Litsenziyalash — bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni
amalga oshirishga
davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy
operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya
operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar
kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida
qayd etilgan tashqi
iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish
taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi
iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish
imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar
yordamida joylashtiriladi.
1.
Ochiq auktsion — davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan
ishlab chiqaruvchilarga berishi.
2.
Afzal ko’rish tizimi — davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab
chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart
va talablarsiz beradi.
3.
Xarajat usuli — davlat litsenziyalarni
yirik ishlab chiqarish
quvvatlariga va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni,
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash
keng qo’llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot
alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi
bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda
kvotalash xalq
iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni
chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita
sabab bor:
1.
Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi.
Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira
olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan
himoya qilish maqsadida
kvotalashga e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi.
2.
Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar jo- riy qilishni
qo’llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish
osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Quyidagi 3
chizmadan ko’rinib turibdiki, kvotalar joriy qilinishi natijasida umumiy
farovonlikdagi yo’qotishlar, tariflar kiritilganidagi singari «b» va «d»
sohalardan
iborat bo’lsa, «s» soha ruxsat etilgan importga ustama narxlarni ko’rsatadi va
aholidan litsenziya beruvchi tashkilotlarga beriladigan transfertni xarakterlaydi.
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi
yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import
qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol
hukumronligi darajasini oshirsa.
Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz
joylashtirilsa.
-
Do'stlaringiz bilan baham: