Labning
Ishtirokiga ko’ra
Tilning
Ko’tarilish
Darajasiga ko’ra
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Yuqori ko’tarilish
|
И
|
й
|
<ъ,ь>
|
|
ы
|
У
|
O’rta ko’tari-lish
|
Yuqori-o’rta ko’tarilish
|
E
|
|
|
<ў>
|
|
O
|
quyi-o’rta ko’tarilish
|
Э
|
|
|
|
|
|
Quyi ko’tarilish
|
ә
|
|
|
|
a( )
|
|
Demak, unlilarning turli ottenkalarini berish uchun transkripsiyada 15 ta belgi olingan. Bu belgilar orqali o’zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli fonemalarni ifodalash mumkin.
Undoshlar uchun rus grafikasiga asoslangan o’zbek alfavitidagi e,ё,ю,я, grafemalaridan boshqa barcha harflar ishlatiladi: "e","ё","ю","я"lar esa transkripsiyada quyidagicha ifodalanadi:
E- йe,йэ,й.
Ё-йэ .
Ю-йү,йу.
Я-йә,йа.
Transkripsiyada undoshlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, "l`"(yumshoq"l") kabi.23 2.Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu turi faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan, unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, kир,қир (fonematik transkripsiya )-kъr, қьr (fonetik transkripsiya), karam,qaram fonematik transkripsiya), kәrә m, qaram (fonetik transkripsiya). Fonematik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo’llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko’p bo’ladi.
Tekshirish savollari
1.Fonema nima?
2.Fonemalarning differensial va integral belgilarini qanday tushunasiz? Bu belgilarning tilda qanday roli bor?
3.Fonologik oppozitsiya (zidlanish) nima? Korrelyatsiya-chi?
4.Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi?
5.Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan?
6.O’zbek tili konsonantizmida korrelatsiyaning qanday turlari bor?
7.O’zbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud?
8.Vokalizm sistemasining shakllanishida tilning ko’tarilishi, tilning yotiq harakati va lablarning ishtiroki qanday rol o’ynaydi? Ulardan qaysilari unli fonemalarning fonologik belgilarini shakllantiradi?
9.Fonema ottenkalari va fonema qatori nima?
10.Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan?
11.Fonema ottenkalaridan birining o’rnida ikkinchisini qo’llab bo’ladimi?
12.Fonemalarning variatsiya va variantlari qanday farqlanadi?
13.Fonemalarning mo’tadillashuvi (neytrallashuvi) va arxifonema (giperfonema) tushunchalarini qanday izohlaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |