110
tizimini
yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o’zlashtirish
bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir”
25
.
Hammamizga ma’lumki, uchinchi ming yillikning ijtimoiy madaniy mohiyati jahon
iqtisodiyotining globallashuvi, jamiyatni axborotlashtirish, ilm-fan, texnika, turli xil OAVning
jadal rivojlanishi hamda ma’naviy qadriyatlarning o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir.
XXI asr bejizga global axborot asri deb atalmagan.
Axborot texnologiyalarining
hayotimizga beqiyos ta’sirini har jabhada kuzatish mumkin. Shubhasiz, axborot texnologiyalari
insonlar hayotiga shu darajada chuqur kirib bormoqdaki, ularni umummadaniy kontekstdan
chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Shuning bilan birga mediaaxborotlar uning iste’molchilariga nafaqat
ijobiy, balki turli salbiy ta’siri ham oshib bormoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuz berayotgan, inson omilining roli kuchayib borayotgan
hozirgi
sharoitda
ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot
talablariga
mos
holda
insonlarning
mediakompetentliligini rivojlantirish hozirgi davr talablaridan hisoblanadi.
Shu bilan birga dars
jarayonlarida media vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarda media vositalariga bo‘lgan
munosabat, ijodiy va tanqidiy fikrlash, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishning ilmiy-
nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish dolzarb mavzulardan biri sanaladi.
Ma’lumki, bugungi davr jamiyatimiz taraqqiyotining barcha sohalariga yangidan-yangi
texnologiyalarni jalb qilishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, unga mediata’limning
keng joriy
qilinishi,
multimedia
texnologiyalarini
mukammal
o‘rganish
kishilardan
kompyuter
texnologiyasi borasida o‘ta savodxon bo‘lishini talab qilmoqda. Ulardan yagona axborot
makonini yaratish mediaaxborotni qabul qila olish va medialashgan muloqotni amalga oshira
bilishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda mediakompetentlik shaxsning muhim sifatlaridan biridir.
Uni shakllantirish esa – pedagogikaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
26
Kompyuterlarning asosiy vazifalari axborotlar ustida amallar bajarish hisoblanib, ham
bilim manbai, ham eng asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Har kim biror ishni bajarish,
biror
maqsadga erishish uchun turli axborotlardan foydalanadi. Inson kundalik axborotlar va
yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan, u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.
Lekin shuni ta’kidlab o‘tish joizki, axborot texnologiyalaridan foydalanishda, o‘quvchilar
ko‘pincha foydali ma’lumotlar olish o‘rniga befoyda axborotlarga, ayniqsa Internetdagi shunday
ma’lumotlarga qiziqishlari kundan-kunga ortib bormoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki,
axborotlarning ijobiy va salbiy jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. «
Axborotlarning ijobiy tomoni – o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot insonlar, ayniqsa,
yoshlarning dunyoqarashini boyitishi,
bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lish imkonini
beradi. Axborotlarning salbiy tomoni – hozirgi kunda bizning milliy qadriyatlarimizga yot
bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va
an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlash
va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning
oldini olish bizning
vazifamizdir»
27
degan edi rus olimi A.V.Fedorov.
25
KarimovI.A. Asosiyvazifamiz – Vatanimiztaraqqiyotivaxalqimizfarovonliginiyanadayuksaltirishdir //
Xalqso’zigazetasi. 2010-yil 30-yanvar. №21.
26
http://edu.of.ru/mediaeducation
27
Федоров. А.В. Медиаобразование – будущих педагогов. – Таганрог: Изд-во Кучма, 2005. – С.314.
111
Aynan mana shu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim beruvchi tashkilotlar hamda
pedagoglardan, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ayniqsa, mediata’lim asosida vujudga kelgan
mediakompetentlik tushunchasiga e’tibor qaratishlariga ehtiyoj zarurligi oydinlashib boqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: