Angliya romantizm adabiyoti
XVIII asr oxirlaridan 1830-yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Ilk romantik ijodkor Uilyam Bleyk (1757–1827) sanaladi.
Angliya romantizmining birinchi davri “Ko‘l maktabi” shoirlari
U.Vordsvort, S.T.Kolridj va R.Sauti nomlari bilan bog‘liqdir. Ular
shahar muhitidan yiroqda Kezik ko‘li yaqinida istiqomat qilganlari
bois “leykistlar” yoki “ko‘l maktabi” vakillari deb ataladi. Bu davr
adabiyotida tabiat manzaralari fantastika, oddiy kishilar hayoti tas-
viri asosiy o‘rin egallaydi. She’r va poemalari bilan adabiyotga kirib
kelgan, 1810-yillardan keyin “tarixiy romanlar otasi” sifatida nom
qozongan V.Skott faoliyatini boshlanishi ham shu davrga to‘g‘ri ke-
ladi. Ikkinchi davr Bayron va Shellining ijodga kirib kelishi bilan
belgilanadi. Jamiyatda shakllangan tartiblarni qabul qila olmaslik,
olamni satirik bo‘yoqlarda tasvirlash, siyosiy lirikaning shakllanishi
shu davrga xos xususiyatlar edi.
Angliya romantizmida “Darbadar melmot” falsafiy romani mual-
lifi Charlz Metyurin (1870–1824) ijodi ham muhim o‘rin tutadi.iya
Ingliz romantizmida otashin va hassos shoir Jorj Gordon Noel zini asosiy o‘rnini uzoq vaqt saqlab qoldi.
Nemis romantizmi
Germaniyada qo‘shni Fransiyada bo‘layotgan voqealarni zo‘r
qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg‘or vakillari
ularning(o‘zlarining) qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan
mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi.
Shuning uchun ular ma’naviy sohada inqilob qilishga harakat qil-
dilar.Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:
1) 1795–1805-yillar – Yen romantiklari F.Shlegel, Novalis,
Tiklar davri;
2) 1806–1815-yillar – Geydelberg romantiklari K.Breyntano,
A.Arnimlar nemis folklorini yig‘ishga katta e’tibor berdi. Bu vaqtda aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi.
3) 1815–1848-yillar – Napaleon inqirozidan so‘ng roman-
tiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chdi.
Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar ijod qildi.Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri – xalq og‘zaki ijodi-
ni o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785–1863) va Vilgelm (1786–1859)
Grimmlar folklorning estetik qimmatini yuksak qadrlaganlardan
edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qan-
cha ilmiy maqolalari mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan
3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari»
(1812–1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya
bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar.
Nemis romantiklari san’atkorlarni odamlar orasidagi oliy mavju-
dot sifatida ulug‘ladilar. “Odamlar yer yuzidagi boshqa mavjudot-
lardan qanchalik ustun bo‘lsalar, san’atkorlar odamlardan shunchal-
ik ustundirlar”, – deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklarining asarlarida bu g‘oya u yoki bu darajada
o‘z ifodasini topdi.
F.Shlagel adabiyotga romantik kinoya tushunchasini olib kirdi;
romantik kinoya nafaqat nemis romantiklari, balki keyingi davr
yozuvchilariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shamisso, Gofman,
Gyote asarlarida romantik kinoya o‘zining konkret ijtimoiy ifoda-
sini topdi.
.
Ernst Teodor Amadey Gofman (1776–1822). Gofmanning fan-
tastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug‘i
hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (irotsional) holda qa-
bul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg‘unlik (garmoniya)
mumkin emas.
. 44 “Faust”da ayollar obrazi
Faustning birinchi vasvasasi – oddiy oiladan chiqqan, o‘n besh yoshli beg‘ubor Margarita ismli qiz. Yosh Faust bilan tanishib, darhol unga oshiq bo‘lib qoladi, ular o‘rtasida o‘zaro ehtiros alangalanadi. Uning onasi Faust bilan uchrashuvlariga xalal bermasligi uchun Margarita har safar ichimlikka uxlatuvchi dori qo‘shib qo‘yardi. Ammo bir kuni oshiqlarni qizning akasi Valentin ushlab oladi. U bilan Faust o‘rtasida janjal chiqib, Valentin jangga kiradi. Mefistofel qilichini yalang‘ochlaydi. Faust unga ergashib jangga kiradi va sevgilisining akasini qattiq jarohatlaydi. O‘limidan oldin Valentin yengiltak singlisini abadiy sharmandalikka giriftor bo‘lishini aytib la’natlaydi. Ko‘p o‘tmay Margaritaning onasi vafot etadi. Ma’lum bo‘lishicha, yana bir marta uyqu dorilarini qo‘shganida, qiz dori dozasini oshirib yuborgan va onasi endi uyg‘onmaydi. Bu haqda Faust bilmaydi, chunki u qotillikni amalga oshirgach, shahardan qochishga majbur bo‘lgan.Keyinchalik Margarita qiz tug‘adi, lekin benikoh farzand tuqqani ortidan kelishi mumkin bo‘lgan odamlar g‘azabidan qutulish uchun qizini daryoga cho‘ktirib o‘ldiradi. Endi u mahkuma, qamoqda o‘z jazosini kutmoqda. Faust hayotning ma’nosini uchta sohada topishga harakat qiladi: sevgi, go‘zallik va ish. Ammo Faust ushbu yo‘nalishlarda olib borgan barcha izlanishlarida, erishgan barcha yutuqlarida ikki yoqlama belgilar paydo bo‘laveradi.Birinchi bo‘lib sevgi maydonini qarasak, Faust sevadi, ammo uning urinishi fojia, Margaritani yo‘q qilish bilan tugaydi. Go‘zallik sohasini Troyadan Yelenani izlash va olib kelish tajribasi aniqlaydi. Ammo, bu tajribada, mutlaq go‘zallik abadiylik o‘rtasidagi sintezga bo‘lgan urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Yelena yo‘qoladi va ularning o‘g‘li halok bo‘ladi. Balki u baxtini ishdan topar? Biroq, ish orqali kuch va mulkka ega bo‘lish haqiqati tushkunlik va ohangdorlikka asoslangan, urush orqali amalga oshiriladi va zo‘ravonlik va vayronagarchilik bilan birga keladi. Dengizdan yer tortib olishda esa Faust, xalqning farovon kelajagini taxmin qiladi, bu esa keksa juftlik Filemon va Bavkidaning nohaq o‘limini bilan yakunlanadi.
45Realizm adabiyoti.
Realizm (lotincha "Realis" dan - haqiqiy, moddiy) - bu san'atning yo'nalishi, u 18 -asrning oxirida paydo bo'lgan, 19 -yilda o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqan, 20 -asrning boshlarida rivojlanishda davom etgan va hozir ham mavjud. . Uning maqsadi - atrofdagi dunyoning ob'ektlari va ob'ektlarini o'ziga xos xususiyatlari va xususiyatlarini saqlagan holda real va ob'ektiv ravishda ko'paytirish. Butun san'atning tarixiy rivojlanishi jarayonida realizm o'ziga xos shakl va usullarga ega bo'ldi, natijada uning uch bosqichi ajratildi: ma'rifat (ma'rifat davri, 18 -asr oxiri), tanqidiy (19 -asr) va sotsialistik realizm (20 -asr boshlari).
Realizm (lotincha realis - ashyoviy) - hayot haqiqatini asliga muvofiq tasvirlash, detallar va obrazlarning haqqoniyligini talab qiladi. Hayot haqiqatiga sodiqlik - .uning asosiy shioridir. Realistlar obrazlar va hodisalarning hayotiyligiga alohida e'tibor berganlar. Asar tili, qahramon nutqi, sujet, konflikt kabi unsuriaming barchasi haqqoniylik talabiga bo'ysundirilgan. Bu metod ijodkorning o'zini qurshab turgan voqelik va insonlar to'g'risida o'ylagan haq gapini aytish, kitobxon ko'z o'ngida real hayot va real insonlarni gavdalantirish yo'li bilan voqelik va inson to'g'risidagi haqiqatni ko'rsatish imkonini beradi. Realistik adabiyot buyuk namoyandalarining haqiqat kurashchilari sifatidagi xizmatlari beqiyosdir.
XIX asrda realizm yangi bosqichini boshladl Flober, Mopassan, rus adabiyotida Lev Tolstoy, A. P. Chexov kabi yozuvchilar ijodda renessans va ma'rifatchilik realizmidan farqlanuvchi xususiyatlarini namoyon qildilar. Fransuz adibi Floberning «Bovari xonim» romanida realizm an'analaridan keskin uzilish seziladi, bu asar realizmga xos hayot haqiqatiga sodiqlikni yaqqol namoyon qiladi. Endi insonning ijtimoiy hayot bilan munosabati, uning taqdiriga ijtimoiy muhit, tartibotlar ta'siri diqqat markaziga ko'chadl Ayni paytda inson ruhiyati, qalbi tahliliga alohida e'tibor beriladi.
Rus adabiyotida N.V. Gogol tomonidan kashf etilgan tuzum tartibotlari, ijtimoiy muhit ta'sirida maydalashgan «kichkina odam» qalbi, kechinmalari F.M.Dostoyevskiy, Anton Chexov ijodida yetakchi mavzuga aylanadi. Dostoyevskiyning bir qarashda noan'anaviy tuyulgan asarlarida inson qalbining o'ta murakkab, sirli manzaralari, hali qalamga olinmagan tublari ochib ko'rsatiladi.
XX asr boshlarida rus adibi Mixail Sholoxov, o'zbek adabiyotida Cho'lpon, Qodiriy bu metodning o'lmas namunalarini yaratdilar. Amerika adibi Ernest Xeminguey, ingliz adibi Somerset Moem kabi yozuvchilar ijodida realizm o'zining yangi bosqichiga ko'tarildi, keyinchalik qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov, rus yozuvchilari M.Shukshin, V.Rasputin kabilarning mazkur metod
imkoniyatlarini namoyon qiluvchi asarlari vujudga keldi
Oʻzbek adabiyotida hayotni realistik tasvir etish mayllari garchand Navoiy, Bobur va boshqa yozuvchilar ijodida koʻringan boʻlsada, bu mayllar Turdi, Maxmur, Gulxaniy, keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz singari shoirlar ijodining asosiy yoʻnalishini tashkil eta boshladi. Ayniqsa, milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti namoyandalari M. Behbudiy ("Padarkush"), Fitrat ("Munozara", "Hind sayyohi bayonoti", 1917—19y.lar sheʼriyati), Chulpon (1914—21 yillar sheʼriyati, "Qurboni jaholat" "Vayronalar orasidan", "Kecha va kunduz"), Qodiriy ("Ulokda", "Juvonboz", "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan", "Toshpoʻlat tajang nima deydi?", "Oʻtgan kunlar"), Hamza (milliy sheʼrlar, "Zaharli hayot" "Paranji sirlari") va boshqa ijodida R. adabiy metod sifatida aniqtayin qirralarini kasb etdi.
46Balzak ijodida tanqidiy realizm.
19 -asr realizmining nomi "tanqidiy", chunki u birinchi navbatda shafqatsiz ekspluatatsion tizimning g'ayriinsoniy mohiyatini tanqid qilgan, xafa bo'lgan oddiy xalqning ochiq qashshoqligi va azob -uqubatlarini, hokimiyatda bo'lganlarning adolatsizligi va yo'l qo'yuvchanligini ko'rsatdi
Buyuk fransuz yozuvchisi Onore de Balzak ijodi Yevropa tanqidiy realizmi adabiyotining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Adib qalamiga mansub “Inson komediyasi” epopiyasi u yashagan davr burjua tuzumi va jamiyati tarixini o‘zida haqqoniy mujassamlashtirgan qomusiy asardir.
Onore de Balzak 1799 yilning 20 mayida Fransiyaning Tur shahrida mansabdor shaxs oilasida tavallud topdi. Yosh Bal’zak o‘rta ma’lumotni Parij pansion (yopiq tipdagi maktab-internat – M.X.)ida olgach, ota-onasining xohishi bilan huquq maktabiga o‘qishga kiradi. Ayni paytda, Sarbonna universitetiga qatnab, adabiyotdan ma’ruzalar tinglaydi, bor talant va iqtidorini badiiy ijodga baxshida etadi.
Yozuvchining Balzak taxallusi bilan 1829 yilda chop qilingan “Shuanlar” nomli birinchi romani o‘z muallifini adabiyot olamiga tanitdi. Darhaqiqat, Balzak bu asari bilan romantizm oqimidan chekinib, tanqidiy realizm tomon burilgandi. “Shuanlar”da 1799 yili Fransiyaning Breton viloyatida Respublikaga qarshi boshlangan isyonni bostirish bilan bog‘liq voqealar real obrazlar vositasida tasvirlangan edi.XIX asr o‘ttizinchi yillarining birinchi yarmida Balzak fransuz jamiyatiga mansub turli tabaqalar vakillarining hayotini tasvirlovchi “Gobsek”, “Sag‘ri terisi tilsimi”, “Polkovnik Shaber”, “Qishloq vrachi”, “Yevgeniya Grande”, “Gorio ota” singari qator roman va qissalarini yaratdi. Bu yillar Onore de Balzak ijodining eng gullagan davri bo‘lib, u yaratgan yuqoridagi asarlar o‘z muallifini tanqidiy realizm adabiyotining shohsupasiga olib chiqqan edi1834 yil Bazak yozgan asarlarini birlashtirib, ularga “Inson komediyasi” degan umumiy nom beradi. “Inson komediyasi” uchta asosiy bo‘limdan (“Odatlar haqida etyud”, “Falsafiy etyud” va “Analitik etyud”) iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga 143 nomdagi katta-kichik asarni qamrab olishi lozim edi. Biroq yozuvchi o‘zining yigirma yilga yaqin ijodi davomida ulardan 97 tasini yozishga ulguradi.
1830 yillarning ikkinchi yarmida yozuvchi “Sezar Birotto”, “Ushalmagan orzular”, “Dehqonlar”, “Kuzina Betta”, “Arslik deputat”, “Yalangoyoqlarning dabdabasi va qashshoqligi” kabi qator roman, qissa va novellalarini yaratdi. Balzak bu asarlarida ham sudxo‘rlik va raqobat, moliyachi nayrangbozlar, mulk uchun, oltin uchun kurashib tubanlik botqog‘iga botgan korchalonlar, turli toifadagi odamlar qiyofasini gavdalantirdi.
47“Faust” asarida Margarita obrazi.
Faustning birinchi vasvasasi – oddiy oiladan chiqqan, o‘n besh yoshli beg‘ubor Margarita ismli qiz. Yosh Faust bilan tanishib, darhol unga oshiq bo‘lib qoladi, ular o‘rtasida o‘zaro ehtiros alangalanadi. Uning onasi Faust bilan uchrashuvlariga xalal bermasligi uchun Margarita har safar ichimlikka uxlatuvchi dori qo‘shib qo‘yardi. Ammo bir kuni oshiqlarni qizning akasi Valentin ushlab oladi. U bilan Faust o‘rtasida janjal chiqib, Valentin jangga kiradi. Mefistofel qilichini yalang‘ochlaydi. Faust unga ergashib jangga kiradi va sevgilisining akasini qattiq jarohatlaydi. O‘limidan oldin Valentin yengiltak singlisini abadiy sharmandalikka giriftor bo‘lishini aytib la’natlaydi. Ko‘p o‘tmay Margaritaning onasi vafot etadi. Ma’lum bo‘lishicha, yana bir marta uyqu dorilarini qo‘shganida, qiz dori dozasini oshirib yuborgan va onasi endi uyg‘onmaydi. Bu haqda Faust bilmaydi, chunki u qotillikni amalga oshirgach, shahardan qochishga majbur bo‘lgan.Keyinchalik Margarita qiz tug‘adi, lekin benikoh farzand tuqqani ortidan kelishi mumkin bo‘lgan odamlar g‘azabidan qutulish uchun qizini daryoga cho‘ktirib o‘ldiradi. Endi u mahkuma, qamoqda o‘z jazosini kutmoqda. Faust hayotning ma’nosini uchta sohada topishga harakat qiladi: sevgi, go‘zallik va ish. Ammo Faust ushbu yo‘nalishlarda olib borgan barcha izlanishlarida, erishgan barcha yutuqlarida ikki yoqlama belgilar paydo bo‘laveradi
48Yevropa tanqidiy realizmining xususiyatlari. 49 Ijtimoiy tanqid tanqidiy realizmning yetakchi xususiyati sifatida.
Tanqidiy realizm- 19 -asr o'rtalarida paydo bo'lgan bir qator Evropa va Amerika mamlakatlarining yo'nalishi va san'ati. Shu bilan birga, realizm Frantsiyada estetik fikrning muhim tushunchasi sifatida paydo bo'ldi.Tanqidiy realizm to'g'ridan -to'g'ri tasvirga qaratilgan Kundalik hayot odamlar, asosan, kambag'al va kam ta'minlanganlar, aholining boy va bo'sh qatlamlariga qarshi.
XIX asr oxiri — XX asrning boshlarida Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi ortasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki tanqidiy realizm nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F. M. Dostoyevskiy, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijodning yangi imkoniyatlarini ochib berdilar.Gi de Mopassan, Emil Zolya, Annatol Frans, Romen Rollan, Genrix Mann, Jon Golsuorsi, Bernard Shou,Mark Tven, Teodor Drayzer, Rabindranat Tagor, Lu Sin va boshqalar tanqidiy realizmning eng yirik namoyandalari edilar.Gi de Mopassan (1850—1893) ozining «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886) va boshqa asarlari bilan fransuz badiiy dunyosida qator ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rangorang boyoqlarda tasvirlagan tengsiz ijodkordir.
Belgiyalik mashhur shoir Emil Verxarn (1855—1916) «Halokat», «Qora mash'ala», «Oqshom», «Alahlagan dala», «G'ala-g'ovur shaharlar» kabi asarlarida qishloq va shaharlarda xalq hayoti, iztirobi, kechinmalarini ustalik bilan qalamga oladi. Germaniyalik Gerxart Gauptman (1862—1946) «Tong», «Toquvchilar» pyesalari, angliyalik Gerbert Uells (1866—1946) «Vaqt mashinasi», «Korinmas odam» nomli fantastik asarlari bilan mashhur boldi.
J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. Uning «Temir tovon» romanida insoniyat oldida turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi. Avtobiografik tarzdagi «Martin Iden» romanida yozuvchi halol san'atkorlarning soxta madaniyat bilan fojiali toqnashuvini ochib berdi.
Amerikalik yozuvchi T. Drayzerning «Moliyachi», «Titan» va «Jenni Gerxardt» romanlarida amerikalik monopolist, tojsiz qirol, puldor Kaupervudning umumlashgan obrazi berilgan. Kaupervud boyish uchun kurashda qalloblik usullaridan, odamlarni aldash, sotib olishdan foydalanib, oz maqsadi sari intiladi.
R. Rollan ozining kop tomli «Jan Kristof» romanida fransuz va german burjua jamiyatining buzilishini korsatadi. Uning qahramoni — kompozitor Kristof razillik, munofiqlik, amalparastlikni korib azoblanadi. «Maydondagi yarmarka» kitobi goyat keskin fosh qilishi bilan ajralib turadi. Bunda muallif sotqin vazirlarni, «saroy to'tilarini», «sotsialist» amalparastlarni, san'at korchalonlarini fosh qilishda satirik usullardan foydalanadi.
J. Golsuorsi tanqidiy realizmning yirik ustasiga aylandi. U «Munofiqlar oroli» «Forsaytlar haqida doston» asarlarida hukmron doiralarning jaholati, ikkiyuzlamachiligi va ota cheklanganligini keskin tanqid qildi.
Bu davrda satira katta ahamiyatga ega boldi. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning «Sodiq fuqaro» romani hamda «Imperiya» trilogiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon boldi. Uning sahifalarida koplab qirollar va kanslerlarni, zodagonlarni va amaldorlarni, xalqqa xiyonat qilganlarni hamda viloyatlardan chiqqan zodagonlarni, hatto imperator Vilgelm II ni korish mumkin.
Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik -ustasi atoqli fransuz yozuvchisi A. Frans edi. Uning «Silvester Bonnarning jinoyati» (1881), «Oq toshda» (1904), «Pingvinlar oroli» (1908) asarlarida «Uchinchi respublika»ning illatlari, hukmron doiralarning ma'naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari keskin, oshkora kulgi ostiga olindi. Bernard Shou dramalari,. atoqli amerikalik satirik yozuvchi M. Tvenning romanlari, hikoyalari, maqolalari achchiq va darg^azab satiraga boydir. «Olomon qiluvchi Qoshma Shtatlar» maqolasining nomi yoki «Senator turmada otirmagan vaqtlarida qonun chiqaruvchi kishi», «Xalq xizmatkorlari porani taqsimlash uchun oz lavozimlariga saylangan shaxslar» nomli otkir ta'riflarning o`zi juda qimmatlidir.
Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi bilan ham boyidi. Atoqli Yapon yozuvchisi A. Ryunoske novellalarida parazit mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq ommasining umumiy kuchini anglash o`z aksini topdi. Hind gumanist
“Faust” asarida konflikt.
Asar muallif hayotining ko‘plab ko‘tarilishlari va pasayishlari bilan bog‘liq bo‘lgan va u bilan uzoq vaqt birga bo‘lmagan yoshlikdagi do‘stlariga bag‘ishlanishidan boshlanadi. Keyingi qismda teatr direktori, shoir va komik aktyor o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi. Unda qahramonlar yuksak she’riyatning haqiqiy maqsadi, omma talablariga moslashtirish muammosini, muvaffaqiyat va mashhurlik bilan yuqori san’atning uyg‘un kombinatsiyasiga qanday erishish mumkinligini muhokama qiladi.
“Osmondagi prolog” qismida “osmon, yer va do‘zax” muammosi rivojlanadi. Bu yerda asosiy qahramonlar – Xudo, Mefistofel, arxangellar; Faust nomi ham birinchi marta esga olinadi. Zulmat egasi Mefistofel bilan suhbatda Xudo Faustni eng sodiq va ishonchli qulining namunasi sifatida keltiradi. Bunga javoban Mefistofel olimning asl mohiyatini ochib berish majburiyatini oladi va uning g‘ayratini aslida harakatlari uchun mukofot olish istagi bilan izohlaydi. Shunda Xudo Mefistofelga butun Yer yuzidagi lazzat va vasvasalar bilan Faustni sinab ko‘rishga va o‘zgarmas sadoqatiga amin bo‘lishiga ruxsat beradi.
Olim kun va tunni xafagarchilikda, o‘zining fikrlaridan qiynalib o‘tkazadi. Uzoq umri davomida Faust ko‘p narsalarni o‘rganadi, ammo u barcha bilimlariga qaramay, “ahmoq bo‘lib qolganini” tushunadi. Shogirdi Vagnerdan farqli o‘laroq, Faust cheksiz sir-asrorlarga to‘la inson ongi va ilm-fan imkoniyatlari, tabiat va butun koinot oldida nochorligini tushunadi. Faust baxtsiz, chunki uning butun hayoti behuda edi va haqiqatni bilib olishga bo‘lgan barcha urinishlari behuda ketdi.
Ammo kunlarning birida qora it siymosida unga Mististofel ko‘rinadi va keyin Faust oldida talaba kiyimida paydo bo‘ladi. Vagnerdan farqli o‘laroq, noma’lum mehmon ancha aqlli va idrokli edi. Faust bilan suhbatda u baxtsiz olimni qiynayotgan muammolarning tubiga to‘xtaladi. Mefistofel odamning nochorligi va inson taqdirini mazax qiladi.
Boshqa safar u Faust oldida bashang kiyimda paydo bo‘ladi va uni iztiroblardan xalos qilish uchun o‘zi bilan birga boshlaydi. Agar olim dunyo lazzatlariga o‘rganib qolsa va u hech qachon bundan ajrashni istamasa, bu Faustning Mefistofel tomonidan to‘liq mahv etilganini anglatadi. Ular o‘rtasida qon orqali bitim tuziladi va shundan so‘ng ikkisi safarga chiqadi. Mefistofel bergan damlamadan ichganidan keyin Faust yana yosharib, kuchga, go‘zallikka va istaklarga to‘la bo‘ladi. Endi u haqiqatni bilishga va haqiqiy baxtni topishga qat’iy qaror qilgan edi.
Faustning birinchi vasvasasi – oddiy oiladan
O‘rta asr oxirlarida qayta tiklangan Faust iymon va kamtarlikdan yuz o‘girish va moddiy dunyoga qiziquvchan odamlarning timsolidir. Shuning uchun u shayton bilan ittifoq tuzadi, sehrgarlik qiladi, bu sehr yordamida imperatorga xizmat qiladi, o‘zini boyitadi va son-sanoqsiz iblisona ayollarni, shu jumladan Troyalik Yelenani ham sevadi. Shunday qilib, Faust va u bilan til biriktirgan iblis o‘rta asr lyuteranlarining iblis tushunchasidagi qahramondir. Faust reformatsiya davrining mahsuli va uning iblis oldidagi yangi qo‘rquvidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Faust o‘z yaratuvchilarining xohish-istaklari, qo‘rquvlarining mohiyati va zamonaviy individuallikning boshlanishiga yordam beradigan sabab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |