Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

Mediakompetentlik tushunchasi. 
(media competence) ta’limga kirib kelayotgan yangi 
atama hisoblanib, u media ma’lumotlarni turli ko’rinishda uzatish va baholash, o‘rganish, 
yetkaza bilish kabi ma’nolarni o‘z ichiga oladi
28
. Mediakompetentlikni ta’lim sohasida 
ishlatishda bir necha kompotentlarni joriy qilish masalasiga to‘xtalib o‘tilishi ham bejiz emas. 
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, mediakompetentlik tushunchasi ostida yotadigan bir nechta atamalar, 
jumladan, mediamadaniyat, mediatarg‘ibot, mediata’lim, mediaaxborot, kompyuter madaniyati, 
mediasavodxonlik atamalarga e’tiborliroq bo‘lish barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim 
o’rin egallaydi. Kompetentlik o’quvchi tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishi 
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning 
o’zlashtirilishini nazarda tutadi. 
Kompetentlik – ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritish imkoniyatini beradigan 
bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. 
Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmuyi bo‘lib, ma’lum sohadagi 
bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirish, insonga muayyan masalalarda fikr bildirish, 
ma’lum qarorlarni ishlab chiqarishda ishtirok etish yoki o‘zi qaror qabul qilish imkonini beradi. 
Mediakompetentlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan televideniye orqali axborot 
qabul qilishda ko‘plab kanallardagi mediakliplar va tomoshabinlarning namoyish qilinishida 
hech bir yomon jihatlari yo‘qdek, yoshlar musiqa tinglab, kliplarni tomosha qilib, hordiq 
chiqarishadi. Ammo ayrim xorijiy kanallarda beriladigan kliplar, undagi kiyinish odobi, 
qo‘shiqlarning ma’nosi va saviyaning pastligi, ko‘rsatuvni boshlovchilarning o‘zini tutishi va 
ular tomonidan foydalanadigan so‘zlar shuni isbotlaydiki, ular milliy qadriyatlarimizga zid 
kelishini kuzatishimiz mumkin. Bu esa yosh avlod ongiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. 
YUNESKOning tahliliy materiallari bo’yicha, har bir inson o‘zining hayoti davomida 
o‘rtacha 3 milliondan ziyodroq reklamalarga duch kelarkan. Ushbu reklamalarni televideniye, 
radio, gazeta, jurnallar, Internet orqali ko‘rishimiz mumkin. Reklama bugungi kunda insonlar 
ongi uchun kurashda eng kuchli ta’sir vositasiga aylangan. Hozirgi reklama sanoati shu darajada 
rivojlandiki, unda insonlar ongini manipulyatsiya qilishning tasavvur qilib bo‘lmaydigan usul va 
vositalaridan foydalaniladi. 
Masalan, turli energetik ichimliklar reklamasini olsak, ular kuch-quvvat manbai deb 
reklama qilinadi. Butun dunyoda ushbu ichimlikni iste’mol qiluvchilarning o‘rtacha yoshi 14-18 
yoshni tashkil qilar ekan. Mana shu reklama ta’sirida asosan o‘smir yoshlar hali organizmi to‘la 
shakllanib ulgurmasdan, bu ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilishini va oqibatida uning 
zararidan nobud bo‘lganlarini ham kuzatish mumkin. 
Bunday sharoitda mediata’limning dolzarbligini yaqqol kuzatish mumkin. Mediata’lim 
xalqimizning urf-odatlariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda tashkil 
etilishi zarur. Mediata’lim yoshlarni zamonaviy OAV bilan xavfsiz va samarali muloqot qilishga 
tayyorlaydi, 
ularda 
mediaogohlikni, 
mediasavodxonlikni, 
mediamadaniyatni 
va 
mediakompetentlikni shakllantiradi. 
Bugungi kunda yoshlarda mediasavodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga bo‘lgan 
ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu sababli, XXI asr boshlarida ko‘plab davlatlar yoshlarda 
28
SafarovaR.G’., Jo’rayevR.X. Pedagogikaensiklopediyasi. 2015. 


112 
mediasavodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish – ularning rivojlanishida muhim omil ekanligini 
tan olgan holda o‘zlarining mediata’lim yo‘nalishi bo‘yicha milliy dasturlarini yaratishni 
boshlaganlar. Bundan asosiy maqsad esa mediasavodxonlikni ta’lim tizimi va dasturlariga 
kiritish hisoblanadi. Mediakompetentlikning yana bir tushunchalaridan biri – mediavositalar 
yordamidagi masofaviy ta’lim tushunchasidir. Bu yo’nalish ham tobora ommaviylashib 
bormoqda
29
. Shuning uchun ham, ta’lim tizimining umumpedagogik vazifalaridan biri – 
mediakompetentlikni rivojlantirishdir. 
Mediakompetentlikni rivojlantirishda uning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda 
shakllantirish hamda pedagogik sharoitlarni aniqlash juda muhim. 
Hozirda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda oily ta’lim muassasalari 
o‘quvchilarining axborot texnologiyalari borasidagi bilimlarni takomillashtirish orqadi 
mediakompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash muhim 
masalalardan hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni voyaga yetkazish, ta’lim sohasida axborot 
texnologiyalari va mediakompetentlikni yanada rivojlantirish uchun rivojlangan davlatlar 
tajribalaridan foydalanish, o‘quv rejalariga bu borada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni kiritish, 
mediakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi metodik mashg‘ulotlarni joriy etish, 
mediakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi metodik qo‘llanmalar yaratish hamda 
o‘quvchilarga yetkazish, mediata’lim sohalarini rivojlantirish davr talabidir. Chunki OAVning 
milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan kuchli ta’siri sharoitida ma’lumotlarni yaxshisini yomonidan 
ajrata olish uchun yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarimiz salbiy axborotlar ta’siriga 
tushib qoluvchi qatlam sanaladi. Shu bois ularni o‘z nazoratimizga olish bizning pedagogik 
burchimiz hisoblanadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish