3-MAVZU. VALIKLI VA ZARBLI HARAKATLANUVChI MAYDALAGIChLAR
Reja:
Valikli maydalagichlarning konstruksiyasi.
Valikli maydalagichni hisoblash asoslari.
Zarbli harakatlanuvchi maydalagichlarni tasnifi va ishlatilishi.
Bolg‘ali maydalagich konstruksiyasi.
Rotorli maydalagich konstruksiyasi.
Zarbli harakatlanuvchi maydalagichlarni hisoblash asoslari.
Tayanch iboralari:
maydalash jarayoni, sindirish va kukunlash, maydalagichlar, ishqalanish, oxak tosh, qorishma, sement, oxak, sopol, temir-beton
Valikli maydalagichlarning konstruksiyasi
Valikli maydalagichda materiallarni maydalanishi ikkita silindrikli valiklar o‘rtasida, bir–biriga uchrashib siqilishi va yuk ishqalanib yeyilishi harakati ostida gorizontal o‘q atrofida aylanishida sodir bo‘ladi. Valikli maydalagichlar silliq, rifelli (biror narsa sirtidagi taram-taram botiq chiziqlar yoki ariqchalar), qovurg‘ali va tishli yuzali valiklar bilan bir, ikki va to‘rt valikli bo‘ladi. O‘rtacha mustahkamlikdagi jinslar uchun (150 MPa gacha) silliq va rifelli yuzali, yumshoq va mo‘rt, sinuvchan jinslar uchun (80 MPa gacha) tishli yuzali valiklar ishlatiladi. Hozirgi kunda ikki valikli maydalagich eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi, uning prinsipi va uzatma chizmasi 1–rasmda keltirilgan.
1–rasm. Ikki valikli maydalagichlarning prinsipial sxemasi (a) va uzatmalari (b...g) chizmasi.
Maydalagichning asosiy ishchi qismlari valiklari (2 va 4) hisoblanadi (1–rasm, a chizma). Maydalanadigan material korpusdagi (5) qabul qiladigan tirqish (3) orqali mashinaga tushadi. Mashinani buzilishidan ehtiyot qilish uchun maydalanmaydigan narsalarni tushishida prujina (1) bilan bog‘liq bo‘lgan valiklarning bittasi podshipniklarga o‘rnatilgan va boshqa valik surilgandan joylashishi mumkin.
Valikli maydalagichlar valiklarning har xil uzatmasi sxemalariga ega. 1–rasm, b chizmada shkiv (6 uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g‘ildirak) va tishli g‘ildirakli uzatmasi (8) orqali elektrodvigateldan bitta valik uzatmasi ko‘rsatilgan. Boshqa valik birinchidan uzaytirilgan tishlari bilan maydalanmaydigan jismni o‘tkazib yuborishida valiklar nari ketishini ta’minlaydigan tishli g‘ildirak (7) orqali aylanadi. Bunday uzatmaning sxemasi qiyin va dinamik yuklar sharoitida ishlayotgan va mayda donador qattiq materiallar changishida tez–tez tishli g‘ildirakni (7) buzilishi uncha katta bo‘lmagan ishonchga ega. Shuning bilan birga hozirgi vaqtda keng tarqalgan deb, shkivlar (6) orqali (1–rasm, v chizma) har bir valiklar aholida uzatmasi yoki kardan vallari (9, 1–rasm, g chizma) va ruduktor (10) orqali bitta elektrodvigateldan (11) qabul qilingan. Oxirgi vaziyatda har ikkala valik siljishni amalga oshiradi, bu esa konstruksiya vaznining dinamik tenglashishini bajaradi.
Valikli maydalagich konstruksiyasi ikki valikli, ularning biri silliq, ikkinchisi esa rifelli bilan 2–rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |