Tayanch tushunchalar
Fonema – so’zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig’ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonemalarning differensial belgilari - o’zaro qarama-qarshi qo’yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.
Fonemalarning integral belgilari - o’zaro qarama-qarshi qo’yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.
Fonologik oppozitsiya - differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishi (fonologik zidlanish).
Gradual oppozitsiya - pog’onali zidlanish.
Korrelatsiya - bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.
Artikulatsiya o’rni - talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
Artikulatsiya usuli – nutq a’zolari hosil qilgan to’siqdan havo oqimining portlab, sirg’alib yoki titrab o’tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |