Neft va gaz mahsulotlari tarkibini fizik kimyoviy usulda tekshirish
Keyingi yillarda neft va gaz mahsulotlaridan olingan murakkab organik biror moddalarning tuzilishini aniqlashda kimyoviy usullar bilan bir qatorda tahlilning fizik–kimyoviy usullaridan keng foydalanilmoqda. Fizik–kimyoviy usullar kimyoviy usullarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:
– Birinchidan fizik–kimyoviy usullar qo‘llanilganda tahlilni juda qisqa vaqtda va kam miqdor moddalar bilan bajarish mumkin.
– Ikkinchidan, fizik–kimyoviy usullar yordamida kimyoviy usul bilan erishib bo‘lmaydigan natijalar olish mumkin. Fizik–kimyoviy usulning bu afzaliklari kimyoviy usulni butunlay inkor etadi, deb tushunish noto‘g‘ri, albatta. Aksincha, fizik–kimyoviy usullardan birgalikda foydalanilganda samarali natija olish mumkin. Tahlilning fizik–kimyoviy usullari moddalarning kimyoviy reaksiyalari jarayonida fizikaviy xossalarini o‘rganishga asoslangan. Fizik–kimyoviy tahlil usullarining bir necha xili mavjuddir. Ulardan hozirgi vaqtda sanoat ayniqsa neft va gaz sanoatida neft va gaz mahsulotlarining xossalarini o‘rganishda ulardan olingan organik moddalarni shuningdek ilmiy tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladi. Ularning orasida tajribada katta ahamiyatga ega bo‘lganlari quyidagilardir:
1) spektral va boshqa optik usullar;
2) elektrokimyoviy usullar;
3) xromatografik–tahlil usullari;
Yuqorida ko‘rsatilgan uchta guruh orasida tahlil usullari sonining ko‘pligi jihatidan va tajribada eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bu spektral va boshqa optik usullar guruhidir. Spektral va boshqa optik usullar guruhi quyidagi tahlil usullarini o‘z ichiga oladi:
atom–emission spektrlar;
atom–absorbstion spektrlar;
infraqizil spektrlar;
alangaviy spektrometriya;
lyuminesstenstiya va boshqa usullar.
Bu usullar moddaning elektromagnit nurlar bilan o‘гaro ta‘siri natijasida hosil bo‘ladigan har xil effektlarini o‘lchashga asoslangan.
Elektrokimyoviy tahlil usullari guruhi elektr o‘tkazuvchanlikni, potensiallarni va boshqa xossalarni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, potensiometriya, konduktometriya, voltamperometriya va boshqa usullardan iborat.
Xromatografik tahlil usullari guruhiga, gaz va gaz–suyuqlik xromatografiyasi, yupqa qatlamli, ion almashinish va boshqa xromatografik usullari kiradi. Bu usullarni keyinchalik alohida ko‘ramiz.
Neft va gaz mahsulotlari tarkibidagi organik moddalarni tahlil qilish maqsadlarda fizik va fizik–kimyoviy xossalaridan foydalanish fizik–kimyoviy tahlil usullariga asoslangan. Fizik–kimyoviy tahlil usullari muhim afzalliklarga (yuqori sezgirlikka, natijalarning tez olinishiga) ega va qator ko‘rsatgichlari bo‘yicha klassik usullardan ustunlikka egadir. Fizik–kimyoviy tahlil usullarining yuqori sezgirligi, natijalarning tez olinishi, ularning universalligi, bu usullarni avtomatlashtirish mumkinligi va ko‘pgina boshqa afzalliklari, ularni xalq xo‘jaligida, fan va texnikaning turli sohalarida qo‘llash imkonini beradi. Mahsulot sifatini oshirish va mehnat unumdorligini oshirish kabi muhim masalalarni hal qilishda ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu fizik– kimyoviy usullar kimyo fanining yangi sohasi–kosmik tahliliy kimyoning asosini tashkil etadi.
Neft va gaz mahsulotlarini tahlil qilishda hozirgi vaqtda fizik–kimyoviy tahlil usullardan optik usullaridan Fotokolori–metrik, Ultrabinafsha (UB), Infraqizil (IQ), spektroskopiya, yadro magnit rezonansi (YaMR) elektronparamagnit rezonansi (EPR), mass–spektrometriya, rentgenostruktura, shuningdek xromatografiya usullari keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |