Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan  «Tarbiya»



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

3
Umumiy o
‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan 
«Tarbiya»
fanini 
o‘qitishda ajdodlarimiz merosidan foydalanish o‘z navbatida quyidagi 
vazifalarni belgilab beradi: 

tarixiy tafakkurning 
barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni masalasi 
mil
liy go‘ya va mafkuraning shakllanish jarayonidagi asosiy omil 
ekanligini tahlil qilish; 

o
‘tmishimizdagi tarixiy jarayonlar, tarixiy shaxslar, ular shaxsiy 
sifatlarining ahamiyatini, ularning faoliyatini
o‘rganish; 
2
Karimov I. Biz kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan quramiz. Т.7.—Т.: O‘zbekiston , 1999. 130-bet. 
3
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yO‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
kO‘taramiz. I-jild – T.: “O‘zbekiston”, 2017, 146 bet 



tariximizdagi buyuk allomalar hayotini o
‘rganish; 
Uslubiy qo‘llanmada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan 
«Tarbiya»
fanini o‘qitishda ajdodlarimiz merosidan foydalanish 
masalasiga oid uslubiy tavsiyalar berildi. 
 


 
 
Hamma 
oʻz 
tarixini 
ulugʻlaydi. 
Lekin 
bizning 
mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech 
qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga 
yetkaza bilishimiz kerak. 
Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk 
davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz 
– hech qachon 
mehnatdan 
qochmaydigan, qiyinchilikdan qoʻrqmaydigan, adolatni 
qadrlaydigan, azm-u shijoatli, buyuk xalqmiz.Barchamiz bir tan-u bir jon 
boʻlib, yakdil va ahil boʻlib harakat qilsak, halol-pok boʻlib, yaxshi niyat 
bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha 
aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.Bu 
yoʻlda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar boʻlmasin, barchasini mardona 
yengib oʻtishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning oʻzi, 
buyuk ajdodlarimizning pok ruh
lari madadkor boʻladi, deb ishonaman. 


Har bir hududga borganda oʻsha yerning tarixini oʻrganish va 
tiklashga e’tibor qaratmoqdamiz. Bobur Mirzo xalqimizning buyuk 
farzan
di. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtayi nazaridan u hamon yashayapti. 
Bu maskanni yanada 
obod qilib, tarbiya oʻchogʻiga aylantirish zarur. 
Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-
ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam boʻlmaymiz 
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu 
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-
turishi, bir so‘z bilan aytganda, 
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu 
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, 
yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda 
o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, 
degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq 
qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, 
tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. 
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z 
hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch 
va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas 
xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan 
keksalarni e’zozlash - odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, 
omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos 
azaliy qadriyatdir. 
Eng katta boylik 
– bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu 
yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik 
– bu bilimsizlikdir. 
Agar mendan “Sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, 
farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. 
Hammamizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv davrida 
jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, 
yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil 
fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har 
qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 


Maktab muammosiga birinchi darajali masala deb qarashimiz 
lozim. Maktab 
– faqatgina ta’lim beradigan maskan emas, barchamiz 
uchun yuksak ma’naviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab 
kasbga o‘rgatuvchi dargohga aylanishi zarur. 
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda 
O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga 
poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi 
O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi 
xalq emas. 
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,mamlakatni 
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu 
– ilm-fan, ta’lim va 
tarbiyadir. Ertangi kunimiz, 
Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi 
navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan 
chambarchas bog‘liq. 
Buyuk yunon olimi Aristotelning 
“Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi 
hal qiladi”, degan so‘zlari bor.Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. 
Demak, insoniyat ongli hayot kec
hira boshlagan davrdan buyon ta’lim va 
tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. 
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan 
ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan 
biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga 
muhrlan
gan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir 
qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik 
teran ildizlaridan dalolat beradi. 
Hammangizga yaxshi ma‘lumki, antik davrda Yunonistonda yongan 
ilm mash’alasi IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. 
Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun 
dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, 
Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 


ibn Sino
, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning 
jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga 
beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof 
etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, 
Imom Termiziy, Imom Moturidiy, B
urhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu‘in 
Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va 
cheksiz g‘ururi hisoblanadi. 
Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-
ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam boʻlmaymiz. 
O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan 
va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat
yurtimi
zda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab 
berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, 
Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va 
mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, 
Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod 
singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va 
me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi. 
Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng 
ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur 
va iftixor bag‘ishlaydi. 
Bir o‘ylab ko‘raylik, ajdodlarimiz bunday yuksak cho‘qqilarga 
qanday erishganlar? Ular, eng av
valo, jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini 
baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-
fan yutuqlarini chuqur o‘rganish va boyitishga bag‘ishlaganlar.Tan olish 
kerakki, biz ana shunday bebaho merosga ko‘pincha faqat tarixiy 
yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz. Bunday 
tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va 
e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros 
kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining 


Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq 
nodir qo‘lyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har 
tomonlama teran anglashimiz zarur. 
Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-
ma’naviy merosi 
biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu 
o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va 
ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday 
ruh bilan sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, 
h
urmatli ulamolarimiz bu ma’naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va 
tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur. 
Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma
’rifiy va madaniy merosini 
fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga 
yetkazish, shuningdek, uni o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, amalda 
qo‘llash chora-tadbirlarini ko‘rish kerak.
Mamlakatimizda 
Uchinchi 
Renessansni 
yigirmanchi 
asrda 
ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega 
deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun 
umrlarini milliy uyg‘onish 
g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish
millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini 
safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon 
qildilar. Ular 
“Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin 
emas” degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, 
taraqqi
yot va farovonlikka, avvalo, ma’rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, 
zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb 
hisobladilar.Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Ibrat 
domla, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin 
va boshqa yana yuzlab ulug‘ insonlar milliy uyg‘onish va millatparvarlik 
harakatining oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir 
qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga 
qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil 
etdilar. 


Ming afsuski, jadid bobolarimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu 
maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, 
ijtimoiy tuzum yo‘l 
bermadi. Ma’rifat fidoyilari o‘sha davrning turli johil kimsalarining tuhmat-
malomatlariga duchor bo‘ldilar. Avval chor hukumati, keyinchalik sovet 
hukumati ularni ayovsiz quvg‘in va qatag‘on qildi. Shu tariqa milliy 
uyg‘onish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon bo‘lib qoldi. 
Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-
saodati yo‘lida jonini fido qilgan 
jadidlarning ilmiy-ma
’rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham 
beqiyos ahamiyatga ega. 
Bu yil tavalludining 145 yilligi nishonlanayotgan ulug‘ ma’rifatparvar 
bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z vaqtida biz uchun ikki emas, to‘rt 
tilni bilish zarur, deb bong urgan edi. Behbudiy bobomizning ushbu 
da
’vati hozir ham g‘oyat dolzarb bo‘lib turibdi. 
Qadrli muallimlar, men bugun O‘qituvchi va murabbiylar bayrami 
munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risidagi 
Farmonni imzoladim. Ana shunday yurtdoshlarimiz orasida Vatanimiz 
istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, obod va farovon hayotini 
ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta’lim va tarbiya tizimini 
yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov 
“Buyuk xizmatlari uchun” 
ordeni bilan taqdirlanganini sizlarga va butun elimizga mamnuniyat bilan 
aytmoqchiman. 
Shaxsan men jonkuyar olimlarimiz, buyuk ajdodlarimizning ilmiy 
an’analarini munosib davom ettirgan holda, ilm-fanni taraqqiyotimizning 
drayveriga aylantirib, mamlakat rivojiga xizmat qiladigan muhim 
kashfiyotlar yaratishlariga ishonaman. 
Bugun men, avvalo, ta’lim-tarbiya sohasi fidoyilariga, barcha 
yurtdoshlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: aziz 
do‘stlar, birodarlar, 
agar intilsak, astoydil harakat qilsak, har qanday baland marrani egallash 
qo‘limizdan keladi. Biz ma’rifat borasida, ta’bir joiz bo‘lsa, “iligi to‘q” 


xalqmiz. Ilm-fanga intilish bizning qonimizda, bugungi til bilan aytganda
genimizda bor. 
Imom Buxoriy bobomiz oʻz kitoblarida keltirgan muborak hadisda 
aytilganidek, barch
a amallar niyatga qarab boʻladi.Darhaqiqat,pok 
niyatlar bilan boshlangan xayrli ishlar, albatta ijobat boʻladi. 
Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Davlat qonunlar asosida 
qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrat
i va tarkibi yo‘qoladi”, 
deb ta
’kidlagan edilar. Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya va qonun 
ustuvorligini ta
’minlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy 
davlatning bosh mezoni hisoblanadi. 
Buyuk alloma Najmiddin Kubro 
hazratlari “Muvaffaqiyatni – sa’y-
harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa 
– loqaydlik va dangasalikda koʻrdim”, 
deb bejiz aytmaganlar. 
«Moddiy va ma’naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. 
Maktab bu borada asosiy bo
‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta’limini 
rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq 
harakatiga aylanishi zarur» 
«Yaqinda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Zahiriddin Muhammad 
Bobur bobomiz haqida gapirdim. Bobur 12 ming askar bilan 100 ming 
askarni yenggan. O‘sha paytda shunday qilish mumkinmidi? Yo‘q. 
Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, aql-
zakovat. 
Men Boburni bugun ko‘p gapiryapman. Quyi palata yig‘ilishida ham 
gapirdim. Umuman, shu kunlarda men tariximizni ko‘p o‘qishga harakat 
qilyapman. 


Ming afsuski, bizga sovet davrida Pushkin, Lermontovning bobolari 
xoki qayerda to‘kilganini o‘qitgan, xolos. Alisher Navoiy yoki Boburlarni 
o‘qitmagan. Rus tilida o‘qigan odamlar Pushkin, Lermontovni o‘qigan. Biz 
hech kimga Boburni o‘qitmaganmiz. Uning ekologiya haqida yozganlarini 
o‘qisangiz, hozirgi davrda yashaydi, deb o‘ylaysiz. 
Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk 
davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz-hech qachon mehnatdan 
qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, 
azm-u shijoatli buyuk xalqmiz.Barchamiz bir tan-
u bir jon bo‘lib, yakdil va 
ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat 
qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tarixning 
yangi sahifasini yaratishga qodirmiz.Bu yo‘lda qanday qiyinchilik va 
mashaqqatlar bo‘lmasin, barchasini mardona yengib o‘tishga 
tayyormiz.Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning o‘zi, buyuk 
ajdodlarimizning pok ruhlari madadkor bo‘ladi, deb ishonaman. 
Men yangi 
O‘zbekistonni – obod va farovon, demokratik mamlakatni 
barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-
o‘qituvchilarni 
o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. 
Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab-
quvvatlash, sizlar uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib 
berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas burchim, deb 
hisoblayman. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish