Ta’sis xujjatlar.
Nizomda nimaga asoslanib korxona tuzilmoqda ekanligi, uning qisqa yoki to‘liq nomi, rus, ingliz yoki kerak bo‘lsa boshqa tillarda ham ko‘rsatiladi. Xo‘jalik faoliyat maqsadi aniqlanadi va maqsadni qanday yo‘llar bilan amalga oshirish vazifalari, ya’ni tadbirkorlik turlari, shuningdek, ruxsatnoma olinishi kerak bo‘lgan turlari belgilanadi. Korxonaning o‘z majburiyatlariga cheklangan javobgarlik va uning faoliyat muddati o‘rnatiladi.
Korxona manzilgohi, telefoni va telefaksi, bi-rinchi moliyaviy yil boshlanish vaqti ko‘rsatiladi. Xo‘jalik faoliyatini boshlash uchun nizom mablag‘ining hajmi aniqlanadi.
Amaldagi qonun asosida korxona haq-huquqlari, dividendlar to‘lash va daromadni bo‘lish tartibi nizomda ko‘rsatiladi.
Nizomda korxona boshqaruvi, uning oliy organiga alohida e’tibor beriladi. Konferensiya qatnashchilari, rahbarlar kengashi yoki boshqarma Oliy organ bo‘lishi mumkin. Bu saylovda saylangan rasmiy va mansabdor shaxslar korxona faoliyatining samarali yo‘nalishlarida maqsadni amalga oshirish vazifalari va vakolatlari belgilanadi. Korxona rahbari, uning muovinlari va korxonaning hamma a’zolarining vazifa va haq-huquqlari aniqlanadi. Korxona reviziya komissiyasini saylash shartlari va uning vazifalari, ish qog‘ozlari olib borishga bo‘lgan talablar ko‘rsatib o‘tiladi.
Ta’sis shartnoma korxonani fuqarolar jamoasi tomonidan korxona tashkil qilishning shart-sharoitlarini aniq belgilaydi. Unda har bir qatnashchining mablag‘ qo‘shishdagi ulushi aniqlanadi.
Ta’sis shartnomada quyidagi savollar o‘z aksini topgan:
-korxona tuzishda tomonlarning roziligi;
-korxona maqsadlari;
-yuridik shaxs haq-huquqlarini egallash sharoitlari;
-nizom mablag‘i va egalik huquqi; manfaatlar nizolarining hal qilinishi;
-korxona ishchilarining huquq va majburiyatlari (burchlari);
-sarmoyaning taqsimlanishi;
-zaxira fondini tashkil qilish; korxona a’zolarining ovozlari soni;
-boshqaruv organlari; korxona faoliyatini to‘xtatish;
-shartnomaning kuchga kirish shart-sharoitlari.
Korxonaning nizomi va ta’sis shartnoma loyihasi umumiy majlisda ko‘riladi va bayonnoma tuziladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so‘ng, korxona rahbariyati dumaloq muhrga va boshqa muhrlarga buyurtma berib, olishi, bankda hisob raqami ochtirishi, soliq inspeksiyasi, aholini ijtimoiy himoyalash fondi va band qilish markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va boshqa shtamplarni tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona o‘zi joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga muhr va shtampni ko‘rsatishi; korxonaning ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va kerakli shtamp chizmalari takdim etilgandan so‘ng amalga oshirishi mumkin.
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat yoki iltimos xati ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuv, muhr bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Muhr va shtamp tayyorlash uchun buyurtmaga ish yuzasidan yozishuv uchun maxsus blankni ham qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Keyinchalik bu blank Davlat patent idorasi tomonidan beriladigan tadbirkorlik tizimini tovar taqdirlash belgisi bilan to‘ldirishi mumkin.
Xaridor va sheriklar bilan kredit hisob-kitob munosabatlari tashkil etish uchun bank muassasasida hisob raqami ochishi maqsadga muvofiq. Bankka hisob raqami ochish uchun ariza; hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari; notarius tasdiqlagan imzo namuna-lari muhr va shtamp bilan tasdiqlangan kartochkalar, hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi haqidagi qaror ko‘chirmasi yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma yoki ko‘chirma, soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qaror ma’lumotnomasi berilishi kerak.
Bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxonaning nizomi (asl nusxasiga) yozadi va bosh hisobchining imzosi qo‘yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Korxonaning vaqtinchalik muhri bo‘lmasa, bank muassasasi raqam sohibiga muxr tayyorlash uchun ma’lum muddat beradi va bu vaqt ichida hisob-kitobning pulli hujjatlari muhrsiz berilishiga ruxsat beradi.
Hisob raqamiga naqd pul bilan keladigan tushum va naqd bo‘lmagan holda keladigan mablag‘ni hisobga o‘tkazish, bankdan naqd pul olish, hisob raqamidan ta’minlovchiga pul o‘tkazish, kredit olish va boshqa masalalar shartnoma asosida korxona va bank muassasasi tomonidan hal qilinadi. Korxonaning boshqa korxona, tashkilotlar ba’zi tadbirkorlar bilan bo‘ladigan aniq hisob-kitoblarni shartnoma bo‘yicha belgilanadi.
Shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkor, bank muassasasida hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini olib borish uchun hisob raqami ochishi mumkin. Buning uchun ariza, tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi hujjat notarius tasdiqlagan o‘z imzo namunasi bo‘lgan kartochka soliq inspeksiyasida ro‘yxatda turganligi haqidagi ma’lumotnoma bo‘lishi kerak.
Tadbirkor o‘z hisob raqamidan foydalanishni notarius tasdiqlagan ishonch qog‘ozi orqali boshqa shaxsga berishi mumkin.
Bordi-yu, tadbirkor vafot etsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar uning merosxo‘riga o‘tadi. Bundan uning nomiga ochilgan hisob raqamini boshqatdan rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Merosxo‘r qonuniy ravishda o‘z faoliyatini boshlashdan oldin, bank muassasasiga hisob raqamini o‘z nomiga qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza, notarius tasdiqlagan o‘z imzosining namunasi bo‘lgan kartochka va merosxo‘rlik haqidagi guvohnoma topshirishi kerak.
Tadbirkor hisob raqamida bo‘lgan pul qoldig‘idan foydalanganligi uchun bank unga shartnomada belgilangan ma’lum foiz to‘laydi.
Barcha tadbirkorlik tizimi yashash joyidagi aholini ijtimoiy himoyalash fondi va bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Buning uchun ular bu tashkilotlarga belgilangan tartibda kerakli hujjatlarni berishlari kerak, so‘ng ularga kerakli xabarnomalar yuboriladi.
Tadbirkorlikning javobgarlik chegarasi amaldagi qonunchilik, ta’sis hujjatlari yoki mulk egasi bi-lan tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
O‘z faoliyatini shartnoma asosida olib boruvchi tad-birkorning mulkiy javobgarligi shartnoma bilan bel-gilanishi zarur. U garovdagi pul mablag‘ini muomalaga kiritish yoki bu maqsadda o‘z shaxsiy mulkini o‘rtaga qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkor o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmasdan amalga oshirayotgan bo‘lsa, u holda u o‘ziga shaxsan tegishli bo‘lgan mulk bilan javob beradi. Kreditorlar (hakdorlar) shikoyati bilan to‘lanadigan mulklar ro‘yxati fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Mulkiy javobgarlik quyidagi holatlarda kelib chiqadi:
- amaldagi qonunchilik buzilganda;
- tuzilgan shartnomalari bajarilmaganda;
- xususiy mulk egasi yoki boshqa sub’ektlarning huquqi poymol bo‘lganda;
- atrof muhit ifloslanganda;
- iste’molchiga mahsulot sifati masalasida yoki uni ishlatish usuli to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri yoki to‘la bo‘lmagan axborot berilganda;
- raqobatchilar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot etkazilgan yoki tarqatilganda;
- o‘z mahsulotini begona ishlab chiqaruvchilar tovarining tashqi qiyofasi va bezaklari bilan ishlab chiqarganda;
- tijorat sirini raqobatchiga noqonuniy oshkor qilganda yoki uni yoyganda;
- xo‘jalik aylanmasida sherigining nomida bo‘lgan tovar yoki firma belgisi yoki ishlab chiqarish markasini uning roziligisiz ishlatganda;
- tovarlarni ularni bozorga kam miqdorda chiqarib ular bo‘yicha sun’iy kamchilik bunyod etib, so‘ngra oshirilgan narxlarda sotib qo‘shimcha daromad olganda;
- avvaldan bajarilmasligini bilib shartnomalar tuzgan va boshqa nojo‘ya harakatlar qilganda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar yuz berganda da’vogarning talabi bilan, sud, tadbirkorni qilgan ji-noyati uchun javob berishga, nojo‘ya harakatlarni to‘xtatish va haqiqatni tiklash, keltirilgan zararni to‘lashga majbur qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish mulk egasining yoki sud qarori bilan hal qilinadi.
Ishbilarmonlik faoliyati sud orqali quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:
-bir necha marotaba ogoxdantirilishiga va boshqa turdagi jazo choralari qo‘llanishiga qaramay qonun qo‘pol ravishda buzilsa;
-tadbirkor bankrot deb topilsa;
-tadbirkor qonunda ma’n qilingan faoliyat bilan shug‘ullansa;
-maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qiladigan tadbirkorlik faoliyati bunday ruxsatnomasiz amalga oshirilsa;
-atrof muhitni muhofaza qilish me’yorlari buzilganda va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda;
-tadbirkorlik faoliyati shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda shartnoma muxdati tugaganda yoki shartnomada uni bekor qilish ko‘zda tutilgan holatlar yuz bergan va shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tomonlar roziligi bilan uning amal qilish muadati to‘xtatilganda.
O‘z faoliyatini shaxsiy mulk asosida olib borayotgan tadbirkor olamdan o‘tsa (qazo qilsa) unda uning huquq va majburiyatlari uning merosxo‘rlariga o‘tadi. Yuridik shaxs tashkil etilishi bilan olib borilayotgan tadbirkorlik faoliyati amaldagi qonun hujjat-lari, shu jumladan korxonalar to‘g‘risidagi qonun asosida to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |