Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


IMOM ISMOIL AL-BUXORIY (810-870)



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

 
IMOM ISMOIL AL-BUXORIY (810-870) 
 
 
Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muhaddis olim, hadis ilmining 
sultoni. Hadis 
ilmiga o‘zining aql-zakovatini baxshida etishi, islom 
dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanilishida katta hissa 
qo‘shdi. Yosh avlodni diniy qadriyatlarimizga, an’analarimizga, sadoqat 
ruhida tarbiyalashda Buxoriyning boy ma’naviy merosi tarbiyaviy 
a
hamiyatga molik. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, 
Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan 
shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot 
etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshdan 
islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini o‘rganishga va 
yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar
–al–Doxiliy Muhammad ibn 
Salom al-Paykandiy, Muhammad ibn Yusuf al 
– Poykandiy, Abdullox 
ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan 
muh
addislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta 
ham hadis q
oldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina 
boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.
Buxoriy 16 yoshga yetgunc
ha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis 
eshitib, yozib olib, xalifalikning turli vi
loyatlari tomon yo‘l oladi. 825-yil 
Buxoriyning onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini 
ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytar
ib, o‘zi Makkada qoladi. Bu 
yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 
827-yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn 
al-Munzir, Mutrif ibn Abdullox, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan 
muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda 
Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga 


tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad (s.a.v.)ning 
hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar 
edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha Buxoriy Xijoz, Maka, 
Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 yil davom etgan. 
So‘ng, Basra, 
Quva va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan 
tashqari Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi 
shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar 
to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis 
ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning sa’yi harakatlari bu vaqtda 
Buxoroda hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuxliyga xush 
kelmaydi.
Shu sababli, Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykentga, keyin esa 
Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur 
bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm 
ki
shilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Tijorat 
qilganda topgan daromadidan oyiga 500 dirhamdan faqir-u miskinlarga 
ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba, sarf-
xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan.
Ismoil al-
Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish 
bilan shug‘ullangan. Ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli va g‘ayri sahih (xato, 
zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash 
joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro 
munosab
atlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan.
Imom Ismoil al-
Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan 
bo‘lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayrisahih» hadisni 
yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati iqtidori, quvvai 
xofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahillarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga 
o‘ta fidoiylik, aql-zakovatini baxshida etish, Buxoriyga shon-sharaf 
keltirdi. Uning islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida 
tanitdi. Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari 
bizgacha 
yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» «Ishonchli 
to‘plam») deb nomlangan 4 jild (jus)dan iborat hadislar to‘plami islom 
olamidagi boshqa muh
addislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng 
ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xoriyjiy tillarga tarjima 
qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib,
1991-1996 -yillarda 4 jildda nashr etildi.
Imom Ismoil al-
Buxoriy yaratgan «Al-adab al-Mufrad» («Adab 
durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 
1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha 


marta c
hop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990- yilda Toshkentda 
nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-Kuna» 
(«Kunyalar haqida kitob») 1940 -yili Hindistonda chop etilgan. 
Buxoriyning «At-tarix al-kabir» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada
9 jildda nashr etilgan.
Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Xaydarobod kutubxonasida 
saqlanadi. 
Shuningdek, «At-tarix as-sag‘iyr» («Kichik tarix») ham hadis 
tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada 
chop etilgan. Buxoriyning yaratgan «Kitob al-Favoid» («Foydali ashyolar 
haqida kitob»), «Al-Jomiy al-Kabir» («Katta tayanch»), «Xal af’ol al-
ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), va boshqa asarlarning 
ba
’zilari bizgacha yetib kelmagan. Ba’zilari jahonning turli mamlakatlari 
kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma
‘lumotlar bor. Buxoriyning 
bosh
qa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini 
ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining 
barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlari 
bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olim-u 
ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.
Istiqlol sharofati bilan Imom Ismoil al 
Buxoriyning o‘lmas merosi el-
yurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha
1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida 
Buxoriyning ilmiy 
merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini 
abadiiylashtirish borasida katta ishlar qilindi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqanda yubiley t
o‘y-tantanalari bo‘lib 
o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang 
qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmuyi ochildi. Buxoriyning boy ma’naviy 
merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida Imom al-
Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi.Jamg‘armaning asosiy vazifasi 
Qur’oni karim va Buxoriyning «Al-Jome’-as-sahih»i tarjimalarining 
akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini 
tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy an
jumanlar o‘tkazish va ular 
y
ordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida 
tarbiyalashdan iborat.



Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish