guruh talabasi Islomov Bekzod Turgunovichning iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Importga tariflarning ishlab chiqaruvchilarga va iste’molchilarga



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana04.11.2022
Hajmi1,14 Mb.
#860444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
B.Islomov Iqtisodiyot nazariyasi

 
Importga tariflarning ishlab chiqaruvchilarga va iste’molchilarga 
ta’siri 
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, 
ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advolor turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus 
bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barrel 
neftga nisbatan 2 EVRO.
Advolor bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz 
tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni 
biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.
 chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari


Import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki 
talab xajmi esa D1 teng bo’lgan, talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import 
hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida edi, narxlar darajasi 
Re ga teng bo’lgan bo’lar edi hamda talab va taklif muvozanati E nuqtada 
o’rnatilgan bo’lardi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga cheklovlar 
yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. 
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki narxlar PW dan Rd ga qadar 
ko’tariladi. Endi:
Import qilinadigan tovarning ichki narxi = Jahon bozoridagi narxi + (Jahon 
bozoridagi narxi x tarif stavkasi).
Oqibatda iste’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu 
yo’tqotishlar grafikda a , b , s , d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Narxlarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab 
chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu 
sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga 
qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Rd narxda sotiladi. Shu hajmdagi 
mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng 
yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning 
o’sgan foydasiga aylanadi.
Narxlarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli 
hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan 
ko’rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda 
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori narxda sotib oladilar. Buning natijasida 
ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan 
belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi 
iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan 
qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori 
chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab 
chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish b sohasi bilan 
belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va hech kimning 
foydasi bilan qoplanmaydi.
Shunday qilib:
Iste’molchilarning Ishlab chiqaruvchilar Davlat Jamiyatning sof 
yo’qotishlari foydasi daromadi yo’qotishi a + b + s + d – a – s = b +a
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar 
foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq 


korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan 
dividentlar sifatida qaytadi. «s» sohada davlat olgan daromadini transfert 
to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish 
haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. Ammo «b» + «d» 
soxalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi bu 
yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida 
milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy 
valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif 
kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d» sohalarning 80 
foizini((16/20) x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud 
bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar 
bilan asoslanadi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish