Bosh so'ziga so'roq bering. (N i m a ?)
Boshliq so'ziga so'roq bering. (Kim?)
Bu so'zlar nimani bildiryapti? (Shaxs va narsalarni.)
Boshli so'ziga so'roq bering. (Qanday?)
Qanday? so'rog'iga javob bo'lgan so'z nimani bildiradi? (Shaxs va narsalarning belgi xususiyatini.)
Shuningdek, gul, gulchi, gulzor, guldor so'zlari bilan ham shunday savol-javob o'tkazib, javoblar umtimlashtiriladi.
Tilimizda juda ko'p so'zlar bor. Ular orasida ma'no jihatdan bir-biri bilan yaqinlik sezilib turadi. Ularning qismlarida umumiy-lik seziladi. Ana shu umumiy qism so'zning o'zagidir.
143-mashq sharti yuzasidan bajariladi.
Husnixat mashqlari.
Shior: Go'zal husnixat buyuklardan qolgan merosdir.
Husnixat uchun material.
Hamma ishlaringizda to'g'ri bo'ling. Odamlarga rnuomalada xulqingiz chiroyli bo'lsin. Muloyimlik hikmatning boshidir.
Gaplar o'qilib, husnixat qoidalariga anial qilingan holda yoziladi. Hikmatlarning mazmuni yoritiladi.
VI.Mustahkamlash.144-mashq shartiga ko`ra daftarda va doskada bajariladi.
V.Baholash.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra ball qo`yib boradilar.
VI.Uyda: 145-mashq.
MRO`TIBO`_______________
Sana. Mavzu: O`zak va o`zakdosh so`zlar.
Maqsad:
Ta`limiy: o'zakdosh so'zlarning bir-biriga o'xshash va farqli tomonlarini ajrata bilish, so'zlarning umumiy qismini aniqlash va belgilash malakasini hosil qilish; Tarbiyaviy: kasb-hunarga qiziqish uyg'otish; hadis namunalari bilan tanishtirib, tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: ijodiy faoliyatini oshirish;
Darsning metodi: interfaol metodlardan foydalanish.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I Tashkiliy qism. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy ishini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III.Mavzu bayoni. „Mening o'zagim qani?" mavzusida harakatli mashg'ulot
o'tkazish. Mashg'ulot quyidagicha tashkil etiladi:
Doskaga 7, 8 o'quvchi chaqiriladi. Ular stoldagi orqasi o'girib qo'yilgan paxta, sinf, meva, mashina, bog', urug', tuz rasmi solingan qog'ozlardan tanlab oladilar. Ularni vaqtincha hech kimga ko'rsatmay turadilar. Qolgan o'quvchilarga o'zakdosh so'zlar yozilgan qog'ozchalar tarqatiladi. (Qog'ozchalarga paxtazor, bog'bon, tuzsiz, mevali, sinfdosh, mashinachi, urug'siz so'zlari yozilgan.) O'quvchilar „Mening o'zagim qayerda?" deb rasmlarga qarab, o'zlarining qaysi o'zakka mansub ekanliklarini ikki daqiqa ichida topib oladilar. Guruhlar (o'zak) o'zlarining o'zakdosh so'zlarini yig'ib olgandan so'ng bir-birlarini nazorat qilib, so'z mazmunini yoritadilar. Guruhlar bir-birlarining ma'no jihatdan bog'liqliklarini tekshiradilar. Eng chaqqon guruhlardan ikkitasi doskaga chiqib o'zak — o'zakdosh so'zlarni yozadilar.
4. Husnixat mashqlari. Shior: Kim yozolsa chiroyli,
Do'stlaringiz bilan baham: |