Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


ABU RAYHON BERUNIY (973-1048)



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

ABU RAYHON BERUNIY (973-1048) 
 
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o‘rta asrlarning buyuk 
qomusiy olimlaridan edi. 
Uning buyukligi o‘sha davrning deyarli barcha 
fanlariga qo‘shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo‘ladi. 
Beruniyning 
olimlilik 
salohiyatiga 
mashhur 
sharqshunos 
olim 
I.Yu.Krachkovskiy «uning qiziqqon ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan 
sohalarini sanab o‘tish osondir» deb baho bergan edi. G‘arb 
tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa «Beruniy musulmon fanini 
namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak» 
degan fikrni bildiradi. 
Olim 973-yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tavallud 
topdi. U bolalik va o‘spirinlik yillarini o‘z vatanida o‘tkazib o‘sha yerda 
turli il
mlarni o‘rgandi va olim sifatida shakllandi. Beruniy zamonasining 
mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oladi, o‘sha 
paytlar Buxoroda yashayotgan bo‘lajak olim Abu Ali ibn Sino bilan 
yozishmal
ar orqali ilmiy muloqotda bo‘ladi.U ona tilidan tashqari arab, 
sug‘diy, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit 
tilini o‘rgandi, yunon tilini esa yunon millatiga mansub qo‘shnisidan 
o‘rgangan. Bu esa o‘z navbatida Beruniyga mazkur tillardagi asarlar 
bilan chuqur tanishishga imkoniyat yaratdi. 
Beruniy tibbiyotga bag‘ishlangan "Saydana" asarida mingdan ortiq 
dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy 
vaziyatni o‘zgarishi natijasida Beruniy 998-yili Jo‘rjon shahriga ketishga 
majbur bo‘ladi. U bu davrga qadar Kot va Ray shaharlarida o‘zining 
dstlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jo‘rjonda kechgan 
yillar (998-1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot 
davri bo‘ldi.O‘zining birinchi astronomik tajribalarni 16 yoshda Kot 
shahrida boshlagan alloma, Jo‘rjonda nafaqat astronomiya va boshqa 
tabiiy fanlar bilan shug‘ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. 
Olimning muhim asarlaridan biri «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorlikla
r» uning Jo‘rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 
1000-
yili tugallagan bu asar muallifning ko‘p qirrali olim ekanini 
namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy 
Jo‘rjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo‘ldi. 
Beruniy 1005-yilda Xorazmga qaytadi. Xorazmning yangi hukmdori 
Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o‘z saroyida katta izzat-


hurmat bilan qabul qiladi. Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy 
markazda faoliyat ko‘rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham 
Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud 
G‘aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo‘ydi. 
U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr 
ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga G
‘azna shahriga 
olib ketiladi. 
Ma’lumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va 
Abu Sahl Masihiylar Mahmud G‘aznaviy zulmidan xavotirlanib, 
G‘aznaga emas, Jo‘rjonga qarab yo‘l olgan edilar.Beruniyning
1017-1048-
yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy 
jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun 
mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan 
dastlabki yillarda astronomiya va 
geodeziya masalalariga katta e‘tibor 
berdi. Muallifning ilmiy 
adabiyotlarda qisqacha «Geodeziya» deb 
yuritiladigan «Turar-joylar orasidagi masofani tekshirish uchun 
joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash» nomli astronomiya va 
geogra
fiyaga bag‘ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. 
Beruniyning «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar» 
asari ham 1029-
yilda G‘aznada yoziladi. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng 
u o‘zining «Hindiston» nomi bilan tanilgan «Hindlarning aqlga sig‘adigan 
va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash» kitobini yakunlaydi.Bunda 
Beruniy hozirgi Amerika q
it’asini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr 
avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga 
Mahmud G‘aznavining Hindistonga yurishlari sabab bo‘ldi. Saroyning 
eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud G‘aznaviy bilan 
Hindistonda bir muddat istiqomat qiladi va u yerda sanskrit tilini 
mukammal egallashga muva
ffaq bo‘ladi. U bu til yordamida hindlarning 
tarixi, urf-odati madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada 
yuqoridagi asarni ta’rif etadi. 1030-yili Mahmud G‘aznaviy vafot etib 
taxtga u
ning o‘g‘li Mas’udning o‘tirishi Beruniyning ahvolini ancha 
yaxshilaydi.
Olim o‘zining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur 
hukumdorga bag‘ishlab «Mas‘ud qonuni» deb ataydi. O‘rta asrning 
mashhur olimlaridan Yoqut Al-
Xamaviyning yozishiga ko‘ra, Sulton 
Mas‘ud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta miqdordagi 
kumush tangalar hadiya etadi.Yoqut Al-
Xamaviyning fikricha «Mas’ud 
qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan 
barcha kitoblarn
ing izini o‘chirib yuborgan. 


Olim S
ulton Mas’udning o‘g‘li Mavdudning hukumronlik yillarida 
(1041-
1049) o‘zining «Mineralogiya» va «Farmakognoziya» deb atalgan 
ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror 
asarlardan bo‘lib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan 
hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy 1048-
yili G‘aznada vafot etadi. 
Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, 
astrologiya, 
matematika, 
geodeziya, 
geologiya, 
mineralogiya, 
geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va 
bo
shqa fanlarning rivojiga noyob hissa qo‘sha oldi. U o‘z zamonasining 
hamma fanlarini puxta egallab olgan va bu fanlar taraqqiyotiga ulkan 
hissa qo
‘shgan ulkan siymo edi.

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish