Eh, jannatmakon Vatanim! Men seni sevaman! Shunday Vatanda
yashashning o'zi bir baxt.
Gaplar doskadan o'qilib, savollar bilan o'quvchilarning vatan haqidagi tushunchalari kengaytiriladi. Ularda vatanga muhabbat
tuyg'ulari o'stiriladi.
Nima uchun jannatmakon vatanim deymiz?
Vatanimiz sizga yoqadimi? Nima uchun?
Vatan deganda nimani tushunasiz?
Vatan qayerdan boshlanadi?
Sizning vataningiz qayer?
Siz vataningizni nima uchun sevasi/,7
O'quvchilar gaplarni husnixat qoidalarign rioya qilib yozadilar.
V.Baholash. O'quvchilarning olgan baholari e'lon qilinadi va baho izohlanadi.
VI.Uyga vazifa: 128-mashq
MRO`TIBO`_____
Sana
Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Gapda so'zlarning bog'lanishi haqida tushuncha berish. Gapda so'zlarning ma'no jihatdan bog'ianishini amaliy ko'rsatish. Gapda ma'no jihatdan bir-biriga bog'langan so'zlarga so'roq berishga o'rgatish. Yig'iq gaplardan yoyiq gaplar tuzishga o'rgatish.
Tarbiyaviy: tabiatga bo'lgan qiziqishni o'stirish.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilar yozuvining chiroyli bo'lishiga erishish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: izlanish.suhbat,amaliy,o`yin
Darsning jihozi: gaplarning chizmalardagi tasviri , turli ko'rinishdagi rasmlar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
II..Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III.Husnixat mashqlari.
Quyidagi gaplar husnixat qoidalariga rioya qilgan holda doskaga yozilgan bo'ladi.
Non aziz. Nonni isrof qilmang! Nonning uvog'i ham non.
Gaplar doskadan o'qiladi. So'ngra nonning hayotdagi o'rni, ahamiyati ochib beriladi. Non haqidagi kichik rivoyatlardan aytib berish ham mumkin. So'ngra o'quvchilar gaplarni husnixat qoidalariga rioya qilib yozadilar.
IV.Yangi mavzuni bayon etish. O'quvchilar diqqati avvaldan doskaga yozib qo'yilgan gapga (Kecha o'quvchilar musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritdilar) qaratiladi. Gap bolalardan biriga o'qitiladi.
Gapning bosh bo'laklari aniqlanadi va doskaga yoziladi. Suhbat yordamida ma'no jihatdan o'zaro bog'langan so'zlar aniqlanadi.
Kimlar? kiritdilar — o'quvchilar kiritdilar.
O'quvchilar nima qildilar? — o'quvchilar kiritdilar.
Gulzorda yengilgina shamol esyapti,Gapning egasi qaysi? (Shamol.)
Kesimi-chi? (Esyapti.) Nima esyapti? (Shamol esyapti.) Kesimga savol bering.
Shamol nima qilyapti? (Shamol esyapti.)
Kesimga qarab ikkinchi darajali bo'laklarga so'roq bering. Qayerda esyapti? (Gulzorda esyapti.) Qanday shamol? (Yengilgina shamol.)
Boshqa gaplardagi so'zlarning bog'lanishi ham ana shunday aniqlanadi.
O'quvchilar matnni ko'chirib, gapdagi ega, kesim va ikkinchi darajali bo'laklarni chiziqlar bilan ko'rsatadilar.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Gapda so'zlar bir-biri bilan qanday bo'glanadi?
Gapda so'zlarning bog'lanishini nimalar orqali aniqlaymiz?
Gapda qanday bo'laklar bo'ladi?
VI.O'quvchilarning faolligi reyting ball tizimida baholanadi.
VII.Uyga vazifa: 131- mashq. Mashqning shartini tushuntirish.
MRO`TIBO`_____
Sana
Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o'quvchilarning gap bo'laklari, gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi bilimlarini kengaytirish, gapning mazmuniga ko'ra turlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; Tarbiyaviy: mehnatga bo'lgan qiziqishni o'stirish.
Rivojlantiruvchi: husnixat malakalarin rvojlantirish.
Darsning turi: takrorlash.
Darsning metodi: izlanish.suhbat,amaliy,kichik guruhlarda ishlash,sinkveyn.
Darsning jihozi: gaplarning chizmalardagi tasviri , turli ko'rinishdagi rasmlar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
II..Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III.Husnixat mashqlari. Husnixat uchun material,
Do'stlaringiz bilan baham: |