Tinchllk- farovonlik demakdir. Yurti tlnchning eli tinch, Tinch elning bog'i ko'rkarn.
Maqollar o'qiladi. Mazmuni yuzasidan savollar beriladi.
Xalqlarimiz qanday yashaydi?
Biz nima uchun tinch yashaymiz?
Farovonlik deganda nimani tushunaslz?
Yurt, el so'zlariga yaqin ma'noli so'zlar tanlab ayting (yurt, vatan, makon, joy, el, xalq.)
Tinch elning bog'i ko'rkarn deganda nimani tushunasiz?
Eng katta vatanimiz qayer?
Eng kichik vatanimiz-chi?
O'quvchilar husnixat qoidalariga amal qilgan holda maqollarni ko'chirib yozadilar.
IV.Darslik bilan ishlash.130- mashqni bajarish. Mashqda berilgan birinchi gapdagi so'zlarning bog'lanish chizmasi yozilgan plakat doskaga osilib, so'zlarning bog'lanishi ko'rib chiqiladi.
Nima yangradi? — Kuy yangradi.Nima? kuy — ega, nima qiladi? allalaydi — kesim.
Qanday kuy? — yoqimli kuy (yoqimli — ikkinchi darajali bo'lak.)
Kimni allalaydi? — odamni allalaydi. (Odamni ikkinchi darajali bo'lak.)
Gapdagi qaysi bo'laklar bir-biri bilan bog'langan? (Ega bilan kesim.)
— Ikkinchi darajali bo'laklarchi? (Biri egaga, biri kesimga.)
Ikkinchi gap o'qiladi. (Nay ovozi may in yangradi.)
Ikkinchi gapdagi so'zlarning bog'lanish chizmasi chiziladi. Egaga so'roq beriladi.
Nima yangradi? — ovozi yangradi. (Ovozi — ega.) Kesimga so'roq beriladi.
Nima qildi? — yangradi. (Yangradi — kesim.) Nay so'zini ovozi so'zi bilan bog'lab, savol beriladi. — Nima ovozi? — Nay ovozi. (Nay — ikkinchi darajali bo'lak.)
Yoqimli so'zini yangradi so'zi bilan bog'lab savol beriladi.
— Qanday yangradi? Yoqimli yangradi. (Yoqimli — ikkinchi
darajali bo'lak.)
Gapdagi so'zlarning bog'lanishi doskaga chizib boriladi. Suh-batdan quyidagi chizma hosil bo'ladi.
Nima? Ovozi — ega.Nima qildi? Yangradi — kesim.Nima ovozi? — Nay ovozi-
Qanday yangradi? (Mayin.)
3, 4-gaplarning bog'lanishi og'zaki ko'rib chiqiladi va o'quvchilar ularni yozib, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarni chiziqlar bilan ajratib ko'rsatadilar va daftarlariga ko'chiradilar.
V.Darsni yakunlash va bilimlarni mustahkamlash.
So'zlar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
Gapda ikkinchi darajali bo'laklar qaysi bo'laklarga bog'lanar ekan?
133-134-mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.
VI.Uyga vazifa: 135- mashq.
MRO`TIBO`_____
Sana
Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi bilimlarini kengaytirish,
Tarbiyaviy: mehnatga bo'lgan qiziqishni o'stirish.
Rivojlantiruvchi: husnixat malakalarin rvojlantirish.
Darsning turi: takrorlash.
Darsning metodi: izlanish.suhbat,amaliy,
Darsning jihozi: turli ko'rinishdagi rasmlar
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
II..Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III. Darslik bilan ishlash.
136-mashq. Berilgan so'zlardan gaplar tuzing va yozing.
dehqon, yer, o'rtog'idan, olibdi, sotib
haydabdi, yerni, dehqon, bahorda
chiqibdi, tilla,to'ldirilgan,xumcha, undan
dehqon, olib, boribdi, o'rtog'iga, xumchani
xumchani, olmabdi, o'rtog'i
Ertakni davom ettiring.
Dehqon o'rtog'idan yer sotib olibdi.
Dehqon yerni bahorda haydabdi.
Undan tilla to'ldirilgan xumcha chiqibdi.
Dehqon o'rtog'iga xumchani olib boribdi.
O'rtog'i xumchani olmabdi.
137-mashq. Beriigan so'zlardan gaplar tuzib yozing.
ferma, otam, xususiy, qilgan, tashkil; qoramollar, boqiladi, fermada; mollarni, akam, pichan, yem bilan, boqadi; onam, sog'adi, uch mahal, sigirlarni; go'sht, sut, har yili, yetishtiramiz, mo'l.
Gaplaming oxiriga qaysi belgini qo'ydingiz?
Nega? Bular qanday gaplar deyiladi?
IV.Darsni yakunlash va bilimlarni mustahkamlash.
So'zlar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
Gapda ikkinchi darajali bo'laklar qaysi bo'laklarga bog'lanar ekan?
133-134-mashqlar sharti yuzasidan bajariladi.
VI.Uyga vazifa: 138- mashq.
MRO`TIBO`_____
Sana
Mavzu. 6-nazorat ishi .
Maqsad.
Ta`limiy: So'zlarni to'g'ri yozish va bo`g`inlarga bo'lish ko'nikmasini tekshirish. Tabiyaviy:O`quvchilarda o`z bilimlariga bo`lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:To`g`ri va chiroyli yozish ko`nikmalarini shakllantiish O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Diktant matni.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va diktant daftarlarini tarqatish.
III.Yangi mavzu bayoni:Hurmatli o`quvchilar bugungi darsimizda “Keksa bog`bon”mavzusida diktant yozamiz.Diktant matni chiroyli qilib o`qib beriladi.Doskaga sana va sarlovhasi yoziladi.Diktant yozish qoidasi,ketma –ket kelgan bir xil undashlar ,talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosi esga olinadi.O`quvchilar qoidani aytadilar.,misollar keltiradilar.Keyin o`quvchilar Zuhriddin,boqqa so`zlarida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri oldingi yo`lda qoldirib,ikkinchisi keyingi yo`lga o`tkazilishi haqidagi qoidani eslaydilar. Har bir gap alohidadan o`qib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |