. Baʼzan organik moddalar bilan boyigan buladi.
Konlari. Gidroslyudali gillar O‘zbekistondagi bur va pa leogen yotkiziklarida keng tarqalgan. Markaziy Kizilqumda eotsen yotqiziqlari tarkibidagi gidroslyudali gillarning kalinligi 200 m ga boradi (kultobon svitasi). Eng yirik koni Sho‘rsuv hisob lanadi. Bu kon Qo‘qon shahridan 35 km janubda, G‘uzon tog‘ining shimoliy yonbag‘rida joylashgan.
Kaolinitli gillar (kaolinlar). Kaolinitli gillar guruhiga
birlamchi (autigen) va ikkilamchi (allotigen) kaolinlar kiradi. Birlamchi kaolimlar nurash kobigida kristalli jinslarning kimyoviy nurashi tufayli hosil bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishdan ular oq kulrang, baʼzan qizg‘ish bo‘lib, barmoklar bilan ezilganda sovunsimon sillik ekanligi va tarkibida kvars donalari mavjudligi bilinadi. Birlamchi kaolinlar kaolinit, kvars, siderit, gidroslyudadan
tarkib topgan bo‘ladi va ularda ozrok mikdorda kalsit, rutil,
sirkon va pirit uchraydi. Ikkilamchi kaolinlar birlamchi kaolinlarning kuchirib yotkizilishidan hosil bo‘ladi. Yuvilish, ko‘chirilish va yotkizilish jarayonida ularning tabiiy saralanishi va boyishi sodir bo‘ladi. Bunda ular kum-alevrit qo‘shimchalari va ogir minerallardan ajraladi. Ikkilamchi kaolinlarning mineral tarkibida kaolinit kup mikdorda bo‘ladi. Gidroslyuda, baʼzan galluazit va dispers kvars, odatda uglerodli organik moddalar va temir sulfidi kushimcha sifatida uchraydi.
Tashqi ko‘rinishdan ikkilamchi kaolinlar zich, yogsimon sir panchik, ok va kulrang bo‘ladi. Kaolinit minerali elektron mikroskopda olingan fotosu ratlarda uzining geksagonal shakli va anik chegarasi tufayli ishonchli diagnostika kilinadi (karang: 44-rasm).
Kaolinitli giplar yuqori issiqbardosh jins xisoblanadi.
Ularning erish harorati 1700 S dan ortiq, payvandlanish harorati esa 1300-1400 S ni tashkil etadi. Kaolinli gillarning konlari Angren kumir havzasida. Zirabulok-Ziyavutdin tog‘larida (Karnab), Markaziy Qizilqumda (Bukantov. Tomditov. Ovminzatov) mavjud.
Ishlatilishi. Kaolinitli gillar muhim foydali qazilma hisoblanadi. Ular issiqbardosh g‘ishtlar shamot ishlab chikarishda, farfor va fayans sanoatida, yukori voltli elektr izolyatorlari ishlab chikarishda foydalaniladi. Kogoz va rezina sanoatlarida to‘ldiruvchi sifatida hamda sovun, kalam va boshkalar ishlab chikarishda kullaniladi.
Montmorillonitli gillar (smektitlar). Tarkibida 60-70% montmorillonit guruhidagi minerallar bo‘lgan yukori dispersli gilli jinslar bentonimlar yoki fuller tuprogi (jun yuvuvchi) deb ham yuritiladi (karang: 42-rasm).
Montmorillonitli gillar (bentonitlar) ikkita
genetik
guruhni tashkil etadi. Ulardan birinchisi hakikiy bentonimlar
deb ataladi. Bunday gillar dengiz sharoitlarida ishkorli
muhitda havzaga tushgan piroklastik (vulkanogen) materialning suv
ostida kimeviy nurashi (galmiroliz) tufayli montmorillonit minerapining sintezi tufayli hosil buladi. Haqiqiy bentonitlar ok, sarg‘ish va kulrangli, chig‘anoqsimon sinishga ega bo‘ladi. Montmorillonitli gillarning ikkinchi genetik turi allotigen
transformatsion yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Loyka tarkibida dengiz havzasiga kelib tushuvchi gil minerallari asosan gidroslyudadan, kaolinitdan va montmorillonitdan iborat bo‘ladi. Dengizning ishkoriy muhitida kaolinit va gidroslyuda kristallari bardoshsiz bo‘lganligi tufayli kayta kristallanib, montmorillonitga aylanadi. Bunga gil minyerallarining kristall panjarasi
tuzilishidagi yakinlik asosiy sababchi xisoblanadi. Ikonpari. O‘zbekistonda yukori bur va paleogen yotkiziqlari kesmasida bentonitlar va bentonitsimon gillar keng tarqalgan bo‘lib, zahirasi amalda bitmas-tuganmas konlarni hosil kiladi.
Ishlatilishi. Montmorillonitli gillar ozik-ovqat sanoatida ef, vino va sharbatlarni, neft mahsulotlarini tozalashda, burg‘ilash eritmalarini tayyorlashda, sovun va atir-upa mahsulotlari ishlab chikarishda qo‘llaniladi. Toza, yukori sifatli montmorillonitli gillardan dorilar tayyorlanadi.
Paligorskitli tuzilishga ega gillar. Paligorskit bo‘lgan magniyning suvli katlamli-tasmali alyumosilikati hisoblanadi (karang: 48-rasm). Ularda siolitlardagi kabi o‘lchami 6,4 x 3,7 i bo‘lgan kanallar mavjud bo‘ladi. Paligorskitli gillarning hosil bo‘lishi uchun kulay sharoit
turgun tektonik rejimga ega bo‘lgan platformali o‘lkalarda keskin
arid va arid iklim hisoblanadi. Bunday sharoitlarda paligorskit
kimyoviy yo‘l bilan cho‘kmaga o‘tadi.
Konlari, Janubiy Fargonada va G‘arbiy O‘zbekistonda yuqori bur va paleogen yotkiziklari bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita paligorskit koni mavjud.
Paligorskitli gillar nomaʼdan mineral xom ashyoning kam uchraydigan kimmatbaho turi hisoblanadi. Alohida xossalari (kristallarining tasmasimon kanallarning mavjudligi va shakli, ularda boshqalar) seolitli>> tufayli xo‘jaligining turli sohalarida filtrlovchi sorbent, qurituvchi, ignibtor, suspengator sifatida foydalaniladi. xalk
O‘zining adsorbsion va kolloidal xossalari tufayli paligorskit gillari neftni qayta ishlash sanoatida, meditsinada, farmakologiyada, tuzli katlamlarni burg‘ilashda keng qo‘llaniladi.
2.2.6. Karbonatli jinslar
Ohaktoshlar. Ohaktoshlar terrigen, biogen va xemogen yo‘llar bilan hosil bo‘lishi mumkin. Ularning tuzilishi katlamli yoki nokatlamli bo‘ladi. Qatlamli ohaktoshlar cho‘kindi hosil bulish jarayonlarining o‘zgaruvchanligi tufayli hosil bo‘ladi. Nokatlamiy ohaktoshlar esa asosan rif kuruvchi organizmlar faoliyati tufayli vujudga keladi va marjon riflarini xosil kiladi.
Oxaktoshlar hosil bo‘lish sharoitlari buyicha bo‘lakli. organogen va xemogen turlarga bo‘linadi.
Bulakli (merrigen) oxakmoshlar. Bunday jinslarga karbonatlar va organik koldiklarning bo‘laklaridan iborat bo‘lgan jinslar kiradi. Bulaklar turlicha shakl va o‘lchamda bo‘lib, ko‘p hollarda u yoki-bu darajada dumaloklangandir. Bulaklarning o‘lchami va shakli buyicha ular konglomeratsimon va brekchiyasimon (d>1 mm) turlarga va ohakli kumtoshlarga (d = 1,0 - 0,05 mm) ajratiladi.
Odatda karbonatli jinslar tarkibida oxaktosh bo‘laklari va
chiganoklar kupchilikni tashkil etadi. Birincha holda bo‘lakli
ikkinchisida esa organogen-bo‘lakli ohaktoshlar deb yuritiladi. Keyingisi biron-bir organizmning, masalan, foraminifera, krinoideya, pelitsipoda chig‘anoqlarining parchalaridan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Bu hollarda ular foraminiferali-bo‘lakli,
krinoideyali-bo‘lakli va h.k. oxakli jinslar deyiladi. Bo‘lakli ohaktoshlar turli-tumandir. Ularning orasida zich va govakli, okish va qoramtir tuslari uchraydi.

Biogen ohaktoshlar ohaktoshlarning katta kismini tashkil etadi va ular mexanik dumaloqlanishga uchramagan butun yoki parchalangan chiganoklardan tarkib topgan bo‘ladi (148-rasm). Or ganizm koldiklarining xususiyati va turlariga qarab chig‘anoqli (bu tun chig‘anoqli) - foraminiferali, peletsipodali, braxiopodali, krinoideyali va b. hamda organogen-detritli (chig‘anok sinikla ridan iborat bo‘lgan) ohaktoshlar ajratiladi.


Biogen ohaktoshlarni kolonial yoki yakka holda hayot kechiruvchi, skeleti yoki chiganogi kalsiy karbonatdan iborat bo‘lgan hayvon va suvo‘tlari qoldiklari to‘plami tashkil etadi.
Organik koldiklar pelitomorf yoki mayda donali strukturali kalsitli sement bilan birikkan. Chiganoqlar va sement mikdori keng oralikda o‘zgaradi. Bu xususiyatlardan ohaktoshlarni tasniflashda foydalaniladi.
Biogen ohaktoshlarga ok yozuv buri - yukori tovaklikka ega bo‘lgan yumshok jins xam ki radi. U kuruk xolda nisbatan mustahkam bo‘ladi. Shlifda va elektron mikroskopda ular ning ohakli suvutlari - kokko litoforidlar (70-85%), may da foraminiferalar, inotse ramlar, dengiz tipratikon lari va chuvalchanglarning kop diklaridan tarkib topganligi kuzatiladi.
148-rasm. Biogen oxaktoshlarning strukturasi.
Kimyoviy oxaktoshlar mikrozarrali pepitomorfli, va psevdooolitli turlardan iborat. Pelitomorf oolitli va oxaktoshlar diametri > 0,005 mm bo‘lgan kalsit zaralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Pelitomorf ohaktoshlarning mikroskopik namunalari zich, chig‘anoqsimon sinishli, okishdan qoramtirgacha o‘zgaruvchi rangda bo‘ladi.
Oolitli va psevdooolitli oxaktoshlar konsentrik yoki radial nurli donalardan iborat. Bunday teksturaga ega bo‘lganlari sfe rik hosilalarni tashkil etadi. Oolitlarning o‘lchami milli metrning ulushlaridan bir necha millimetrgacha bo‘ladi. Ularning mikdori jinsda o‘zgaruvchan: baʼzilarida oolit donalari sementdan ko‘p, baʼzilarida esa aksincha bo‘ladi (149-rasm).
Oolitli ohaktoshlar ning hosil bo‘lishi suv havzasining litoral 30 nasidagi tulkin dinami kasi bilan bog‘liq. Kris tallizatsiya markazi bo‘ lib karbonatli chiganok larning bo‘laklari, kvars va Dala shpatlarining donalari xizmat qiladi.
149-rasm. Oolimli okaktosh strukturasining zarrabinda ko‘rinishi. Kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan karbonatli jinslarga ohaktosh tuf lari ham kiradi, ular mineral suvli buloklarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Bular govakli pelitomorf yoki mikrozarrali strukturalarga ega
bo‘lgan jinslardir. Oxaktosh tuflari sarik-kulrang, qo‘ng‘ir baʼzan okish, deyarli ok bo‘ladi.
Kayta kristallangan ohaktoshlar turli yo‘llar bilan kelib chikkan ohaktoshlarda rivojlanishi mumkin. Oxaktoshlarning qayta kristallanishi katagenez va metagenez jarayonlarida rivoj lanadi. Shu tufayli kristall donali va marmarlashgan ohak toshlar hosil bo‘ladi. Ular mikrozarrali (0.005-0,04 mm), mayda (0,05-0,025 mm), o‘rta (0,25-0,5 mm), yirik (0,5-1,0 mm) va dagal (<1,0 mm) donali bo‘ladi.
Karbonatli jinslarda odatda kremnezyom, barit va pirit konkretsiyalari (zoldirlari) uchraydi.
Bur mayda zarrali novak va murt jins hisoblanadi. Ko‘p hollarda u mikroorganizm larning, asosan foraminife ralarning chig‘anoqchalari va nannoplanktonlarning g‘ilof laridan, biriktiruvchi modda ichida tarqoq joylashgan kal sitning juda mayda kristal laridan iborat bo‘ladi. Odat da bo‘r oq yoki kulrang va deyarli kalsitdan (CaCO3)

150-rasm. Bur jinsining yaxlim teksturasi.


iborat bo‘ladi (150-rasm). Rossiyaning Belgorod viloyatida keng tarqalgan bo‘r jinslari o‘rtacha 94% SaSO3 ga ega. Kolganlari biriktiruvchi materialdan iborat.


Bur jinsi bo‘r davri yotqiziqlarida keng tarqalgan. Uning yirik konlari La-Mansh bo‘g‘ozining har ikki kirgogida, AQShning Kanzas, Missisipi va Alabama shtatlarida, Rossiyaning Belgorod viloyatida mavjud.
Dolomitlar. Tarkibida 95% dan ortiq dolomit minerali bo‘lgan toya jinslari dolomitlar deb ataladi. Ularda magniy oksidining mikdori 21% ni, kalsiy oksidiniki esa 30% ni, kolganini karbonat angidrit tashkil etadi. Dolomitlarda odatda kalsit, baʼzan pirit, xalsedon, kvars va organik qo‘shimchalar kuzatiladi. Baʼzi dolomitlarda angidrit, gips, qo‘rg‘oshin va rux sulfidlarining kristallari uchraydi.
Dolomit kizdirilganda ikki boskichda (500 va 800°S) dis sotsiatsiyalanadi. Bu jarayonda karbonat angidrit (SO2) ajralib
chikadi. Koldik massa esa magniy va kalsiy oksidlari (MgO, CaO) aralashmasidan iborat buladi. Mikroskopik ko‘rinishi bo‘yicha dopomitlar ohaktoshlarga
o‘xshash bo‘ladi. Ularni bir-biridan xlorid kislota taʼsiri bilan farklash mumkin. Ohaktosh sovuk holda ham xlorid kislota taʼsirida «qaynaydi”. Dolomit maydalanib, tolkonga ay lantirilganda yoki qizdirilgandagina reaksiya kechishi mumkin. Bulakli dolomitlar. Bulakli dolomitlar orasida kong pomeratlar, konglomerat-breksiyalar va kumtoshlar ajratiladi.
Ular dolomitli yoki kalsitli sement bilan birikkan, du
maloqlangan yoki kirrali dolomit bulaklaridan tarkib topgan
bo‘ladi.
Bulakli dolomitlar kalin dolomit yotqiziqlari orasida linzalar, baʼzan katlamlar holida uchraydi va plyaj saëzligida dolomitlarning parchalanishidan hosil bo‘ladi.
Dolomitlarning tarkibida hayvon koldiklari ham uchraydi. Ularning orasida suvutlari kuprok tarkalgan. Suvo‘tli dolomitlar yirik dunglik shaklidagi biogermlardan iborat bo‘ladi. Bunday tanalar zangori-yashil va yashil suv o‘tlaridan tarkib topgan. Shu suv o‘tlari tarkibida magniy karbonatlari to‘planadi. Suvut larining poyasi pelitomorf dolomitdan tarkib topgan, sementi kam, yukori govakligi bilan ajralib turadi.
Xemogen dolomitlar. Bunday dolomitlar mikrozarrali va pelitomorf strukturasiga ega bo‘lib, organik koldiklardan ho lidir. Dolomitlar bir jinsli, angidritli, gipsli va oolitli bo‘lishi mumkin.
Ko‘p hollarda dolomitlar oxaktoshlarning dolomitlashishidan hosil bo‘ladi. Dolomitlanish ohaktoshlarning barcha turlariga ham xos bo‘lsada, ularning mayda kristalli turlari yirik kristal lilariga nisbatan ancha taʼsirchan bo‘ladi.
Pelitomorf dolomitlar zich, birjinsli, odatda terrigen qo‘shimchalardan holi bo‘ladi.
Oolitli dolomitlar konsentrik va radial-nurli oolitlardan tarkib topgan bo‘lib, ular pelitomorf yoki zarrali dolomit bilan sementlangan.
Magnezitli jinslar. Magnezitlar magnezit mineralidan tarkib topgan och rangli jinslar xisoblanadi. Ularning mus tahkamligi va zichligi ohaktoshlarnikiga karaganda yuqori bo‘ladi. Ular tabiatda kamrok uchraydi. Magnezitlar issikbardosh buyumlar ishlab chikarish uchun xom ashyo hisoblanadi, yashirin kristalli turlari esa mineral biriktiruvchilar (kaustik magnezit) tayyor lashda foydalaniladi.
Aralash tarkibli karbonatli jinslar. Aralash tarkibli karbonatli jinslarga kumirli va kremniyli oxaktoshlar va dolomitlar hamda gilli ohaktoshlar-mergellar kiradi.
Dolomit va ohaktoshlarning oralik jinslarini makroskopik farklash juda qiyin. Ularning tarkibini ishonchli aniqlash uchun kimyoviy tahlil qilish, shlifda va immersiyada o‘rganish, termik xususiyatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi.
Mergellar. Ular mayda zarrali, odatda yumshok, baʼzan tosh simon kattik jinslar bo‘lib, ok, sariqsimon-kulrang, yashilsimon kulrang, baʼzan to‘k kulrang va kora buladi. Mergellar peli tomorf yoki mikrozarrali kalsitdan (baʼzan dolomitdan) va gil minerallaridan tarkib topgan bo‘ladi. Gil minerallari jinsda tekis tarqalgan bo‘ladi. Mergellarda gilli komponentlar mikdori 40-60% ni tashkil etadi. Ular gidroslyuda, montmorillonit, pali gorskit va boshka gil minerallaridan iborat buladi. Karbonatli komponentlar esa asosan mikroskopik organizmlar: foramini feralar chiganoklaridan va nannoplanktonlarning giloflaridan tarkib topgan bo‘ladi. Baʼzi mergellarda sezilarli mikdorda kremnezem (opal) kuzatiladi. Bunday jinslar kremniyli mer gellar deyiladi. Baʼzan mergelda glaukonit, siolit, barit va
pirit uchraydi. Baʼzi mergellar kalin katlamlarni tashkil etadi va oxaktoshlar, dolomitlar yoki yozuv bo‘ri, kum-gilli yotkiziklar bilan birga uchraydi.
Mergellar sement ishlab chiqarish uchun muhim xom ashe
hisoblanadi va ularning bazasida Navoiy, Ohongaron, Bekobod,
Kuvasoy shaharlarida vatanimiz sanoatida muhim bo‘lgan yirik
zavodlar ishlab turibdi.
Aralash tarkibli boshka karbonatli jinslarda oxaktoshlar, dolomitlar, kremniy, kumir va terrigen bulaklar aralashgan bo‘ladi. Dolomitli oxaktoshlar (dolomit 5-50%), ohakli dopo mitlar (dolomit 50-90%), ankeritlashgan ohaktoshlar (ankerit 30 50% gacha), ohakli il, baʼzan oxaktoshlarning dolomitlashishi
(ankeritlashishi) natijasida kelib chikadi. Kremniyli ohaktoshlarda 50% gacha kremnezyom bo‘ladi. Bu jinslar yukori mustaxkamlikka ega. Kremnezemning mikdori kup bo‘lsa (50-90%) ular ohakli silitsitlarga aylanadi.
Ko‘mirli ohaktoshlar 50% gacha kumirli materialga ega bo‘ladi va ko‘mir qatlamlari bilan birga uchraydi. Ular kora rangli, o‘simlik tamgalari va kumirlashgan o‘simlik koldiklariga ega bo‘ladi. Shu xususiyatlari bilan boshka karbonatli jinslardan fark kiladi.
Karbonatli va bo‘lakli jinslar orasidagi oralik jinslarga turli ohakli gillar, alevritlar, argillitlar, kumtoshlar kiradi va 50% dan ortiq bo‘lakli materialdan tuzilgan. Gilli, kumli, apevritli ohaktoshlar va dolomitlarda karbonatli material 50% dan ortiq bo‘ladi. Ularning birinchi turlari karbonatli sementga ega va oxakli organizmlarning skeletlari mavjud bo‘lgan gil va bo‘lakli materiallarning to‘plamidan iboratdir. Ikkinchi turida esa qo‘shimchalar tarkok xolda joylashgan bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan aralash tarkibli karbonatli jinslar
orasida gilli ohaktoshlar va mergellar kuprok ahamiyatga ega.

Download 80,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish