Shundan so‘ng u bu yerda doimiy yashab Afshona qishlog‘ida
Sitora
ismli qizga u
ylanib ikki o‘g‘il farzand ko‘radi. O‘g‘illarining kattasi Husayn
(ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, oilasi bilan
Buxoroga ko‘chib keladilar va u shu yerda o‘qiy boshlaydi. 10 yoshga
yetganda Ibn Sino Qur’on va adab darslarini to‘la o‘zlashtirib oladi. Ayni
vaqtda u
hisob va aljabr bilan ham shug‘ullanadi, arab tili va adabiyotni
mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu
Abdulloh Notiliy bo‘lgan. U Notiliy qo‘lida mantiq, handasa va falakiyotni
o‘rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketadi.
Ustozi uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni
tayinlaydi.
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi.
Ibn Sino
17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida
tanildi. O‘sha
kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nuh
ibn Mansur kasal bo‘lib,
saroy tabiblari uni davolashd
an ojiz edilar. Buxoroda o‘sib ulg‘aygan
yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirni
davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida
davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino
saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu
kutubxona o‘sha vaqtda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va
boy kutubxonalardan sanalardi.
Kecha
– kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o‘z bilim
doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o‘z davridagi yirik olimlardan
biri hisoblangan Abu Rayhon Beruniy (973
– 1048) bilan ilmiy
munozaralar o‘tkazadi. 999–yillarda
Qoraxoniylar Buxoroni zabt
etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning
Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun
imkoniyat bo‘lmaydi, buning ustiga 1002-yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh
vafot etadi. Oqibatd
a buyuk alloma o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark
etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm O‘rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri
bo‘lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi.
G’aznaviylar hukmdori Sulton Maxmud (998–1030) Xorazm yerlarini o‘z
davlatiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo‘lishni istamagan
Ibn Sino taxminan 1010
–1011-yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda
chiqib, Xuroso
n tomon yo‘l oladi va Kaspiy dengizining Sharqi –
janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu
Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn Sinoga
eng yaqin va sodiq shogirdi bo‘lib qoladi. Ko‘p o‘tmay Ibn Sino
Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik
faoliyatini davom ettira
boshlaydi. U
17 yoshida tabobatga oid mashhur asari «Kitob al – qonun
fit -
tib» («Tib qonunlari») ning birinchi kitobini yozishga kirishadi.
1014-yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat
Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va
Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla (997-1021) xizmatiga kiradi.
Oldin saroy tabibi bo‘lib ishlaydi, so‘ngra vazirlik mansabigacha
ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, ilmiy ishlarni
davom ettiradi va qator asarlar
yaratadi, o‘zining
mashhur falsafiy
ensiklopediyasi «Kitob ash – shifo»ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
1023-
yili Isfaxonga ko‘chadi va «Kitob ash-shifo»ning qolgan
qismlarini yozishda davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir
qatorda fors tili
dagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi.
Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda
baquvvat k
ishi bo‘lgan, biroq, shaharma–shahar darbadarlikda yurish,
kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor t
a’qib
ostiga
olinib, hatto hibsd
a yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay
qolmadi. U kulanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi. Kasallik
zo‘raygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo‘ladi, oqibatda shu darddan u
428-hijriy yilining ramazon oyida (1037-yilning iyunida) 57 yoshida
Hamadonda vafot etadi. Uning qabri hozirgacha Eron davlatining
Hamadon shahrida saqlanib kelinmoqda.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning
deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga
oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari
qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib
ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242
asardan
80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid,
19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi
astrologiyaga, 1
tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga,
9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan
ilmiy
yozishmalarga bag‘ishlangan.
«Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta
1593-yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Kohira (1873,1877,1879), Tehron
(1889), Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi.
Ispaniyaning Toleda shahrida 1130-yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil
qilinadi va Kremonalik Gevard (1114
– 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab
tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib
qonunlari» kitobi Yevropa vrachlari qo‘lidagi asosiy qo‘llanmaga
aylanadi va universitetl
arda meditsina fani shu asar bo‘yicha o‘qitilgan.
O‘zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini
arabchadan o‘zbek va rus tillarida
tarjima qildilar va ularni
1954-1961-yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda
nashr etdilar. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur
shved botanigi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz
suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini
Avitsennia deb atagan. Shuningdek, 1956 -yil yurtimizda topilgan yangi
mineral ham ulug‘ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: