Gulliverning sayohatlari kitobi 17-asrda nashr etilgan. Jonatan Svift hayoliy shaklda o'sha paytdagi Angliyadagi nafratli odob-axloq va buyruqlarni tasvirlab berdi



Download 0,72 Mb.
bet17/52
Sana24.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#408103
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI JAVOBLAR

 

SHARH

Ochig‘ini aytib qo‘ya qolaylik: Rableni o‘qishdan ko‘ra undan ko‘proq hayratga tushadilar. Ko‘plar asosan uning uyatli yozuvchilik obro‘yiga mahliyo bo‘lib, bu muallifni kashf etadi. Ular o‘zlariga bino qo‘ygan holda, modomiki, kitobda uyat narsa uchrar ekan, hammasini bip-binoyidek anglash uchun na sa’y-harakatning, na layoqatning keragi bor, deb biladilar. Biroq Rablening buyuk ijodi ko‘p hollarda o‘quvchi uchun Joysning “Uliss” romani singari muammolarini namoyon etadi: har ikkala romanda so‘zlar benihoyat ko‘p ishlatilgan, o‘ndan ortiq tillardagi olimlar asarlaridan iqtiboslar keltirilgan, allaqachon unutilib ketgan odamlar va voqealar yodga olinadi. Rableni mufassal o‘zlashtirish uchun butun umr kerak bo‘ladi. Shu bois bilimi o‘rtamiyona o‘quvchi uni yuzaki va tatalab o‘qiganidan xijolat tortmasa bo‘laveradi. Avvaliga “Gargantyua”ni butunisicha qo‘lga olmoq zarur, keyin esa o‘z ma’nosiga qarab boshqa to‘rttala kitobdan yoqqan-yoqqan joylarni tanlashi mumkin. Ta’limga va unga zamondosh qarashlari bo‘lgan ilm dargohlariga Rablening qandayligiga qiziqqanlar esa uchinchi kitobda Panurg maslahatini olgan olim bayon to‘g‘risidagi, gripp, Bridua, Rondibilis va boshqalar to‘g‘risidagi lavhalarni mutolaa qilsinlar, keyin esa beshinchi kitobning kulgili va ramziy ma’nolariga murojaat etsinlar, ularda Papimanlar oroli, Yungdor Mushuklar mamlakati, Avliyo Shisha Orakuli haqida rivoyat qilinadi. Serzavq, maroqli hikoya qilingan voqealarni izlagan kitobxonlar esa asarda ularni juda ko‘plab uchratadilar.

O‘n to‘qqizinchi asr kitobxonlariga, xususan, bu viktorian davridagi kitobxonlarga taalluqli, Rablega bu borada omad kulib boqmagan: unga jirkanchlik va haqoratli so‘z ustasi degan “toj” kiydirganlar. O‘sha davrdan ko‘plab yozuvchilar bu qadar ochiq ijod qilmaganlar. Hokimiyat Rablening kitoblarini taqiqlab qo‘ydi, ularni axloq-odob doirasidan tashqari, kufrona asarlar deb tavqi la’nat kiydirdi. Ammo kitobda buzuqlik, najasbozlik, fohishabozlikdan ko‘ra mechkaylik tafsilotlari ustunlik qiladi. Fahsh yegulik va ichgulik singari sog‘lom hayvoniy lazzat sifatida tasvirlanadi. Rableni buzuqlik yoki asabiylikni targ‘ib etishda ayblash uchun zarracha asos yo‘q. Uning qahramoni Pantagryuel zinhor ichkilik yo buzuqlik shaydosi emas. Aksincha, u aqlli, dono va haqgo‘y shahzoda. Hamma narsa Rablening o‘zi muloyim va mehribon, hayotni barcha baland-pastliklari bilan sevuvchi, o‘z qobiliyati va bilimini zamonasining buyuk muammolarini hal etishga bag‘ishlagan inson bo‘lganidan darak beradi. Goho bu masalalarni talqin etishda og‘zi shaloqlashib ketadi, goho chuqur tafakkurga cho‘madi, ammo har ikkala holda ham u lafzi tez va hushyor.

Rable shiddatli o‘zgarishlar davrida yashadi. Antik fanlar va san’atlar uyg‘onishi Yevropa madaniyati qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Yangi bilim ta’limga boshqacha yondashuvni talab etdi; o‘qish-o‘qitish dasturi bundan ko‘ra to‘laroq bo‘lishi va ilgarigiga qaraganda dunyoviy bilimlarga ko‘proq o‘rin berishi kerak bo‘ldi. Rable sofist Tubal Olofern misolida eski tuzum ustidan kuladi. Gargantyuani alifboni to‘g‘ri va teskari tomonga qarab o‘qiy olishga o‘rgatish uchun Tubal naq besh yil sarflaydi. Insonparvar Ponokrat yangi tizimning vakili bo‘lib chiqadi. “Gargantyua” kitobining 23-24-boblarida, Ponokrat fikricha, mo‘tadil ta’limli odam bilishi shart bo‘lgan fanlarning o‘qitilishi tavsiflanadi. Bunda Rable tor doiradagi mutaxassislar yoki kalavasining uchini yo‘qotgan olimlar tayyorlash haqida o‘ylamagandi; yo‘q, u har taraflama va mustahkam bilimli odam haqida orzu qilgan edi.

Rablening antiklerikalligi va uning ilmga qiziqishi ayrimlarni uni hurfikr va hatto moddiyunchi bo‘lgan, deya xulosa chiqarishga olib kelgan. Bunday xulosalarga asos yo‘q, uning kitoblarida goh-goh nasroniy taqvodorlik e’tiroflari shu qadar samimiyki, ularni o‘qigach, yuqoridagi shubhalarga ishonish qiyin. Rable davrida ko‘plab halol ruhoniylar cherkovni tanqid qilmay turolmaganlar.

Rablening tili – faqat fransuzlargina hukm chiqarishga munosib vosita, ammo tarjimada ham uning purma’noligi sezilib turadi. So‘zlar suvday oqib kelaveradi: arxaizmlar va neologizmlar, saroy ahli va dehqonlar nutqida uchraydigan xos so‘zlar, ma’nodor ilmiy ifodalar va lahja, yunon, lotin, yahudiy, ingliz, niderland, olmon, doniyo, bask tillaridan olingan so‘zlar, shuningdek, Rablening o‘zi kashf etgan iboralar va hokazo. Kech fransuz nasri davrining nafis neoklassitsizmiga yanada o‘xshamaydigan hech narsa yo‘q: so‘zlar ro‘yxatlar va katologlarga to‘planib, ulardan, o‘z navbatida, butun boshli boblar yuzaga keladi. Bu chek-chegara bilmas isrofgarchilik kitobning deyarli har bir sahifasida nafas oluvchi hayotbaxsh ko‘tarinkilik ifodasi hisoblanadi: Gargamellaning ichak-chavoq tushligi, Pantagryuel chaqalog‘ining parhez taomi, Pikroxolning fotihman deb ko‘kragiga urishlari, Panurgning bemaza qiliqlari shular jumlasidandir. Hattoki qahramonlarning nutqi yoki qiyofalari bo‘lsin, Rable fikri daxl qilgan hamma narsa ulkan hajmlarga ega bo‘lgan. Rablening tilga bo‘lgan muhabbati ham uning hayotga bo‘lgan o‘chligiga jonli guvohdir.

31. Ingliz ma‘rifatchiligi

XVIII asrga kelib G‘arbiy Ovrupa davlatlari turlicha siyosiy tu-

zumga ega edilar. Angliyada mutlaq hokimiyat o‘z umrini yashab 

bo‘ldi. Qirollik hokimiyati siyosatiga ta’sir o‘tkazmaydigan hoki-

myatga aylandi. (1648–49 burjuaziya inqilobi).

Fransiyada hali mutloq hokimiyat yashamoqda edi. Germaniya 

mayda knyazlik, gersogliklarga bo‘linib ketgan edi. Italiyada ham 

Germaniya singari mayda davlatlarga bo‘linish yuz bergan, shimoli 

esa Avstriya mustamlakachiligi azoblarini tortmoqda edi.

Ovrupa ilg‘or kuchlarining siyosiy kurashlari, asosan, antifeodal 

xarakterda bo‘lgani uchun , XVIII asr adabiyoti ham, asosan, anti-

feodal yoki ma’rifatchilik ruhida edi. 

141


«Ma’rifat» so‘zi, keng ma’noda xalqni bilimli, ma’rifatli qilish 

ma’nosida qo‘llansa, tor ma’noda burjuaziyaning feodalizmga qa-

rshi kurashi avj olgan davrdagi aqliy harakatni ifoda etadi.

Ma’rifatchilik adabiyoti – feodal asoslarga qarshi o‘laroq may-

donga chiqib, XVII-XVIII asrlarda G‘arbiy Ovrupa mamlakatlari va 

Shimoliy Amerikada  keng  yoyilgan  g‘oyaviy-mafkuraviy  harakat; 

shu harakat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan va targ‘ib etgan adabi-

yot. Ovrupa ning turli mamlakatlarida ma’rifatchilikning maydonga 

kelishi vaqt jihatidan farqlanadi: u dastlab Angliyada yuzaga kelgan 

bo‘lsa, ijtimoiy shart-sharoitlarning yetilishi barobarida qit’aning 

boshqa mamlakatlariga yoyilgan va ularning har birida konkret 

shart-sharoitlar bilan bog‘liq tarzda kechgan. Jumladan, Rossiyada 

Ma’rifatparvarlik ancha kech – XVIII asrning ikkinchi yarmida may-

donga chiqqan; shuningdek, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qa-

tor Sharq mamlakatlari, jumladan, Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar 

yashovchi mintaqalar (Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston) da 

kuzatilgan Ma’rifatchilik harakatlari ham Ovrupa Ma’rifatparvarlari 

bilan ko‘plab mushtarak jihatlarga egadir.

23

Ma’rifatparvarlar  uchun  aql-idrok  bosh  masaladir.  Ular  inson-



ning aqliy faoliyatiga, odamiylik fazilatlariga yuqori baho bergan-

lar.  Shu  bilan  birga,  ma’rifatparvarchilik  g‘oyasiga  yuqori  baho 

berishadi. Ma’lumki, Ovrupa XVIII asr ma’rifatchilarining aksari-

yati  “ma’rifatli  hukmdor”  g‘oyasini  ilgari  surgan  edilar.  Fransuz 

ma’rifatchisi Golbax “Tabiat tizimi” va “Tabiiy siyosat” kabi asar-

larida Fransiya erishishi mumkin bo‘lgan siyosiy tizim sifatida kon-

stitutsiyaviy monarxiya haqida fikr yuritib, uning boshida ma’rifatli 

hukmdor turishi lozimligini ta’kidlaydi. “Taqdir taqozosi bilan 

taxtga ma’rifatli, adolatli, mard, xushaxloq hukmdorlar o‘tirishlari 

mumkin va ular inson boshiga yog‘ilgan balolarning asl sababini 

bilib, aql ko‘rsatmalari bo‘yicha bartaraf etishga harakat qiladilar”. 

Badiiy adabiyotda ham o‘z ifodasini topgan bunday g‘oyalarni 

Volter  (“Kandid  yoki  optimizm”),  Monteskyo  (“Fors  nomalari”), 

23

 Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати, 



Тошкент : “Akademnashr”, 2010. – Б.164.

142


J.Svift  (“Gulliverning  sayohatlari”),  Deni  Didro  (“Rohiba”), 

I.V.Gyote (“Faust”, “Gets fon Berlixingen”) va boshqa ma’rifatparvar 

yozuvchilar ijodida ko‘plab uchratish mumkin. 

Ma’rifatparvarlar  «tabiiy  inson  haqidagi»  konsepsiyasini  ilgari 

surdilar.  Ularning  fikricha,  inson  tabiatan  go‘zal  va  yaxshi  xulqli, 

uni faqatgina hayot, yashash sharoiti buzadi.

Djon Lokk falsafasi ma’rifatchilarga katta ta’sir o‘tkazdi. Uning 

«Inson aqli haqida tajriba» (1690) kitobi. Uning fikricha, inson olay-

otgan barcha bilimlar aql-idrok orqali keladi.

Jamiyat hayotida katta o‘zgarishlar kechayotgan davrda esa, 

ma’lumki, yangicha fikrlaydigan kishilarni tarbiyalash masalasi bi-

rinchi o‘ringa chiqadi. Shu bois Ovrupa ma’rifatchilari ta’lim-tarbiya 

masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ingliz faylasufi Jon Lokkning 

ta’lim-tarbiyaga  oid  qarashlari  (“Aql  borasidagi  tajriba”)  XVIII 

asr ma’rifatchilarining inson va uning tarbiyasi haqidagi fikrlariga 

jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan 

J.J.Russoning “Emil yoki tarbiya” singari asarlari maydonga keldi. 

Angliya adabiyoti

 Angliya ma’rifatchiligini 3 ta davrga bo‘lish mumkin: 

1) 1688–1730-yil – ilk ma’rifatchilik. (Jurnalistika rivoji, yangi 

dramatik janrlarni paydo bo‘lishi);

2) 1730–1750-yillar – ma’rifatchilik romanining paydo bo‘lishi 

va gullab-yashnashi;

3) 1750–1790 (89)-yillar – ma’rifatchilik mafkurasida tushkunlik 

alomatlarini paydo bo‘lishi, sentimentalizm va predromantizmining 

paydo bo‘lishi.

Angliya  ma’rifatchiligining  atoqli  namoyandalaridan  biri Dan-

iel Defo (1660–1731). Savdogar oilasida tug‘ildi. Otasi uni Puritan 

diniy akademiyasiga o‘qishga berdi. Ammo Defo savdo ishiga qiziq-

ib umrining oxirigacha yirik tijoratchi bo‘lib qoldi.U jurnalist ham 

bo‘lgan, satirik pamfletlar, romanlar, traktatlar yozgan. Ko‘p sonli 

143


maqola va pamfletlarida feodal-aristokratlar bilan cherkov reaksiya-

sini fosh qiladi.

«Robinzo Kruzo» romani (1719).

Defo davri kitobxonlari adabiyotga, xususan, nasrga shunday ta-

lablar qo‘yadilar: hikoya ajabtovur narsalar haqida bo‘lishi, boshqa-

lardan ajralib turishi va shu bilan bir qatorda to‘qima bo‘lmasligi 

kerak. Defo o‘z asarida ana shu 2 talabni bajaradi.Uning romanini 

hozirda hujjatli nasr namunasi sifatida qabul qilish mumkin bo‘lar 

edi.  Romanni  hujjatliligini  Robinzonning  proobrazi  –  real  odam 

shotlandiyalik matros Selkirk ekanligi ham tasdiqlaydi. U kimsasiz 

orolda 4 yil-u 4 oy yashaydi.Romaning birinchi qismidan so‘ng ik-

kinchi va uchinchi qismlarini yozadi. Ammo asarning birinchi qismi 

katta shuhrat qozonadi. Romanning asosiy qismi yolg‘iz insonning 

kimsasiz orolda yovuz tabiat kuchlari bilan yuzma-yuz olishuviga 

bag‘ishlangan. 

D.Defo adabiyotda birinchilardan bo‘lib yaratuvchanlik mehnati 

mavzusini ko‘tardi. Mehnat Robinzonni odam bo‘lib qolishiga yor-

dam berdi.

Voqealarning  sodda,  qiziqarli  tilda  hikoya  qilinishi  asarning 

o‘qimishli bo‘lishini ta’minlagan.“Robinzon Kruzo” romani keyingi 

davr adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazdi. 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish