Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


ABU NASR FAROBIY (873-950)



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

 
ABU NASR FAROBIY (873-950) 
 
Buyuk mutafakkir-faylasuf.Sirdaryo yaqinidagi Farob shahrida 
turkiy oilada tug‘ilgan. Uning o‘tkir zehni va xotirasini sezgan otasi 
Bog‘dodga ko‘chib keladi. Damashq, Halab, Harron shaharlarini kezib, u 
yerlik olimlar suhbatini oladi.
Aristotel, Aflotun (Platon) kabi qadimgi yunon faylasuflari asarlari 
bilan tanishadi. Natijada uning atrofiga shogirdlar to
‘planadi va u 
madrasalarda dars bera boshlaydi. Shunday buyuk mutafakkir 
bo
‘lishiga qaramay, Forobiy yo‘qchilik bilan faqirona hayot kechirgan. U 
Aristotel asarlariga juda ko‘p sharhlar yozadi va bu sharhlar Sharq 
olimlarini tushunish qiyin 
bo‘lgan yunon falsafasi bilan tanishtiradi va 
shuning uchun ham Sharqda Forobiy “Muallim us-soniy” (Ikkinchi 
muallim) nomini olgan.
“Aristotelning metafizikasi maqsadlari haqida”, 
“Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Risola fi a’zoi inson” 
(Inson a
’zolari haqida risola), “Siyosat al-madoniya”, “Jamiyatni 
o‘rganish haqida kitob”, “Kitob maoyish va-l-hurub” (Hayot va urush 
haqida kitob), “Uyun al-masal” (Masalalar chashmasi), “Risola fi fusus 
al-
hikam” (Hikmat gavharlari haqida risola) uning mashhur asarlaridir. 
Abu Nasr Farobiy O‘tror shahrida (Hozirgi Qozog‘istonning 
Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada 
tug‘ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o‘tkir Abu Nasr 
ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal daraj
ada o‘zlashtirdi. 
Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o‘rgandi va uni yaxshi bilardi. 
O‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va 
yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi. U ko‘proq 
Bag‘dodda yashagan. Arab tilini juda ham yaxshi bilar, ko‘proq falsafa, 
mantiq va diyniy ilmlarga qiziqar edi. Farobiy turli ilmlarni yaxshi 
o‘zlashtirgan mavsu’iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, 
siyosat, falakiyot, kimyo, musiqa va boshqa ilmlarga oid o‘nlab kitoblarni 
yozgan.Farobiyning musiqa bo‘yicha yozgan kitobi islom madaniyatida 
yozilgan eng asosiy arabcha kitob 
bo‘lib, hozirgacha asosiy 
manba
lardan bo‘lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ixtiro 
qilgan. 
Abu Nasr Farobiy mashhur olim Abu Bashir Matta bilan birgalikda 
Arastu (Aristotel) asarlarini tarjima qildi va uni dohiyona sharhlar ila 
boyitdi.Shundan keyin unga «al-Muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim») 


va Sharq Arastusi unvoni berildi. Forobiy musiqa sohasida ham 
bilimdon bo‘lib, juda ko‘p kuylar yaratgan, hatto musiqa kuylarini harflar 
bilan ifodalash (nota)ni dastlab Forobi
y topgan va “qonun” degan 
cholg‘u asbobi yaratgan. 
Abu Nasr Farobiy ilm istab Samarqand, Buxoro, Hirot, G‘azna, 
Harron, Shom va 
yana ko‘plab musulmon shaharlarida bo‘ldi. Abu Nasr 
Farobiy hijriy 336-yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot 
etdi.
Abu Nasr Farobiy 260 dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari 
quyidagilardir:«Risola fi A’za il Inson», «Risola fi A’za al-Hayvon», 
«Risola fir-Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis», «Kitobun fi 
Aroi ahlil Madiynatil Fazila», «Risola fil millatil fazila», «Ta’liyqot», 
«Risola fi Tahsilis-Saodat», «Risola uyunul-masoil», «Risola al-
Mufarraqot», «Risola fi Masnil aql» va hokazo. 
Farobiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi, falsafa va 
boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga 
ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba’zi tadqiqotchilar 
mazkur kitoblarning soni qirq donaga yetganini aytadilar.
Farobiy o‘zining falsafiy faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon 
falsafasi va Islom diyni tushunchalarini muvofiqlashtirishga qattiq 
uringan. Uning o‘zi diynini mahkam tutadigan musulmon bo‘lgan. Shu 
bilan birga, u Aflotun va 
Arastu mazhabiga o‘xshash falsafiy mazhabga 
asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.O‘sha paytda Aflotunning 
«at-Tosu’ot» nomli kitobi tarjima qilinib xato tariyqasida Arastuning 
kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur 
bo‘lgan bu kitobni o‘qigan Farobiy Arastuning fikrlari xuddi Aflotunnikiga 
o‘xshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan xursand bo‘lgan va 
mazkur ikki faylasufning boshqa kitoblarini ham muvofiqlashtirish uchun 
harakat qilgan. Farobiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir xilda yaxshi 
ko‘rar va qadrlar edi. 
Shu bilan birga, bu ikki shaxsning fikrlari bir-
biriga zid bo‘lishini 
tasavvur qila olmas edi. Uning «Al-Jam’u bayna ra’yay al-Hakimayni 
Aflotun al-
Ilohiy va Arastutolis»–«Ikki hakim–Aflotun ilohiy va 
Arastularning 
fikrlarini jamlash» deb atalgan kitob Farobiyning bu 
borada olib borgan harakatining gultoji hisoblanadi. 
Farobiy o‘zining bu ishi ila birinchi bo‘lib Islom olamida Aflotun 
falsafasining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, xuddi shu 
ishning o‘zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda 
tap tortmay ishlatishga yo‘l ochib berdi. 



Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish