Hamitova Madinabonuning "umumiy fizika"


Neftning mineralli kelib chiqishi gipotezalari



Download 278,72 Kb.
bet2/11
Sana09.06.2022
Hajmi278,72 Kb.
#648803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fizika

Neftning mineralli kelib chiqishi gipotezalari
Neftning barcha mineralli kelib chiqish gipotezalarini uglevodorodlar, kislorod, oltingugurt va azot saqlagan neftning komponentlari oddiy dastlabki moddalar – va radikallardan yuqori haroratlarda sintez qilish g’oyasi birlashtirildi.
D.I.Mendeleyevning hisoblashicha uglevodorodlarning hosil bo’lish jarayonining asosi bo’lib chuqurlikdagi jinslarning metall karbamidlari yuzadan katta chuqurlikka sizib o’tadigan suv bilan o’zaro ta‘sirlashishi hisoblanadi. Jarayonning sxemasi quyidagicha ifodalanadi:
yoki umumiy holda

D.I.Mendeleyevning fikricha, hosil bo’lgan gaz holidagi uglevodorodlar yer qatlamining yuqoridagi sovuq qismiga ko’tarilib, u yerda kondensirlangan va g’ovak qoldiqli jinslarda to’planib turgan. O’sha vaqtda chuqurlikdagi jinslarda ham metall karbidlari ma‘lum bo’lmagan. Hozirgi vaqtda D.I.Mendeleyev taxmini tasdiqlandi, karbidlar ( ) topilgan. Ammo ular juda katta uyumlarni hosil qilmaydi, bu juda kichik (millimetrning ulushlari) juda kam uchraydigan va jinslarda tarqalgan mineral qo’shimchalardir. Shuning uchun tabiatda ma‘lum bo’lgan juda ko’p miqdorda uglevodorodlarning hosil bo’lish jarayonini bu nuqtai–nazardan tushuntirish juda qiyin. Shubhasiz suv yuzadan katta chuqurlikka sizib o’ta olmaydi. Ammo bu muhim emas, chuqurlikdagi jinslarning flyuid fazasi ma‘lum sharoitlarda o’zida suvni saqlaydi, shuning uchun uning karbidlar bilan o’zaro ta‘siri mumkin bo’lgan narsadir. Ehtimol oddiy uglevodorodlarning hosil bo’lishi ham mumkin, ammo katta miqdorda emas.
1982 yilda N.A.Sokolov tomonidan neftning kosmik kelib chiqish gipotezasi olg’a surilgan edi. Uning mohiyati yerning boshlang’ich kosmik shakllanish bosqichida uglevodorod, oddiy moddalarning mineralli sintezlanishiga asoslangan. Taxmin qilishlaricha, hosil bo’lgan uglevodorodlar gazli qobiqda bo’lgan, sovugani sari shakllanayotgan yer qobig’ining jinslari tomonidan yutilgan. So’ngra sovugan magmatik jinslardan ajralib chiqib uglevodorodlar yer qobig’ining yuqori qismiga ko’tarilib uyumlarni hosil qilgan. Bu gipoteza asosida kometa dumlarida uglerod va vodorodning hamda meteoritlarda uglevodorodlarning borligi to’g’risidagi faktlar yotadi. Hozirgi ma‘lumotlarga ko’ra, Yupiter va Titanning atmosferasida hamda gaz changli bulutlarda lar aniqlangan. Meteoritlarda (ko’mirli xondritlarda) qattiq ko’mirli moddalar, normal alkanlar, aminokislotalar aniqlangan, ammo ularning kelib chiqishi noma‘lum. Past konsentratsiyalar to’g’risidagi gap ketganda yerga tushganda meteoritlar ifloslanishdan mustasno emas. Bundan tashqari, bir qator olimlar tomonidan meteoritlarda shaklli organik tuzilmalar aniqlangan, ular yerdagi qadimgi jinslarning oddiy bir hujayrali organizmlariga o’xshaydi. Har holda yerning katta chuqurliklaridan mineral neftning kelib tushishini tushuntirishga meteoritlarda organik moddalarning borligi to’g’risidagi faktlarning hech qanday aloqasi yo’q. XX asrning birinchi yarmida neftning mineralli kelib chiqish gipotezasiga qiziqish yo’qolgan edi. Butun dunyoda neftni qidirish uning organik kelib chiqishi tushunchalardan kelib chiqqan edi. 1950 yildan boshlab mineralli gipotezaga qiziqish yana orta boshladi, bunga sabab organik konsentratsiyaning bir qator savollarida unchalik aniqlik yo’qligidadir, bu esa tanqidga olib keldi.
N.A.Kudryavsevning tushunchalari eng katta mashhurlikka ega bo’ldi. Ular vaqt davomida ancha o’zgarib turdi, ammo ularning mohiyati shundan iboratki, yerning chuqur zonalarida neft va gaz va aralashmasidan uglevodorodlarni va dan to’g’ridan – to’g’ri sintez qilish reaksiyasi natijasida hamda radikallarning polimerlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Faraz qilishlaricha uglevodorodlarning reaksion aralashmadan hosil bo’lishi litosferaning maydalangan chuqur siniqli uchastkalarida sodir bo’ladi. Yuqori bosim ostida bo’lgan uglevodorodlarning yuqoriga cho’kindi qatlamga otilib chiqishi neft va gaz uyumlarining hosil bo’lishiga olib keladi.
Bu fikrlarga yaqin bo’lgan fikrlar boshqa Rossiya olimlari – V.B.Porfirev, P.N.Kropotkin, E.B.Chekalyuk hamda AQSH tadqiqotchisi T.Gold tomonidan bildirilgan.
Neftning abiogen sintezi isbotini topish maqsadida ba‘zi tadqiqotchilar sintetik yoqilg’ilarni sanoatda olish jarayonlariga (Fisher–Tropsh sinteziga o’xshagan) murojaat qilganlar. Ammo neftning tarkibi to’g’risidagi bilimlar chuqurlashgani sari tabiiy va sintetik uglevodorodli aralashmalarning tarkibidagi chuqur farqlar yaqqol ko’rina boshladi. Sintetik uglevodorodli aralashmalarda neftlarda bo’lgan murakkab tuzilgan uglevodorodli molekulalar, tirik modda komponentlarining to’yingan struktur analoglari – yog’ kislotalar, terpenlar, sterollar va boshqalar deyarli yo’q. Neftning mineralli kelib chiqish gipotezasi tarafdorlarining bir qator argumentlari termodinamik hisoblashlarga asoslangan. E.B.CHekalyuk neft hosil bo’lish haroratini ba‘zi izomer uglevodorodlar orasidagi nisbatlar bo’yicha aniqlashga harakat qilgan, bunda u yuqori haroratli sintez termodinamik muvozanatli aralashmalarning hosil bo’lishiga olib keladi deb faraz qildi. Bunday yo’l bilan hisoblangan neftni hosil qilish harorati ni tashkil etdi, bu yerning yuqori mantiyasi chegarasidagi 100–160 km chuqurlikdagi zonaning haroratiga to’g’ri keladi. Ammo xuddi o’sha neftlarning boshqa izomer juftlari uchun hisoblashlar haroratning boshqa qiymatlarini ( dan gacha) beradi, bu qiymatlar yer qobig’i va mantiyasi sharoitida haqiqiy emas. Hozirgi vaqtda neftlarning izomer uglevodorodlari muvozanatda bo’lmagan sistemalar ekanligi isbotlangan. Ikkinchi tomondan, yuqori bosimlar sohasida bir necha (o’n ming paskal) uglevodorodlar termodinamik xossalarining hisoblashlari haddan yuqori ekstrapolyasiyalarga murojaat qilishga to’g’ri kelganligi uchun ancha shartlidir. Asosan yerning chuqurlikdagi sharoitlarida va bo’lganda ning gomologlarining hamda ba‘zi yuqori molekulali moddalarning sintezi sodir bo’lishi ham mumkin. Tarkibi bo’yicha shunday murakkab va qonuniyatli uglevodorodlar, azot, oltingugurt va kislorod saqlagan birikmalardan tarkib topgan tabiiy neftning mineralli sintezining mumkinligini isbotlab beradigan yetarli darajada na nazariy, na eksperimental ma‘lumotlar yo’q. Tabiiy neft optik faollikga ega va molekulyar hamda izotopli darajada ko’pgina belgilari bilan organizmning tirik moddasi va cho’kindi jinslarning bioorganik moddasiga o’xshaydi.
Yaqinda muhim izotop ma‘lumotlar olingan bo’lib, ular ham cho’kindi qatlamlarda neft–gaz uyumlarining hosil bo’lishida mantiy moddalarning roli uncha katta emasligi to’g’risida dalolat beradi. Ma‘lumki, uglevodorodlarning uyumlarida doimo ko’p bo’lmagan miqdorda geliy saqlanadi (odatda foizning o’ndan bir ulushidan ko’p emas). Mantiyadagi geliy uchun , cho’kindi jinslar uchun dan ko’p emas, ya‘ni ming marta kam nisbat xarakterlidir. miqdorining geliyga mantiyada nisbati 10 ga yaqin. Bu ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki uglevodorodlarning uyumlarida mantiyadan kelib tushgan geliyning ulushi ko’pgina hollarda umumiy miqdoriga hisoblaganda 1 % dan yuqori emas, mantiy metanining ulushi esa – 0,1 % dan yuqori emas. Ko’rinib turibdiki, mineralli hosil bo’lishi yer qa‘rida haqiqatdan sodir bo’ladi, ammo uning ulushi undan farqli o’laroq yuqori molekulali uglevodorodlarning neft–gazli uyumlarning cho’kindi qatlamlarida juda kamdir. Mineralli gipotezaning geologik isboti chuqurlikda joylashgan kristall jinslarda vulqonlardan otilib chiqadigan gaz va magmalarda, chuqurlikdagi ba‘zi bir yoriq joylarda neft va gazning ko’rinishlarida metan izlari borligi bilvosita isbotlar bo’lib, doimo ikki xil tushuntirilishi mumkin. Yer qobig’iga singayotgan chuqurlikdagi jinslar cho’kindi jinslarni birgalikda suyuqlashtiradilar va assimilyasiya qiladilar; vulqonlarning bo’g’iгlari ham cho’kindi qatlamlar orqali o’tadi, ba‘zida esa regional neft–gazni tashuvchilar orqali, shuning uchun ularda bo’lgan va ba‘zi bir boshqa neft uglevodorodlari nafaqat mineralli sintez natijasida balki cho’kindi jinslarning tutib olingan biogenli organik moddasining termik destruksiyasida yoki magmatik jinslarning sovushidan keyin cho’kindi jinslarga neft kelib tushganda hosil bo’lganda bo’lishi mumkin. Ammo asosiy isbot neftning ko’pgina uglevodorodli va uglevodorodli bo’lmagan birikmalarining kimyoviy va geokimyoviy ko’rsatkichlarining shunga o’xshagan organirmlarning tirik moddasi komponentlari va hozirgi jinslarning biogen organik moddasi bilan o’xshashligidan iborat.

Download 278,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish