qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar
asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir
dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni
bitta avtomobil
uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 AQSh dollarini, qo’shilgan
qiymat esa 3000 AQSh dollarini tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil
narxi 4000 AQSh dollariga o’sib, tarif bilan birga 14000 AQSh dollarini tashkil
etadi.
Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan
xarajatlarni 1750 AQSh dollariga oshirib 8750 AQSh dollariga etkazadi. Oqibatda
mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 AQSh dollariga oshdi. Qo’shilgan
qiymat esa 2250 AQSh dollariga (4000 - 1750 = 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif
kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250
AQSh dollarini (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Er= (Et- E0) / Et.
Bu srda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi;
Et - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat;
E0 - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat.
Er = ((3000 + 2250) - 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu
shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga
25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni xaqiqatda 75% tarifli
himoyalanganligini ta’minlaydi.
Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki,
davlat tayyor
mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan
muloxazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan
kamroq yo’qotishlar hisobiga xam erishsa bo’ladi degan fikrlar xam qaysidir
darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini
belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31-
chizma), ikkinchi tomondan, iste’moliing mutlaq kamayishiga olib kelmaydi.
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Rd,
jahon narxlari Rw darajasiga teng.
Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga
teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat
farovonligidagi mutlaq yo’tqotish esa «b» sohasidangana iborat bo’ladi. Ayni
paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish
xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi.
Chunki, aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish
qiyin bo’ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin
bo’ladi, raqobat muxiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni
moliyalashtirish
muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish,
bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit
siyosatlari qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad mamlakat
ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan ximoya qilish, ishsizlik darajasini eng past
holatga keltirish va xalq farovonligani oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: