Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


“Oqqan daryo – oqaveradi”, deydi dono xalqimiz. Bugun



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

“Oqqan daryo – oqaveradi”, deydi dono xalqimiz. Bugun 
buyuk 
ajdodlarimizning 
bebaho 
merosiga 
tayanib, 
yangi 
Renessans poydevorini yaratish uchun bizda barcha imkoniyatlar 
mavjud, deyishga to
‘la asoslarimiz bor. Hamma gap ana shu 
imkoniyatlardan qay darajada oqilona foydalana olishimizga 
bog
‘liq
.”
5
Zero, buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va 
merosini o‘rganish 
beqiyos ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyo xalqlari 
uyg‘onish davrida Movarounnahrda ilm-fan, ma’naviy va moddiy 
madaniyat anchagina rivoj topdi. Mashhur olimlar, diniy ulamolar 
yetishib chiqdilar. Bunda shubhasi
z islom ta’limoti va islom 
madaniyatining ta’siri katta edi. Bu davr sharq uyg‘onish davri deb 
ataladi. Ushbu davrda mashhur olimlar, ulamo va fuzalolar yashab ijod 
qildilar. 
Quyida umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan 
«Tarbiya» 
fanini o‘qitishda ajdodlarimiz hayoti va merosi haqidagi ma’lumotlardan 
foydalanish tavsiya etiladi:
5
Mirziyoyev Sh.M. “O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va 
suyanchimizdir” O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi, 2020-yil
30-sentabr. 


 
ABU BAKR NARSHAXIY (899-959) 
 
Abu Bakr Narshaxiy-Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy 
durdonalaridan biri bo’lmish "Tarixi Buxoro" deb shuhrat topgan nodir 
asarning muallifidir. U o’z asarini 943-944- yillarda arab tilida yozgan va 
uni shu yillarda taxtga o‘ tirgan Somoniylar davlati hukmdori Amiri 
Hamid, ya’ni Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-
Somoniy (943
—954)ga bag‘ishlagan. "Buxoro tarixi"ning o‘zida ham, 
boshqa tarixiy manbalarda ham muallifning hayoti va faoliyatiga doir 
biror kengroq ma’lumot uchramaydi. Faqat XIII asr muallifi Samoniyning 
"Kitob ul-
ansob" asarida uning to‘la ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far 
ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik ekanligi va u Buxoro ahlidan 
(Narshax qishlog‘idan) bo‘lib, 286- hijriy (899 -melodiy) yili tavallud 
topgan va 348- (959) yili vafot etganligi eslatiladi. 
Afsuski, "Buxoro tarixi"ning arab tilida yozilgan asl nusxasi 
bizgacha ye
tib kelgan emas. Bizga nasib bo‘lgani - bu fors tiliga tarjima 
qilinib, qariyb uch asr davomida bir necha bor tahrir, qisqartish va 
qo‘shimchalarni boshidan kechirgan nusxadir. Asarning so‘z boshisida 
aytilishicha, 1129- 
yili asli hozirgi Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr 
Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy Narshaxiyning kitobini 
do‘stlarining iltimosiga binoan arab tilidan forsiyga tarjima qilgan va 
bunda u asarning ba
’zi joylarini qisqartirgan,ammo shu bilan birga ayrim 
qo‘shimchalarni ham kiritgan.Narshaxiyning o‘zi aslida asarga qanday 
nom berganligi 
ma’lum emas. Shuning uchun u qo‘lyozma nusxalarda 
va tarixiy adabiyotlarda "Tarixi Narshaxiy", "Tahqiq ul-viloyat", "Axbori 
Buxoro", "Tarixi Buxoro" nomlari bilan yuritiladi. Lekin ulardan eng 
aniqrog
‘i va ilmiy adabiyotda ko‘proq ishlatiladigani "Tarixi Buxoro"dir. 
Narshaxiyning bu kitobida asosan Buxoro vohasining obod bo
‘lishi, 
ovchilik, baliqchilik va dehqonchilikning kasb etilishi, Numijkat, Poykand, 
Afshona, Varaxsha, Romiton, Vardona kabi qadimiy qishloqlarning 
barpo bo‘lishidan tortib, to Buxoro shahrining qad ko‘tarishigacha 
bo‘lgan muhim tarixiy voqealar to‘g`risida hikoya qilinadi.
Kitobda 
Markaziy 
Osiyoda 
arab 
xalifaligi 
hukmronligining 
o‘rnatilishi, Islom dinining tarqatilishi, otashparastlik va u bilan bog‘liq 
madaniy hayotning inqirozi, Muqanna "Oq kiyimliklar" harakati, 
Somoniylar davridagi davlat idorasi, madaniy qurilishlar borasida turli-
tuman qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Buxoroning iqtisodiy-ijtimoiy va 


madaniy hayotiga, ayniqsa, 
pul munosabatlariga, xiroj yig‘ish tizimiga 
oid ma’lumotlar bor. "Buxoro tarixi"da yer-suv munosabatlari haqida 
so‘zlar ekan, Narshaxiy qadimgi zamindorlarni "dehqonlar", ya’ni 
"qishloq hokimlari", ziroatchilarni "kashovarzlar", ya’ni "yer haydovchi"-
"qo’shimchalar", yirik yer egalariga qaram qishloq aholisini "kadivarlar" 
nomlari bilan ataydi.
VIII-X asrlarda Buxoroda hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan 
bo‘lib, har bir qishloq o‘z mahsuli bilan shuhrat topgan. Masalan, 
Zandana qishlog
‘ida to‘qiladigan ipak va ip matolar "zandaniycha" nomi 
bilan bugun Sharqqa mashhur bo
‘lgan. Buxoro shahrining o‘zida "Bayt 
ut-tiroz" no
mli to‘qimachilik korxonasi bo‘lib, uning mahsulotlari Fors, 
Kermon, Hindiston, 
Iroq, Shom, Misr va Rum kabi o‘lkalarga olib 
borilgan. Buxoro savdo
garlari nihoyatda boy tabaqa bo‘lib, Narshaxiy 
ularni "kashkashon" deb ataydi. Savdo munosabatlari keng yoyilganligi 
sababli Buxoro shahariga "Madaniyat ut-tujjor", 
ya’ni "Savdogarlar 
shahari" deb nom berilgan. 
Kitobda Buxoro vohasini sug‘oruvchi anhorlar, obod qishloqlar, 
rabotlar va ko’shklar haqida ma’lumotlar bor. Butun voha VIII-XII 
asrlarda Karmana, Shopurkom, Harqonat ul-Ulyo, Harqonrud, Ov-xitfar, 
Somjon, Baykonrud, Farovizi Ulyo, Komi Daymun, Arvon, Kayfur, Rudi 
Zar kabi sug‘orish tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlangan. Birgina 
Poykand s
hahri atrofida mingdan ortiq rabot bo‘lgan.Buxoro vohasini 
tashqi 
hujumlardan 
mudofaa 
etish 
maqsadida 
uning 
barcha 
dehqonchilik muzofot
lari bir necha yuz farsaxga cho‘zilgan mudofaa 
devori bilan o‘rab olingan. Bu devor 782- 831- yillar mobaynida qurib 
bitkazilgan va u "Kampirak" nomi bilan mashhur bo
‘lgan. 
Asarda Buxoro shahrining tarixiy topografiyasi to
‘g‘risida ham 
qimmatli ma’lumotlar bor. O‘rta asrlarda Buxoro arkining "Dari Registon" 
va "Dari G
‘o‘riyon" nomli ikki darvozasi bo‘lgan. Uning ichida 
"podshohla
r, amirlarning turar joylari bo‘lib, podshohlik devonlari va 
podshohlar turadigan qasr qadimdan shu yerda joylashgan". 850 -yilda 
Buxoro shahri yangidan devor bilan o
‘rab olingan. Uning 7 ta darvozasi 
bo
‘lgan. Buxoro qadim zamonlarda, Numijkat, Bumiskat (Foxira, 
Madinat us-sufriya, 
ya’ni "Mis shahar" nomlari bilan atalgan). 
Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobi birgina Buxoro tarixini emas, 
balki 
butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganish uchun qimmatli tarixiy 
asardir. Shu bois, Markaziy Osiyo xalqlarining VIII-XII asrlarga 
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda Narshaxiy ma’lumotlari va uning 
hammuallifi, tarjimoni va muharriri Abu Nasr Ahmad Kuboviyning 


qo‘shimchalari XIX asrdanoq keng foydalanib kelinmoqda, asarning 
nusxalari dunyo qo‘lyozmalar xazinalarida ko‘plab uchraydi. Birgina 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida 20 dan ortiq nusxa mavjud. Asarning forsiy 
matni bir necha bor: 1892- yili Ch. Shefer tomonidan Parijda, 1904-yili 
Mullo Sulton tomonidan Buxoroda (Kogon), 1939- yili Mudarris Rizaniy 
tomonidan Tehronda nashr qilingan. "Buxoro tarixi"ning N.Likoshin 
bajargan rus tiliga tarjimasi 1897- yili Toshkentda, R. Frayning ilmiy 
izohlar bilan boyitilgan inglizcha tarjimasi 1954-yili Kembridjda, 
Nasrulloh Taroziyning arab tiliga ilmiy izohli tarjimasi Misrda chop etildi. 
Bir necha qo‘lyozma va nashrlar matni solishtirilib, tafovutlar qayd 
etilgan ilmiy izohli o‘zbek tilidagi tarjimasi 1966- yili A.Rasulov va
A.O‘rinboevlar tomonidan (tarixiy shaxslarga izohlar D.Yusupovaniki) 
"Fan" nashriyotida nashr etildi. "Tarixi Buxoro"ning matnini va 
ma’lumotlarini boshqa manbalar bilan qiyosiy o‘rganib, undagi 
ma’lumotlarni manbashunoslik va matnshunoslik fani nuqtayi nazaridan 
tahlil etish ishlari hali davom etmoqda. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish